O`zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti
Download 74.64 Kb.
|
Xurramov Abbos. Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Sheriy asarlani organish yollari. 2.1.Sheriy asarlarni oqish darslarining maqsad va vazifalari.
BOB bo'yicha xulasa.
Sheʼr tuzilishi — sheʼriy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, yaʼni sheʼriy nutq nasriy nutqdan Sheʼr tuzilishi qonuniyatlariga ko'ra va shu qonun qoidalarga qatʼiy amal qilinishi bilan farqlanadi. Sheʼr tuzilishi aslida o'ziga xos murakkab tizimni tashkil etadi. Chunki sheʼrning yaratilishida juda koʻ'plab gʻoyaviy va badiiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan, mavzu, gʻoya, band, naqarot, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urgʻu, poetik timsollar, fonetik usullar, badiiy sanʼatlar, syujet, timsol, kompozitsiya, konflikt va boshqalar unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan sheʼr paydo boʻladi. II BOB She'riy asarlani organish yo'llari. 2.1.She'riy asarlarni oqish darslarining maqsad va vazifalari. She’r — ilohiy ne’mat deya e’tirof etiladi. Buning azaliy va abadiyligi ham barchaga ma’lum. Ayting-chi, she’rning mo»jizaviyligida qanday sir bor? — She’riyat qadimdan, hali turog’u qofiyalar haqida tushunchalar bo’lmagan davrda ham, eng ibtidoiy zamonlarda ham mavjud bo’lgan. Chunki, fikrimcha, she’r hamisha inson tuyg’usi asosida yaratiladi. Sobiq sho’ro davrida she’riyatdan, birinchi navbatda, ijtimoiylik talab qilinardi. Ijtimoiylik — bu doim jamiyatdagi muammolar yoki davlatchilik talablari bilan bog’liq hodisa. Muammolar yo’qoldimi, talablar o’zgardimi, ijtimoiy ruhdagi she’r ham o’z kuchini yo’qotadi. Bundan yuz-ming yillar oldin yozilgan she’rlarda, birinchi galda shoir o’z tuyg’ulari bilan muxlis qalbini to’lqinlantirgan bo’lsa, yana yuz-ming yil keyin ham shu tuyg’ular o’quvchi yuragini hayajonga soladi va mana shu xususiyat bilan she’r she’rligini saqlab qoladi. Har kimning o’z sevgan shoiri bor. Men Oybekni sevaman, yapon she’riyatiga qiziqaman. Yapon she’riyatida tuyg’ular yorqin tarzda ifodalanadi. Bir tinglab ko’ring-a: Chetan devor yoqalab, Kim kelsayam, gullagan Olxo’ri gullarining Atrini hidlamakka, U mening do’stim bo’lur! Zamonaviy she’riyatimizda, agar XX asr, xususan, sho’ro davri shoirlarining ko’p tomlik kitoblarini olib varaqlaganingizda tuyg’uga to’la she’rlar ozligini ko’rasiz. Ko’proq davrning ijtimoiy tomonlari aks etgan, o’sha zamon majburiyatlari bilan yozilgan she’rlar. Bu singari she’rlar vaqt o’tishi bilan o’zining aktualligini yo’qotib boraveradi. Masalan, Oybek 22 jildli asarlarida, aniqrog’i, shoirning she’rlari jamlangan 2-jildida (bir paytlar saralab kichkina to’plamcha qilganman) tuyg’ularga qurilgan she’rlar sanoqli. Bu hol o’sha davrda yashagan barcha shoirlarda mavjud. Hamma zamonlarda ham she’riyat haqida bahs-munozaralar bo’lgan, she’riyatning ma’lum qirralari o’zgarib turgan. Qayta qurish davri yillarini eslasak, o’zbek she’riyati butunligicha ijtimoiylik xastaligiga chalingan edi. To’g’ri, bu davr talabi edi. Mana endi mustaqillik sharofati tufayli, she’riyatdagi bu talablarni tag-tomiri bilan uzib tashlash jarayoni boshlandi. Ammo, undan hali-beri qutulolmasak kerak. She’rbozlik, aslida shiorbozlik avjiga chiqayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi. Yuragi go’zal bo’lishini istagan inson adabiyotga mehr qo’yadi. Birov she’riyatga, boshqa birov nasrga ixlosmand. Bizda hozir she’riyat ma’lum ma’noda chetga chiqib qolganday ko’rinadi, Biroq quyosh, oy bor ekan, yulduzlar bor eqan, she’riyat yo’qolmaydi. — Asl she’r sahna yoki maydonga chiqib o’qiladigan deklamatsiya, shiorlardan iborat matn emas. Bu yolg’iz qolganingda, ko’ngling nimalarnidir qo’msaganda ma’naviy quvvat va insoniy his bag’ishlaydigan bir mo»jiza. Asl she’r Allohning ne’mati. Shuning uchun ham inson ko’pincha unutilgan tuyg’ularini sog’inganda, ularni yana qaytadan qalbida uyg’otishni istaganida yo qismat chigalliklariga javob izlaganda kitob titkilab yaxshi she’rlarni topib o’qiydi. Shaxsan men uchun bu singari she’rlarni ko’proq mumtoz adabiyotdan izlayman: Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Mashrab, So’fi Olloyor, Huvaydo, Cho’lpon, Usmon Nosir… Haqiqatan ham, she’rni tushunish hammaga ham nasib qilavermaydi. She’riyat — ma’naviy hayotimizning ajralmas ruhi, komil insonlarning yo’ldoshi. Shunday ekan, uni o’qish ham ma’naviy insonning vazifasiga kiradi. Bundan endi hamma she’r o’qishi shart degan ma’no kelib chiqmasligi kerak. Umrini ma’no bilan to’ldirishni istagan inson she’r o’qiydi. Ma’naviyat degani ham aslida umrni ma’no bilan to’ldirish emasmi? Agar bugungi yoshlarni nazarda tutadigan bo’lsak, ularning ota-onalari kitobga bo’lgan mehrni farzandlariga ham yuqtirgan bo’lishsa, kitobni sevishga o’rgatgan bo’lishsa nur ustiga a’lo nur. Hayotiy fojialar ta’sirida ham kitobga mehr uyg’onishi mumkin. Biroq kitob, she’r, bu eng avvalo, yurak tarbiyasi. Yurak madaniyati. Men hozir qullik qarshi kurashgan afro-amerikali yozuvchi Frederik Duglasning asoratdagi qavmdoshlariga qarata aytgan «O’qishni o’rgansangiz, umrbod ozod bo’lasiz» degan gapini esladim. Kitobni tanimagan, mutolaani bilmagan odam, muayyan ma’noda, qullik ichidadir. Uning tabiatida fikrsizlik urchiydi, vaziyat va muammo oldida itoatda yashaydi. Kitob insonga, uning fikriga qanot bag’ishlaydi, tubandan yuksakka ko’taradi. Bu masalada, ayniqsa, onaning kitobga yaqinligi har bir millat taraqqiyotida eng olamshumul o’rin tutadi. Millatda kitobxon onalarning ko’pligi uning kelajagiga ishonch bilan qarashning poydevoridir. Yurak nur taratgan she’rda hayot bor, qismat bor, insoniyat mezoni bor. Butun his-tuyg’ular yurakda uyg’onadi, keyin butun vujudimizga o’tadi. Shu ma’noda maktablarda adabiyot o’qituvchilari adabiyot darsini yurakni tarbiya qilish asnosida, ya’ni she’rni sevishga o’rgatishsa, shu jarayonda o’quvchilarning yuragida hayotga muhabbatni uyg’ota olishsa, yaxshi ish bo’lardi. Chunki jamiyatning kelajagi, ravnaqi ham hozirgi yoshlarning tarbiyasi bilan bog’liq. Hozirda maktabdagi adabiyot darsliklari vatan haqidagi she’rlar bilan chegaralanib qolgan. To’g’ri, har bir odam vatanparvar bo’lishi, avvalo, uning insoniy burchi, biroq hayot, tabiat go’zalligi, inson umriga daxldor bo’lgan boshqa turmush manzaralaridan ham bahramand bo’lishsa, o’quvchilarning dunyoqarashi kengayib, hayotni teranroq o’rganishadi. — Shoir — ruhan ozod qush. Hurfikrliligi va erkinlikka topinishining boisi ham shundamikan? — Hozirda shoir ko’p. Ammo she’rlar kam. Xat-savodi yo’q odam ham to’rtta so’zni birlashtirib, she’r yozdim deydi. «Asalim, g’azalim» deb, so’zlarni qofiyalashtirgan bilan she’r tug’ilmaydi. Qofiyabozlik — shoirga yarashmaydigan katta illat. Shoir, birinchidan, shaxs bo’lishi kerak. U insonning mavjudligini, uning tabiatini asrashga, himoya qilishga qodir shaxs bo’lishi kerak. Bugun dunyo jiddiy o’zgardi. Bugun qo’liga qalam olishni emas, qo’liga qurol olishni istaydigan odamlar ko’paymoqda. Asl shoir o’z fikr-zikri bilan ozodlikni xohlaydi. Insoniyatni asrab qolishga, uning ruhiyatini o’stirishga xizmat qiladi. Bu borada undagi vatanparvarlik, mehr-oqibat, insoniylik kabi yetuk fazilatlar tashviqot vazifasini o’taydi. Sobiq sho’ro davrida, undan oldingi davrlarda ham ulug’ bobolarimizning she’rlari taftish qilingan, din bilan chog’ishtirilgan. Nega? Mohiyatan erkinlik, fikriy ozodlik, komillikka intilish singari ezgu maqsadlar bor bo’yicha aks etgan bu she’rlarda. Masalan, Boburni olaylik, shoh bo’lgan, taxtda o’tirgan. U xam insonlarning komillikka, ozodlikka erishishi uchun xizmat qilgan. Navoiy hokimiyat qudratiga ega bo’lgan. Xo’ja Ahror juda katta mavqe va boylikga ega bo’lgandayam, komillikka intilishni maqsad etgan, «Men o’zimni boylik eshigiga bog’lab qo’ymadim», degan. Bu haqida ko’p xalq rivoyatlari bor. Xullas, barcha haqiqatparvar, erksevar oydinlar komillik uchun intilgan, ozodlik uchun kurashgan Men otamning erka o’g’li bo’lganman. Otamdan erta ajralish hissi, so’nggi lahzalarda yonlarida bo’lmaganim, tobutlarini ko’tarmaganim armon bo’lib qolgan.. Oradan ancha vaqt o’tgandan keyin o’g’illik bo’lganimda, mana shu nevaralarni bir ko’rsalar edi, degan achchiq o’y uyg’ongandi yurakda. Endi bu insoniy bir dard. Ana shunda yozilgan bu she’r. Ota-onam haqida ko’p she’rlar yozganman. Mana shunisi qo’shiqqa aylandi. Bu she’rning qo’shiq bo’lishi ham tasodif. Taniqli qo’shiqchi Azim Mullaxonov mashinada ketayotib, allaqaysi jurnalni varaqlab o’tirgan-da, shu she’rni o’qib varaqni yirtib olgan-da, keyin o’sha kuniyoq kuy bastalab, qo’shiq qilgan. — Bugungi qo’shiqlar she’rdan emas, chalasavod havaskorlik darajasida yozilgan «tekst»lardan paydo bo’lmoqda. Bu «tekst»larda sir yo’q, hayajon yo’q, tuyg’u yo’q. She’r, oldin ham aytib o’tganimdek, aslida tuyg’u tilida yoziladi. Har bir she’r o’z siri, dunyosi bilan tug’iladi. — Hazrat Navoiyda «Dardi yo’q inson inson emas» mazmunidagi satrlar bor. Chindan ham, dardi bo’lmagan odamning hayvondan farqi yo’q-da! She’riyatdagi asosiy motivlardan biri bu — dard. Ammo, dardni pissimistik ruh natijasi deb qaramaslik kerak. Dard hamisha yorqin tuyg’ular, insonning ko’nglini sug’oradigan tiriklik suvidir. Lekin odamning hayotdan ko’ngli qolsa, bu endi dard emas. Hayotdan norizolik qabilida yoziladigan she’rlarni xam she’r deb bo’lmaydi. Dard shunday bo’lishi kerakki, hayotga intilish, muhabbat bilan saqlanishi zarur. Dardlarning eng kattasi Muhabbatdir. Doimo ezgulik bilan yovuzlik o’rtasida kurash ketadi, biroq ezgulik hamisha g’alaba qozonavermaydi. Lekin bu hammasi tugadi degani emas, kurash davom etaveradi. Adabiyot shoirlarning soni bilan emas, saviyasi bilan belgilanadi. Hozirda yaxshi shoirlar bor. Ular yozishayapti. Xalqning, muxlislarning olqishlariga sazovor bo’lishayapti.O’zbek she’riyatining ildizi baquvvat. U ko’p tanazzullarni ko’rgan bo’lsa-da, doim yengib kelgan. Nazariy ma'lumotlardan ko'proq amaliy maslahatlarga o'tish vaqti keldi. Biz aniqlaganimizdek, talaffuzning ekspressivligi ko'p jihatdan mantiqiy stress, pauza va intonatsiyani to'g'ri ishlatish bilan bog'liq. Siz she'r o'qish qanchalik go'zal ekanligini tushunishga allaqachon tayyormiz. Endi biz ushbu og'zaki texnikani mukammallikka qanday qilib etkazishni ko'rib chiqamiz, buning yordamida siz she'rni ingliz tilida qanday o'qishni tushunasiz! Yarating matn bahosi. Bu barcha she'riy sxema bo'lib, unda barcha mantiqiy stresslar, pauzalar va muhim so'zlar ta'kidlanadi. Intonatsiyaning o'sishini (pasayish yoki ko'tarilish), pauza davomiyligini chiziqlar bilan belgilang (uzun, qisqa, o'rta). Barcha qiymatlar qalam bilan yozilishi kerak. Ushbu naqshni yodda tutib, siz intonatsiyani to'g'ri takrorlashingiz mumkin. Nazorat nafas. Kutilmagan pauzalar bo'lmasligi uchun o'pkangizga ortiqcha havo jalb qilmaslikka harakat qiling. Diktsiya - o'ta muhim! Agar siz she'r o'qishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, unda diksiyada ishlashga ishonch hosil qiling. Faqatgina so'zlarning aniq, aniq va to'g'ri talaffuz qilinishi bu yo'lda harakat qilishingizga va rivojlanishingizga yordam beradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, she'rni to'liq anglash, uni his qilish va ma'nosini tushuning. Oyatlarni jilovlashning hojati yo'q, shoshilish kerak emas. O'qiganingizni tushunish va ushbu daqiqadan chinakam zavqlanish juda muhimdir. Sifatni yarating hissiy fon, imo-ishoralar qiling va yuz ifodalarini ishlating. Ko'zgu oldida mashq qilib, sizning she'riy san'atingizdan mahrum bo'ling. Agar siz she'rni ingliz tilida qanday qilib to'g'ri o'qishni bilmasangiz, unda siz ushbu maqolani boshidan oxirigacha ko'rib chiqishingiz kerak. Shu nuqtai nazardan, sxema rus tilidagi she'rlardan farq qilmaydi. Yuqoridagi qoidalarni "she'rni qanday o'qishni" ingliz fonetikasi va imlo qoidalariga o'zgartirishingiz kerak. Ehtimol, bularning hammasi. Ushbu oddiy maslahatlarga amal qilib, siz she'rni qanday o'qishni tezda anglaysiz. Agar siz doimiy mashg'ulotlar olib boradigan bo'lsangiz va agar siz she'rni chindan ham yaxshi ko'rsangiz, unda siz tezda ifodali va chiroyli o'qish mahoratiga ega bo'lasiz. Download 74.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling