O’tkazuvchanlik qobiliyati va poezdlar harakatlanishining
xavfsizligini
oshirish maqsadida oraliq va uchastka stansiyalari elektrik markazlashtirish (EM)
qurilmalari bilan qurollanadi. EM tizimining asosiy element bazasi bo’lib, releli
apparatura hisoblanadi, shuning uchun bu boshqaruv tizimi releli markazlashtirish
nomini oladi. Releli markazlashtirishda ishlab chiqarishning
texnik foydalanish
talablariga ko’ra quyidagilar mumkin emas:
- marshrut bo’yicha band shoxobchadagi svetoforni ochish;
- sostav ostidagi strelkalarni boshqasiga o’tkazish;
- agar strelkalar kerakli holatga o’tkazilmagan va shu holatda yopilmagan,
shuningdek raqobatchi marshrut signallari yopilmagan bo’lsa, mazkur marshrutga
mos signallarni ochish.
Releli markazlashtirish tarkibiga quyidagilar kiradi:
boshqaruv apparati;
poezdlar harakati xavfsizligi talablarini taminlovchi releli apparatura; yonilg’i
manbalari; strelkalar holatini markazlashtirilgan holda boshqarish va nazorat qilish
uchun
strelkali elektroprivodlar; svetoforlar,
elektrlashgan relsli zanjirlar; qabyl
tarmoqlari.
Boshqaruv apparatlari va yonilg’i manbalarini joylash-tirish turiga ko’ra releli
markazlashtirishni mahalliy va markaziy bog’liqlikli hamda yonilg’i manbali qilib
quri-shadi. Mahalliy bog’liqlikda releli apparaturani stan-siyalar
boshidagi releli
qutilarga, markaziy bog’liqlikda esa stansiya markazidagi EM postiga yoki stansiya
binosiga joylashtiriladi. Mahalliy manbalar akkumulyator batareyalari ko’rinishida
kirish svetoforlari va strelkalarning boshlanish rayonlaridagi batareya shkaflariga
o’rnatiladi.
Releli markazlashtirish qurilmalarida ikki xil boshqarish usuli qo’llaniladi:
yakka (alohida) va marshrutli. Yakka boshqarish
usulida marshrutga kiruvchi
strelkalarni o’zgartirish va svetoforni ochish alohida tugmani bosish yoki navbatchi
pultida joylashgan kommutatorni o’zgartirish orqali, marshrutli boshqarish usulida
esa – strelkani o’zgartirish va svetoforni ochish ikki (marshrutning boshlanishi va
tugallanishi) tugmani bosish orqali amalga oshiriladi.
Releli markazlashtirish tizimlarining bir nechta turlari qo’llaniladi.