O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Mavzu: O‘zbekistonning antik davr davlatchiligi: Salavkiylar davlati. Yunon–Baqtriya davlati


Download 464.07 Kb.
bet16/97
Sana26.01.2023
Hajmi464.07 Kb.
#1125534
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK

10.Mavzu: O‘zbekistonning antik davr davlatchiligi: Salavkiylar davlati. Yunon–Baqtriya davlati.
Mavzu rejasi:

  1. Aleksandr vafotidan keyin O‘rta Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy vaziyat.

  2. Salavkiy davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy axvol.

  3. Yunon Baqtriya davlatining tashkil topishi.

  4. Yunon Baqtriya davlatning ichki va tashqi siyosati.

Adabiyotlar:

  1. Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари.-Т., 2008. 120-135-betlar

  2. Бикерман Э. Государство Селевкидов. –М.. 1985. 7-28-стр.

  3. Средняя Азия от Ахеменидов до Темуридов. –СПб, 2005. 120-140-стр.

Aleksandr Makedonskiy334 yildan 323 yilgacha dunyodagi yirik imperiyaga asos soladi. Lekin uning imperiyasida turli halq va millatlar kuch bilan bo‘ysudirilgani uchun u zaif imperiya bo‘lgan. Aleksandr Makedonskiy Hindisonni egallashga ketganda, mil.avv. 325 yilda Aleksandr Makedonskiyo‘lganligi haqida soxta xabar tarqaladi, Baqtriya va Sug‘d gornizonlari isyon ko‘taradilar. 3 mingtacha askarlar Baqtra shahrini qo‘lga kiritib, o‘zlariga Afinador degan ismli kishini shoh qilib ko‘taradilar va va Gresiyaga qaytishga qaror qiladilar. Bu g‘alayon bostiriladi. Bu haqdagi xabarni Aleksandr Makedonskiyga Oksiart yetkazadi.


Aleksandr Makedonskiymil. avv. 323 yil 13 iyunda vafot etadi. Aleksandr Makedonskiyyaratgan imperiya taxti uchun Aleksandr Makedonskiy diadox ( lashkarboshi) lari o‘rtasida o‘rtasida hukmronlikka intilish kayfiyati kuchaydi.
Aleksandr vafotidan keyingi 12 yil davomida uning davlatining sharqiy qismini avval Perdikka keyin Antipatr boshqargan. Ular Iskandar va Roksananing balog‘atga yetmagan o‘g‘lining regentlari bo‘lgan. Hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlar natijasida Roksana va uning o‘g‘li o‘ldiriladi. Bular haqida to‘liq manbalar saqlanmagan.
Diodor va Kursiy Ruf Aleksandr Makedonskiyning o‘limi Sug‘d xududidga darhol ta’sir ko‘rsatganini yozadi. Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Makedonskiyvafot etgach, Sug‘d va Baqtriyada grekdlar yashaydigan shahar va qishloqlardan 20 mingga yaqin piyoda va 3 ming otliq to‘planadi. Ularni Perdikka o‘z askarlari bilan qirib yuboadi va ularning mol mulkini askarlariga bo‘lib beradi. Shundan keiyn Sug‘d satrapi o‘z lovozimidan tushirilib o‘rniga makedoniyalik bo‘lgan Filipp tayinlanadi. Shu davrdan boshlab Sug‘d va Baqtriya bir satraplikga aylanadi.
Aleksandr Makedonskiyvafotidan keyin diadoxlar –lashkarboshilar o‘rtasidagi kurashdan so‘ng Aleksandr Makedonskiydavlati 3 qismga bo‘linib ketadi. Misrda Ptolomeylar, Gresiya va Makedoniyada Antigonidlar, O‘rta yer dengizining sharqiy qismidan to shim.g‘arbiy Hindistongacha bo‘lgan xududlarda Salavkiy qo‘lida bo‘lgan.
Maxalliy boshqaruvlarga chek qo‘yish uchun mil.avv. 315 yildan barcha satrapliklarda hokimlar grek va makedonlar bilan almashtiriladi. Faqat Aleksandr Makedonskiyqaynotasi Oksiart o‘z o‘rnida qoladi. Ammo lashkarboshilari o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash tobora kuchaya bordi. Ko‘plab qonli janglardan keyin imperiyaning g‘arbiy viloyatlarining hokimi Salavka miloddan avvalgi 312 yilda Vavilonda o‘z hokimiyatini mustahkamladi. U Vavilonni olgach sharqiy satrapliklarni qo‘lga kiritishga intildi. Pompey Trogning yozishicha, u Bobilda o‘z xokimiyatini mustaxkamlab olgach, Baktriya bilan jang qila boshlagan. Parfiya va Sug‘dni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Lekin Shimoliy Hindistonni o‘ziga bo‘ysundira olmagan. Salavka miloddan avvalgi 311-302 yillarda boshqa satraplar bilan ham jang qilib, Sharqda o‘z hukmronligini batamom mustahkamladi. Shunday qilib, Salavka I parfiyanlar, baqtriylar, so‘g‘diylar, girkanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi.
Salavka I sharqiy satrapliklar ustidan qozongan g‘alabadan so‘ng miloddan avvalgi 302 yilda Suriya, Kichik Osiyo va Mesopotamiya viloyatlari hukmdori Antigon bilan to‘qnashdi. Bir yildan so‘ng bu to‘qnashuv Salavkaning g‘alabasi bilan tugadi.
Salavkiylar poytaxti (Efrat) Dajla daryosi bo‘yidagi Salavkiya shaxri bo‘lgan mil.avv. 300 yilgacha. 300 yildan keyin (Shimoliy Suriya) Oront daryosi bo‘yidagi Antioxiya shaxri bo‘lgan.
Shunday qilib, Iskandar imperiyasining katta qismi Salavkaning qo‘l ostiga o‘tdi. Endi u o‘ziga tegishli viloyatlarni boshqarish yo‘lida siyosat yuritdi. Shu maqsadda u satrapliklarni maydalab yubordi, ularning soni 72 ta edi. Bundan maqsad satrapliklarning qudratini pasaytirish va ular ustidan hukmronlikni kuchaytirish edi. Keyinchalik ya’ni Salavka Ining merosxo‘ri Antiox III davrida Salavkiylar davlati tarkibidagi satrapliklar yana yiriklashdi.
Tarixiy manbalarag ko‘ra, Salavka 75 ta yangi shahar qurdirgan. Bu asosan voxalarning chekkalarida va uzoq chegaralarda qurilgan. Ularda greklar joylashtrilgan. Tashqi turli hujumlardan himoya qilish maqsadida qurilgan. Salavkiylar tomonidan eng chekka shahar Yaksartning narigi tomonidagi Antioxiya hisoblanadi. Uning o‘rni ma’lum emas. Murg‘ob daryosi bo‘yida Marg‘iyonada qurilagn shahar haqida Strabon asrlarida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Uning atrofiga 1500 stadiy, 250 km dan ortiq devor qurdirgan. Uning xarobalari Turkmanistondagi Bayramali shaxri yaqinida deb hisoblashadi. Antiox Tarmita degan shaxar qurganligini yozma manbalarda saqlanib qolgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida uning eski Termiz o‘rnida qurilganligi aniqlangan. Lekin uning faqatgina ark qismi qayta tiklangan, faqat 4 m kv xududdangina salavkiylar davriga oid moddiy buyumlar topilgan. Mudofaa devori ham bo‘lmagan.
Salavkiylar davlatiga doimo ko‘chmanchi davlatlar tomonidan hujumlar uyushtirilib turgan. Ayniqsa Antiox 1 davrida kuchaygan. Massaget qabilalaridan daxlar janubiy Turkmaniston va shimoliy Afg‘oniston xududlariga bostirib kirib u yerni egallaganlar. Qal’larini buzib, qirg‘in uyushtriganlar. Shu sabab ham salavkiylar mudofaani kuchaytirishga majbur bo‘lgan.
Axamoniylar yil hisobini shohlarning hukmronlik yilidan olib borganlar. Salavkiylar shu uslubni joriy etgan va Salavkiylar erasi mil.avv. 312 yilning 1 oktyabridan boshlangan. Bu Salavkaning Bobilni egallagan davri bo‘lgan.
Salavkiylar davlati tarkibiga Janubiy Baqtriya va Sug‘diyona kirgan. Mil.avv. 321 yilda Perdikka regentligi davrida Stasanor satrap etib tayinlangan. U Aleksandr Makedonskiyning yaqin dusti bo‘lgan. Baqtriyaning sharqiy qismini Oksiart boshqargan. Mil.avv. 327 yilda u o‘z hududini kengaytrib, parpamis- ya’ni surxon vhosini ham qo‘shib olgan. Oksiartning xudud Hisor tog‘idan to Hindiqushning janubigacha bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning shimoli sharqiy qismida Xorazm mustaqil bo‘lgan va cho‘l xududlarida sak, massaget qabilalari mustaqil faoliyat yuritishgan. Salavkiylar davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya satrapliklari grek va makedonlar tomonidan boshqarilsada, ular mutaqil faoliyat yuritganlar.
Demak, salavkiylar davrida Xorazm , sak va massagetlar, Baktriyaning sharqiy qismi maxalliy hokimlar tomonidan mutaqil boshqarilgan. Salavkiylar davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya satrapliklari grek va makedonlar tomonidan boshqarilsada, ular mutaqil faoliyat yuritganlar. Perdikka davrida Baptriya boshqargan Stasanor o‘z tangasini chiqargan. U Afina tangasiga o‘xshash bo‘lib, bir tomonida boyqush tasviri bo‘lgan. Oksiart-Vaxshuvar o‘z nomidan oltin tanga chiqargan.
Salavkiylar davlatida boshqarish tizimi ush bo‘g‘indan: satraplar, eparxlar va gipparxlardan iborat edi.
Satraplarning qo‘lida katta hokimiyat birlashtirilgan, ammo ularning ixtiyorida oliy harbiy hokimiyat bo‘lmagan. Oliy harbiy hokimiyatni markaziy hukmdor (podshoh) tayinlagan qo‘shinlar qo‘mondoni-strateg boshqargan. Bu esa markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlagan. To‘g‘ri, Salavkiylar davlatining ohirgi davlatlarida bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda buzilsa-da, g‘arbiy viloyatlarda o‘z kuchini saqlab qolgan.
Sharqiy viloyatlar Salavkiylar davlatining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan. Shu maqsadda Salavka Imiloddan avvalgi 294 yilda o‘zining o‘g‘li Antioxni sharqiy viloyatlar hukmdori qilib tayinlaydi.
Antiox Salavka Ining Spitamenning qizi Apama ismli xotinidan tug‘ilgan to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lgan. U Apamaga Iskandar tirik vaqtda, ya’ni miloddan avvalgi 342 yilda uylangan edi. Apama esa ona tomondan ahamoniylar avlodidan bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak unga Salavka Iva o‘g‘li Antiox ham katta e’tibor berishib, juda ko‘p shaharlarni uning nomi bilan atagan. Bu salavkiylar sulolasining siyosiy mavqei uchun ham alohida ahamiyat kasb etgan. Salavkiylar davridagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni taxlil etishda numuzmatik materiallar ko‘p ma’lumot beradi. Ular B.A.Litvinskiy va V.M.Massonlar tomonidan keng o‘rganilgan. Salavka Iva Antioxlar davrida yangi shaharlar barpo etish masalasiga katta e’tibor berildi. Yunon tarixchisi Iliniyning yozishisha, Marg‘iyonada Iskandar qurdirgan shaharni (Aleksandriyani) mahalliy aholi (yunonlar mahalliy aholini "varvarlar" deb ataydi) buzib tashlaydi, uning vayronalarida esa Antiox yangi shahar barpo etib, uni "Antioxiya" deb atagan. Arrian esa Aleksandr Esxata (qadimgi Xo‘jand) ni Salavka Iqurdirganligini ta’kidlaydi. Vizantiya tarixchisi Stefan Skifiyada Antioxiya shahri kurilgan edi, deydi. Sirdaryo (Yaksart) bo‘yida Aleksandriya bilan bir qatorda Antiox shahri ham barpo etilgan degan ma’lumotlar ham bor. Tarixchi A.Tarn yunon mualliflarining asarlarini tahlil qilib, Skifiyadagi Antiox shahri Aleksandr Esxataning o‘zidir degan xulosaga kelgan.
Salavkalarning O‘rta Osiyoga ta’sirini topilgan tangalar orqali ham aniqlash mumkin. Salavka 1 tangasi kam topilgan. Antiox 1 280-261 tangalari ko‘p topilgan, hattoki kumush va mis tangalar ham topilgan. 261-246 yillarda Shimoliy Baqtriya va Sug‘dni boshqargan Antiox 2 tangalari esa, nihoyatda kam uchraydi. Antiox 2 davrida Sug‘dga sak va daxlar xujumi antijasida Salavkiylar hujumi tugaydi. Shimoliy Baqtriya xududida esa, mudofaa devorlari qurila boshlangan. Boysun tog‘idan Amudaryo xududigacha. Bularga Qurganzol, Qopchig‘oytepa, Kampirtepa va Darband xududidan topilgan manzilgohlarni keltirishimiz mumkin. Ular Temir davrvozaga boradigan yo‘lni nazorat qilish uchun qurilgan. Temir darvoza-Sarimas tog‘idagi dara nomi. Uni Buzgalaxona deb xam atashadi. Baqtriya va Janubiy Sug‘diyonani bog‘lovchi yo‘l. Sug‘ddan bu dara orqali Shurobsoyga yana bir tor dara orqali (500 m. Kichik buzgalaxona) Darbandga chiqilgan. Temir darvoza G‘uzordan Oqrabot orqali Surxon vohasiga o‘tuvchi avtomobil va temir ysho‘larning chap tomonida yo‘ldan 2 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda fruriron-harbiy post joylashgan. Grek xarbiy manzilgohlarini katoykiyalar deb atashgan.Mil.avv.2 asrga oid Samarqand xududdidan Antiox 1 tangasiga o‘xshash tangalar topilgan. Unga shoxli ot kallasi tasvirlangan. Salavkiylarning bu xududda ta’siri kamaygach, tanga ham kamaygan. Unga bo‘lgan extiyoj natijasida yangi tangalar chiqarilgan. O‘rta Osiyoda yangi maxalliy sulolalar xukmronligi o‘rnatiladi. Antiox 1 ning 20 yillik hukmronligi davrida u g‘arda to‘xtovsiz urushlar olib borgan va O‘rta Osiyoga kam e’tiborini qaratgan. Shu sabab uning davrida O‘rta Osiyo xududida osayishtalik va iqtisodiy o‘sish kuzatiladi.Qishloq ho‘jaligi, hunarmandchilik, savdo rivojlanadi. O‘rta Osiyo xududdi Salavkiylar uchun muxim iqtisodiy va harbiy strategik jihatdan ham ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu sabab, Selevkiya shaxridan Baktragacha shaharlar qurilgan.
Miloddan avvalgi III asrda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni eslar ekanmiz, birinchi navbatda ko‘chmanchilar harakati ko‘z o‘ngimizga keladi. Bir tomondan xunlarning Sharqiy Turkistonga kirib kelishi, ikkinchi tomondan, u yerdan yuechjilarning g‘arbga chekinishi, ularning 5 ta qabila ittifoq asosida Farg‘ona vodiysiga kirib kelishi, u yerdan Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Samarqand orqali Janubiy So‘g‘diyona, ya’ni Naxshabga kirib kelishi, so‘ngra ularning Baqtriya tuprog‘ida qaror topishlari kuzatiladi. I asr boshlarida ular Shimoliy Baqtriyada (Dalvarzintepada) kushonlar nomi bilan bo‘lajak buyuk imperiyaga asos solganlar. Ana shu ko‘chmanchilar Iskandar asos solgan bir qancha harbiy istehkomlarni-qal’alarni vayron etganlar. Salavkiylar davrida esa ularning ko‘pchiligi qayta tiklandi, harbiy istehkomlar asosida shaharlar barpo bo‘ldi.
Salavkiylar davlatining siyosiy va iqtisodiy ildiziga yerli ko‘chmanchilar ko‘p putur etkazgan. Masalan, miloddan avvalgi IV asrning oxiri va III asrning boshlarida ko‘chmanchi dax qabilalari Amudaryoning chap sohiliga, hozirgi Janubiy Turkmaniston yerlariga yurish qiladilar va Marg‘iyonada Iskandar qurdirgan Aleksandriyani vayron etadilar.
Strabonning yozishicha, Antiox Marg‘iyonada o‘z nomiga qurdirgan shahar Antioxiyani ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida Murg‘ob vohasi atrofini 250 km devor bilan o‘ratgan. Lekin ko‘chmanchilarning Salavka va Antiox istehkomlariga hujumi hech qachon to‘xtamaydi. Ko‘chmanchilar u yoki bu shahar devorlari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog‘larida kutilmagan bir vaqtda paydo bo‘lar va yana tezlikda yo‘qolar edilar. Ana shunday vaziyatda Salavka IHindistonga yurish boshlaydi. Ammo bu harbiy yurish uning mag‘lubiyati bilan tugadi. Bu muvaffaqtyatsizlik salavkiylarning O‘rta Osiyodagi obro‘yiga katta putur etkazdi. Natijada O‘rta Osiyoda salavkiylarga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. Ana shu qo‘zg‘olonlar tufayli salavkiylarning ahvoli tang holga tushib qoldi. Bu tanglikni Antiox mahalliy aslzodalarga bir qadar yon bosib ish tutish hisobiga bartaraf eta oldi. U Baqtriyada Salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlari uchun o‘z pullarini zarb eta boshladi. Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb etilishi mustaqil davlat siyosat olib borayotganligidan dalolat berardi. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavka I vafot etadi. Antiox I uning tung‘ich o‘g‘li sifatida Salavkiylar davlatiga bosh bo‘lib qoladi. Shu yildan boshlab Antiox 1 ning faoliyati sharqiy viloyatlarda sezilmaydi. Shunki g‘arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo‘shin bilan birga bo‘lishini taqozo etardi.
Salavkiylar davlatining g‘arbiy viloyatlarida ham ahvol yaxshi emas edi. Salavka I o‘limidan so‘ng davlatning puturi keta boshladi. Sharqiy viloyatlar garchi oltin, fil, lazuriyat bilan salavkiylarga jarima to‘lashga muntazam rioya qilsa-da, ularning ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishi sezilib turardi. Bu vaziyat, ayniqsa, miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelganda yaqqol ko‘zga tashlandi.
Mil.avv III asr o’rtalarida Antiox II vafotidan so’ng (246 y.) Salavkiylarning Markaziy Osiyodagi hukmronligiga putur yetdi. Baqtriya satrapi Diodot Bu hududda mustaqil davlat tuzishga harakat qiladi40. As we have already noted in Chapter 3 it was towards the middle of the third centuryb.c., with the death of Antiochus II (246 b.c.), that the final break came between theSeleucid Empire and its Central Asian possessions. The satrap of Bactria, Diodotus, tookthe initiative in transforming these territories into an independent kingdom. O‘rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibida bo‘lishi bu zaminda xalqaro savdoning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘rta Osiyoning g‘arbiy va janubiy mamlakatlar xalqlari bilan savdo qilishiga keng imkoniyatlar tug‘ildi. Shu bilan birga mahalliy savdo ham rivoj topdi. Shaharlarning o‘sishi, hunarmandchilik va suv xo‘jaligining taraqqiyoti ta’minlandi. Xullas, O‘rta Osiyoning Salavkiylar davlati tarkibiga qo‘shilishi mamlakatda yunon-makedon qo‘shinlarining harbiy yurishlari tufayli vayronalikka uchragan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishiga sharoit yaratdi. Shuningdek baqtriyaliklar, So‘g‘diylar, parfiyaliklar va O‘rta Osiyoning boshqa xalqlarini salavkiylarga qarshi bir-birlari bilan jipslashishga, birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashga otlantirdi va bu kurashlar natijasi sifatida mil. aavalgi III asr o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyoda qator mustaqil davlatlar tashkil topdi. Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya, mil.avv. 250 yilda Yunon-Baqtriya, ajralib chiqdi. Mil.avv. 163 yildan to 64 yilgacha 19 ta podsho almashdi. 64 yildan faqat Suriya xududidan iborat bo‘lib qoldi va shu yili rim provinsiyasiga aylandi.
Salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot (mil. avv. 256-248 y) ushbu davlat asoschisi hisoblanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda u o‘zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e’lon qiladi. Tarixchilar fikricha, Diadotning mustaqil davlat tuzilishiga asosiy sabablardan biri, uning makedonlar xukumronligidan ozod bo‘lish bo‘lgan. Xuddi shunday siyosatni Ptolomeylar (Misrda) va Antigonidlar (Gresiyada) ham olib borganlar. Salavkiylar davlatining yemirilish mustaqillikga intilishlari bilan birga Salavkiy Antiox II ning o‘g‘illari Salavk II va Antiox-Xieraks o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar ham sabab bo‘lgan. Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan Parfiya va Baqtriyaning satraplari xam aynan grek bo‘lganlar. Pompey Trog va Strabonning yozishicha, Baktriyaning ajralib chiqishi, Salavkiylar davlatiniga nisbatan grek zadogonlarining qo‘zg‘oloni bo‘lgan. Ular buni qadimgi Sharq uchun odatiy hol deb baholashadi. Diodotning keyin Sharqning barcha viloyatlari Salavkiylardan ajralib ketgan deb xabar beradi Pompey Trog. Strabon xabariga ko‘ra, Sug‘diyona satrapi Yevtidem ham mustaqil siyosat yuritgan. Bu haqda Yevtidem nomi bilan sug‘d tangalari topilgan. Shuningdek, tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqishi tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan. Buni xam tangalar asosida asoslangan. U o‘zini podsho deb e’lon qilishi bilan birga, u bir tomonda o‘zi , ikkinchi tomonda Antiox II tasviri bo‘lgan tangalar zarb qildirgan. Shuningdek, B.A.Litvinskiy, V.M.Masson, V.Tarnning olib borgan tadqiqotlar inatijasida Grek-Baqtriya davlatining tashkil topish sanasi ham turlicha berilgan: mil.avv.256, 250, 248, 245. Uning tugatilishi esa, mil.avv.141 yildan 128 yillar oralig‘i deb berilgan. Bu davlatga Grek –Baqtriya nomi 1738 yilda rus akademigi X.Baer tomonidan ishlatilgan.
Baqtriya Markaziy Osiyo markazida joylashgan bo’lib shimolda Sug’diyona, shimoli-g’arbda Marg’iyona va g’arbda Aria bilan chegaradosh bo’lgan. Sharqda Sirdaryoning yuqori oqimigacha boradi. Davlat tarkibiga hozirgi O‘zbekiston va Tojikistonning janubi va Afg‘oniston hududi kirgan. Lekin uning geogrfik chegaralari harbiy yurishlar natijasida o‘zgarib turgan. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoli-G‘arbiy Hindiston hamda Sug‘diyona ham bo‘ysungan. Diodot va Yevtidem davrida Areya va Marg‘iyona ham kirgan.
Poytaxti Baqtra (o‘rta asrlardagi Balx) shahri bo‘lib, uning xarobalari Shimoliy Afg‘onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylashgan.
Bu davlat g‘arb va shimoli –g‘arbda Parfiya bilan, Sharq tomonda Pomirgacha, Shimol tomonda esa, siyosiy vaziyat taqozasi bilan o‘zgarib turgan. Diodot va Yevtidem davrida Sug‘diyonananing bir qismi kirgan. Keyingi davrlarda esa, u yerda mustakil davlatlar shakllangan. Tadqiqotlar natijasida Sug‘d xududida bu davrda saklar xukmronligi bo‘lganligini aytish mumkin. Janubda Demetriy davrida (200-185) Shimoli-G‘arbiy Hindistongacha (Gandxara) xududlarigacha bo‘lgan. Diodot 1 va Diodot 2 xukmronligidan keiyn Grek-Baqtriya davlatini kelib chiqishi Kichik Osiyodagi Magnesiya shaxridan bo‘lgan Yevtidem 1 qo‘lga oladi. Eramizdan avvalgi 230 yilda So‘g‘diyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan ag‘dardi. Uning barcha oila a’zolari qirib yuboradi. U Parfiya bilan o‘zaro aloqalarni uzadi. Shuningdek, ulardan Marg‘iyna va Areyyani ham qo‘shib oladi. U so‘zini salavkiy davlati davomichisi sifatida baholaydi. Chunki salavkiylar malakasining qiziga uylangan bo‘lgan.
Diodot I (miloddan av. 256-248)
Diodot II (248-235)
Yevtidem I (235-200)
Yunon-Baqtriya bilan Parfiya o‘rtasida savdo yo‘llarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar bo‘lib turgan. Mil. avvalgi 209-208 yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 208 yilda u Parfiyani mag‘lubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qo‘shinlari Yevtidem ustidan g‘alaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Polibiyning aytishicha, Yevtidem, ko‘chmanchilarni yordamga chaqiraman deb po‘pisa qilgandan keyin, Antiox qamalni to‘xtatib, 206 yilda tinchlik sulhini tuzishadi. Antiox Yevtidemning shohlik unvonini tan oladi, va Yevtidemning barcha jangavor fillarini topshirish shartini qo‘yadi. Muzokaralarni Yevtidem nomidan uning o‘g‘li Demetriy olib boradi. Polibey ma’lumoticha, Antiox Demetriyda shohlik xususiyatini ko‘rib, sulh tuzishga va unga qizini berishga va’da beradi.
Mil.avv. 190-180 yillarda Demetriy Areya, Araxosiyani ( Afg‘onistonning Xirot va Qandahor xududlari), Drangiyona (Sharqiy Eron),Paropamisad Hindiqushning janubiy yonbarg‘i, Afg‘onistonning bir qismi) va shimoli G‘arbiy Hindistonni o‘z xududidaga qo‘shib oladi. V.Tarn fikricha, Demetriy Aleksandr Makedonkiy yurishlarini davom qildirgan. Unga taqlid qilib, tangalarda shlem kiygan holda tasvirlangan. Shlemda filning boshi tasvirida bo‘lgan. Tangalarda xam ikki tilda grekcha va xind yozuvi bo‘lgan. Demetriy Shimoliy Hindistonda o‘z qo‘shinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qo‘lga kiritadi. Mil. avv. 162 yilda Paropamisadga bostirib kirib, Demetriy vorislaridan Panjobni ham tortib olgan. Bu davrda Parfiya podshosi Mitridat 1 Baqtriyaga hujum qiladi. Marg‘iyona va boshqa xududlarni qaytarib oladi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning xujumi boshlangan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yo‘l olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq bo‘lgan. 155 yilda Yevkradit Baqtriyaga qaytib kelganda, o‘z o‘g‘li Geliokl tomonidan o‘ldiriladi. Geoliokl davrida Grek Baqtriya podsholigi ham barham topadi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, yuechjilar Baqtriyani qo‘lga kiritgandan so‘ng shoh Geliokl Paropamisadda yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan.
O‘sha davrlarda saklar katta kuchga ega bo‘lishgan. Ular Sug‘d xududida xukmronlik qilish bilan birga Baqtriyaga ham xujum uyushtirib turgan. Bu olib borilgan arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Jumladan Kampirtepada (Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Termizdan 30km uzoqlikda, Surxondaryo vil. Muzrob tumanida joylashgan.) mudofaa devoridan saklarning uch zo‘g‘atali kamon o‘qlari, diniy e’tiqod buyumlaridan oltitasi topilgan.( sopol idishi, qoshiqlar, voronki). Shu sabab xukmdorlar shimoliy chegarani doimo mustaxkamlab borganlar. Hisor tog‘ tizmasidagi Darband xududida eki qal’alar tiklanib, yangilari bunyod etilgan. –Kurgonzol, Uzundara, Kapchig‘oy Machay. Daraband darasini ng o‘zida esa, mustaxkam mudofaa inshooati bunyod etilgan. Bu tarixda temir darvoza deb ataladi. Temir darvoza-Sarimas tog‘idagi dara nomi. Uni Buzgala xona deb ham atashadi. Qadimgi Baqtriya bilan, Janubiy Sug‘dyonanani bog‘lovchi yo‘l. Sug‘ddan bu yo‘l orqali Sho‘robsoyga va Darbandga chiqilgan. Temir darvoza G‘uzordan Oqrabot orqali Surxon vohasiga o‘tuvchi avtomobil va temir yo‘ldan 2 km uzoqlikda joylashgan.)
Yevtidem davrida shimol tomonnni mutaxkamlash uchun butun mamlakat bo‘ylab 2 ta yirik himoya chizig‘i o‘tkaziladi. Birinchisi, tog‘ xududdi, ya’ni Harbiy Xisor tog‘lari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchisi Oks daryosi bo‘ylab, yirik mutaxkam qal’alar bunyod etiladi. Bular Eski Termiz (Tarmita), Kampirtepa (Pandaxeyon), Kelif (Kerka).
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O‘rta Osiyo hududlarini o‘zaro bog‘lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‘rfaziga olib chiquvchi savdo yo‘llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘plab tangalar tovar-pul munosabatlari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Miloddan avvalgi III asrning oxiri – II asrning birinchi yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Miloddan avvalgi II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlandi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va b.)o‘z nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 140-135 yillarda O‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik harakati va ko‘chmanchi sak (oq xunlar), yuechji (toxar) qabilalarining hujumi natijasida butunlay tugatildi. Shu bilan yunonlarning hukmronligi barham topdi. Keyinchalik uning o‘rnida Kushon podsholigi vujudga keldi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy e’tiqodlar keng tarqalganligini ko‘rsatib turibdi.
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O‘rta Osiyo hududlarini o‘zaro bog‘lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‘rfaziga olib chiquvchi savdo yo‘llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘plab tangalar tovar-pul munosabatlari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Miloddan avvalgi III asrning oxiri – II asrning birinchi yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Miloddan avvalgi II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlandi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va b.)o‘z nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 140-135 yillarda O‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik harakati va ko‘chmanchi sak (oq xunlar), yuechji (toxar) qabilalarining hujumi natijasida butunlay tugatildi. Shu bilan yunonlarning hukmronligi barham topdi. Keyinchalik uning o‘rnida Kushon podsholigi vujudga keldi.
Yunon-Baqtriya podsholigida yunon tili asosiy boshqaruv tili bo‘lgan. Oyxonim shaharchasida topilgan kelib chiqishiga ko‘ra oromey yozuvida bitilgan ostrak miloddan avvalgi P asrning ikkinchi yarmiga tegishlidir. Oyxonimdagi topilma Yunon-Baktriya podsholigida, aftidan, uning butun tarixi davomida yunon ish yuritashi bilan birgalikda, ehtimolki, eng avvalo maxalliy aholiga xizmat kilgan oromey-baktriya ish yuritishi amal qilganligini ko‘rsatadi.
Diodot I (miloddan av. 256-248)
Diodot II (248-235)
Yevtidem I (235-200)
Demetriy I (200-185)
Pantaleon (185-175)
Demetriy II (180-165)
Agafokl (180-165)
Yevkradit I (171-155)
Geliokl I (155-140)
Yevkradit II (140-...



Download 464.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling