O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti transportida axborot tizimlari kafedrasi
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyxa(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Окончательный
- Стрелочный участок не исправен
приближения по главному пути – Asosiy yo’ldagi yaqinlashish uchastkasi;
Участок приближения– Yaqinlashish uchastkasi; Перевод стрелок – Strelkalarni o’tkazish; Контроль перевода стрелок– Strelkalar o’tkazilishini nazorat qilish; Контроль правильности маршрута – Marshrut to’g’rili-gini nazorat qilish; Закрытие светофора – Svetoforni yopilishi; Открытиесветофора – Svetoforni ochilishi; Занят – band; Свободен – bo’sh; Замыкание маршрута – Marshrutni ochilishi; Окончательный – butunlay yoki to’liq; Предварительный – Dastlabki; Размыкание маршрута – Marshrutni yopilishi; Автоматически – Avtomatik holda; Искусственный– Sun’iy ; Отмена – Bekor qilish; Стрелочный участок исправен – Strelkali uchastka soz; Стрелочный участок не исправен – Strelkali uchastka nosoz; Выдержка времени – Ushlab turish vaqti; Окончание размыкания маршрута – Marshrut yopilishining tugallanishi; ИРК– Sun’iy yopilish tugmachasi; СК – Signal tugmachasi; Последовательность размыкания маршрута при проследовании поезда – Poezd o’tish davrida marshrutning yopilish ketmaketligi; Поезд на участке приближения– Poezd yaqinlashish uchastkasida; Вступление на стрелочную секцию перекрытия светофора – Svetofor chirog’i rangini o’zgartirish strelkali sektsiyaga yetib kelish; Последовательное прохождение по секциям маршрута – Marshrut sektsiyalaridan ketmaket o’tib borish; Проследование и освобождение всех секций маршрута – Marshrutning barcha seksiyalaridan o’tib ketish va ularni bo’shatish) marshrut alohida yo’l bilan o’rnatiladi va marshrutga kiruvchi har bir strelkani MK yoki PK strelka tugmalarini bosish orqali o’zgartiriladi. Strelkalarni yakuniy o’zgartirish lampaning manfiy va musbat holatlarini yoqish orqali nazorat qilinadi. So’ngra tizimda marshrutni to’g’ri o’rnatilganligining barcha shartlari avtomatik tarzda nazorat qilinadi: 1) harakat va qo’riqlash strelkalarining to’g’ri holati; 2) marshrutda qatnashuvchi yo’l va strelka seksiyalariningbo’shligi hamda nogabaritligi; 3) qabul qilish yo’lining bo’shligi; 4) ushbu stansiya boshida marshrutga halaqit beruvchi marshrutning yo’qligi; 5) stansiya’ning ikkala tomonidan tegishli qabul qilish yo’liga qaramaqarshi marshrutning yo’qligi; 6) kirish svetoforida oylioq (лунно-белый) taklif chirog’ining yoqilmaganligi; 7) kirish svetofori ruxsat berish lampasi ipining butunligi; 8) marshrutni sun’iy o’zgartirish mumkin emasligi; 9) va 10) stansiya’ning ushbu va qarama-qarshi tomonlarida mos ravishda, xatarli yo’nalishga strelkalarni mahalliy boshqaruv orqali o’zgartirish mumkin emasligi. 2 – rasm. MMRM tizimining funktsional sxemasi Jo’natish va qabul qilish marshrutlarida 1), 2), 4), 10) shartlarning, shuningdek, 11) ikki yo’lli stansiyalardan chiqish svetoforlarida o’chibyonuvchi oylioq chiroqning yo’qligi; 12) avtomatik blokirovka vaqtida peregondan kamida bir blok- uchastka uzoqlashishining erkinligi; 13) bir yo’lli stansiyalarda jo’natilayotgan poezd harakatining belgilangan yo’nalishga mosligi; 14) peregonga ilgari jo’natilgan kalit-jezli xo’jalik poezdining yo’qligi; 15) marshrutni sun’iy bo’lishning yo’qligi nazorat qilinishi shart. Manyovrli marshrutlarni o’rnatishda 1, 2, 4, 8, 9 shartlar nazorat qilinadi. Shaharlardan ba’zilari stansiya ishlarining yo’l taraqqiyoti va xarakteriga ko’ra bajarilmasligi mumkin: 3shart nazorat qilinmaydi, chunki manyovrli harakatlanish qabul qilishjo’natish yo’llarini vagonlar bilan egallanganligi tufayli amalga oshirilishi mumkin emas; 5-shart nazorat qilinmaydi, chunki stansiya turli tomonlaridan yagona yo’lga uchrashuvli manyovr marshrutlar raqobatli (xatarli) hisoblanmaydi. Marshrut o’rnatilganidan so’ng, to’g’ri o’rnatilganligi haqida ma’lumot olingach, stansiya bo’yicha navbatchi svetoforn iochish uchun signa ltugmasini (ST) bosadi. ST tugmasi bosilgach, avtomatik ravishda marshrut ochiladi va bu bilan marshrut istalgan strelkasining qaramaqarshi yo’nalishga o’zgartirilish ibekor qilinadi. Marshru tochilishini tekshirish orqali svetoforni ochish zanjiri hosil bo’lib, stansiya bo’yicha navbatchi ST tugmasini qaytaradi va natijada svetoforda qizi lchiroq yonadi. Marshrutning ochilishi releli markazlashtirishning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Marshrut barcha strelkalarining elektr qotirilishidan tashqari, belgilangan marshrutning ochilishida unga raqobatli bo’lgan barcha marshrutlar bekor qilinadi. Yopiq marshrut strelkalari poezd marshrutdan chiqib ketmaguncha yoki stansiya navbatchisining marshrutni o’zgartirayotganligi haqida ogohlantirmaguncha yopiq bo’ladi. Marshrutni ochish uchun quyida-gilarni hisobga olmoq zarur: marshrut ochilguncha, marshrut ochilganligi haqidagi axborot o’z vaqtida berilmasa va poezdning marshrut oralig’iga ilgariroq kelganligi haqidagi xavf mavjud bo’lsa, shuningdek, belgilangan marshrutni amalga oshirishda to’siq paydo bo’lganda, uni bekor qilish imkoni mavjud bo’lsa. Yuqoridagilardan quyidagi xulosa qilib chiqadi, marshrutniochishniamalgaoshirishuchunnafaqatsignalniochish, balki uni poezdni yaqinlashish vaqtiga ham bog’lash zarur. Zaruriyat bo’lganda, agar svetofor ochilishi oldidan yaqinlashayotgan poezd bo’lmasa va bu ochilishning o’z vaqtida bajarilmasligi xavf solmasa, marshrut ochilishini bekor qilish mumkin. Stansiya bo’yicha navbatchi svetoforni yopib, ochiq marshrutni bekor qiladi. Bir necha soniya o’tgach marshrut yopiladi, strelkalardagi to’siqlarolinadi va stansiya bo’yicha navbatchi (SBN) yangi marshrutni o’rnatishi mumkin bo’ladi. Band uchastkada, svetofor ochilishidan oldin marshrutni o’z vaqtida yopilmaslik xavfi tug’iladi va shuning uchun SBN marshrutni bo’lishuchun vaqt oralig’li Sun’iy marshrutni yopish usulini qo’llaydi. YU qoridagi ikki shartning mavjudligiga ko’ra marshrutni ochishning ikki usuli qo’llaniladi: dastlabki va natijaviy. Dastlabki marshrut ochilishi signal tugmasining bosilishi va svetoforning ochilishi bilan svetoforga yaqinlashish uchastkasi bo’shlig isharti bajarilgandagina (6rasmga qarang) boshlanadi. Qabul qilish marshrutiga yaqinlashish uchastkasi deb kirish va ogohlantirish svetoforlari (birinchi yaqinlashish uchastkasi) orasidagi uzunligi kamida 1000 metr bo’lgan blokuchastka; manyovrli uchastka deb esa manyovr svetoforidan oldin joylashgan bitta izolirlangan strelka yoki yo’l seksiyasi hisoblanadi. Natijaviy marshrut ochilishi ST tugmasini bosish, svetoforni ochish va poezdning yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishi vaqtidan boshlanadi. Bunday marshrut o’tayotgan poezd ta’siridayoki Sun’iy yopilish rejimida avtomatik ravishda yopilishi mumkin. Marshrut o’rnatilgandan va ochilgandan so’ng svetofor ochiladi, so’ngra relelimarkazlashtirish marshrutni yopish funksiyasini bajaradi. Marshrutni avtomatik tarzda yopilishi o’tayotgan poezd ta’siridagina sodir bo’ladi. Releli markazlashtirish poezd joylashgan yerni avtomatik ravishda nazorat qiladi va marshrutni shu ketmaketlikda yopadi. Poezd yaqinlashish uchastkasiga kela turib, kirish N svetoforidan oldin marshrutning natijaviy ochilishi boshlanadi. Poezd birinchi g’ildiraklarining kirish svetoforidan o’tishi bilan svetoforning avtomatik tarzda yopilishi boshlanadi. Poezdning marshrut bo’yicha harakatlanishi strelkali va yo’l seksiyalari rels zanjirlari yordamida nazorat qilinadi. Poezd 1P stansiya’ning barcha bosh strelkalaridan o’tganidan va qabul qilishjo’natish yo’li band qilinganidan so’ng, uning marshrut bo’yicha to’liq nazorati boshlanadi va marshrutning yopilishi kuzatiladi. Yaqinlashish uchastkasi bo’sh bo’lgach, SBN signal tugmasini (ST) qaytarish orqali, marshrutni bekor qiladi. Shundan so’ng svetofor yopiladiva 5 soniya o’tgach marshrut yopiladi. Natijaviy yopiq marshrutni ishlatish imkoni bo’lmaganda yoki marshrutga kiruvchi strelkali uchastkalar relsli zanjirlardagi nosozliklar tufayli chala yopilishi kuzatilsa SBN Sun’iy yopilishni amalga oshiradi. Natijaviy yopiq marshrutni sun’iy yopilishining ikki rejim iishlatiladi: - marshrut strelkali uchastkalari soz va bo’sh bo’lgan; - marshrut strelkali uchastkalarining relsli zanjirlari nosoz bo’lgan. Birinchi holda, SBN signal tugmasini tortish bilan svetoforni yopadi. So’ngra 3 soniya oralig’ida marshrut yopiladi. Ikkinchi holda, SBN signal tugmasini tortish bilan svetoforni yopadi va shu bilan birga sun’iy yopish (SYO) tugmasini bosadi, so’ngra 3 soniya oralig’ida marshrut yopiladi. SYO tugmasining kiritilishi SBNsiz marshrut Sun’iy yopilishining oldini olish maqsadida hamda relsli zanjir nosozligi va svetoforning avtomatik tarzda yopilishi kuzatilgan holdagina kerak bo’ladi. Marshrutning sun’iy yopilishidagi vaqtning katta oralig’i harakat xavfsizligini taminlash talablariga binoan kiritiladi. Vaqt oralig’isiz marshrut, svetofor yopilishi bilan birdaniga yopiladi va SBN yangi marshrutni o’rnatish uchun strelkalarni o’zgartirishi mumkin. Agar svetoforga yaqinlashayotgan poezd o’z vaqtida to’xtatilmasa va strelkadan o’tib ketsa sostav kirishining avariya vaziyati yuz berishi mumkin. Vaqt oralig’ining mavjudligi yuqoridagi vaziyatni vujudga kyltirmaydi, chunki svetofor yopilgandan yana 3 daqiqa vaqt oralig’ida, poezd o’tgan holda ham, marshrut strelkasi yopiq holatda bo’ladi. Barcha yuqorida keltirilgan, releli markazlashtirish qurilmalarida bajariladigan funksiyalar, sxemalar yordamida amalga oshirilib, ularda sxemalar va napol qurilmalar, ya’ni svetoforlar, elektroprivodlar, relsli zanjirlar va hokazolarda yuz beradigan xatoliklardan himoya qilishni ko’zda tutadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling