O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti transportida axborot tizimlari kafedrasi


Mahalliy bog’liqli va mahalliy yonilg’i manbali releli markazlashtirish


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana07.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1173000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs loyxa(1)

Mahalliy bog’liqli va mahalliy yonilg’i manbali releli markazlashtirish 
(MRM). MRM tizimlari kichik stansiyalarda (15 tagacha strelkalar) qo’llanilgan. 
Releli apparatura va yonilg’i manbalari stansiyaga kirish qismidagi releli quti yoki 
shkaflarda joylashtirilar edi. Tizimining kamchiligi bu apparatura va yonilg’i 
manbalarining bir­biridan uzoq masofada joylashtirilganligi bo’lib, u xizmat 
ko’rsatishni qiyinlashtiradi va qurilishni qimmatga tushiradi. Bu tizim yangi 
qurilishlarda ishlatilmaydi. 
Markaziy bog’liqli va mahalliy yonilg’i manbali releli markazlashtirish 
(MMRM). MMRM tizimida elektrli markazlashtirish posti qurilmaydi va releli 
apparaturani stansiya bo’yicha navbatchi o’tiradigan stansiya binosida 
joylashtiriladi. Shuningdek, qisman releli apparaturani stansiya’ning kirish va 
chiqish svetoforlari o’rnatilgan releli shkaflarda, shu bilan birga, yonilg’i manbalari 
kirish svetoforlari va strelkalarning boshlanish rayonlari oldida o’rnatilgan batareya 
shkaflarida, akkumulyator batareyalari ko’rinishida saqlanadi. Tizimda boshqarish 
pultidan boshqariladigan alohida boshqarish prinsipi qo’llaniladi. Tizimning 
kamchiligi quyidagilardir: apparatlarning va yonilg’i manbalarining tarqoq 
joylashganligi; 
kichik 
voltli 
elektroprivodlarning 
va 
katta 
sondagi 
akkumulyatorlarning qo’llanilishi; manyovrli marshrutlarning yo’qligi. Ushbu tizim 
qisman oraliq stantsiyalarining kam faoliyat ko’rsatadigan uchastkalarida 
qo’llaniladi. 
Markaziy bog’liqli va markaziy yonilg’i manbali releli markazlashtirish 
(MMR). Releli apparatura va yonilg’i manbalari elektrli markazlashmagan 
postlarga joylashtirilib, u xizmat ko’rsatish sharoitlarini yaxshilaydi hamda yanada 
takomillashgan yonilg’i manbalarini qo’llash imkonini beradi. Ilgarilari ushbu 
tizimni uchastka stansiyalarida qo’llanilib, u strelka va signal tugmalar joylashgan 
pult­tablo yordamida boshqarilar edi. 
Strelka tugmalarini bosish orqali strelkalarni alohida o’zgartirish, signal 
tugmalarini bosish orqali signalni ochish amalga oshiriladi. 
Ushbu tizimda elektr sxemasi stansiya rejasiga ko’ra tuziladi. Bu sxemani 
anchagina soddalashtiradi, releli apparatura xarajatlarini kamaytiradi va poezd 


marshrutlaridan tashqari, markazlashtirilgan manyovr marshrut-larini ochish 
imkonini beradi. Unifikatsiyalash maqsadida butun sxema, hamma turdagi 
marshrutlar uchun, namunaviy sxema tugunlariga to’planib, ular yordamida 
stansiyalar uchun istalgan yo’l takomillashuviga olib keluvchi, to’la 
markazlashtirish sxemasini qurish mumkin bo’ladi. 
60-yillardan boshlab MMR tizimi oraliq stansiyalarda qo’llanilib kelinmoqda. 
Boshqaruv jelobko­signalizatsiyali blok tipli pultdan olib borilib, u yerdagi 
poezd va manyovr svetofor qaytar-gichlarida marshrut tugmalari joylashgan. 
Marshrutning boshlanishi va tugallanishi tugmalarini ketma­ket bosish orqali 
sodda poezdli va manyovrli marshrut to’plamidan iborat soddalashtirilgan marshrut 
bajariladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling