O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq svilizatsiyasi va tarix fakulteti tarix fanini o’qishning zamonaviy usullari fanidan kurs ishi mavzu


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 183 Kb.
bet2/8
Sana13.02.2023
Hajmi183 Kb.
#1192967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ana shunday vatanparvarlik tuyg’usining kuchayuviga sabab bo’lguvchi buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o’tsa hamki, o’z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo’qotmaydi. U kishida Vatanparvarlikdek Oliy Tuyg’uga xizmat qilish impulsini jo’sh urdirib turadi...
Jaloliddin Manguberdining yaqin a’yonlaridan biri bo’lgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy buyuk bobomizni shunday tasvirlagan: «...U bug’doyrang, o’rta bo’yli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham so’zlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi qahramonliklarini eslab o’tishning o’zi kifoya qiladi1. U sherlar orasida eng zo’r sher edi, qo’rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U... jahldor emasdi, haqoratomuz so’zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo’yardi, kam gapirardi...»
Mashhur tarixchi Bartold Manguberdiga baho berar ekan, buni shunday ifoda etadi: «...Xorazmshoh Alouddin Muhammad keyinchalik Jaloliddin ko’rsatgan va mumkin bo’lgan qarshilik harakatining uchqunini ham ko’rsata olmadi». Darvoqe, shu o’rinda Manguberdining otasi — Xorazmshoh Alouddin Muhammad haqida turk tarixchi olimi Oydin Tonariy yozgan ba’zi bir ma’lumotlarni keltirib o’tsak.
Tarixda buyuk iz qoldirgan xorazmshohlar sulolasining mashhur siymolaridan biri bo’lgan Alouddin Muhammad (hukmronlik davri 1200 — 1220 y.) dastavval G’ur sultonlari Shihobiddin va G’iyosiddin bilan jang qildi. G’uriylar Marv, Tus va Xurosonni qo’lga kiritish niyatida edilar. Alouddin Muhammad Nishopur, Marv, Saraxsni zabt etdi. Undan so’ng Xorazmshoh ko’p janglar o’tkazdi, g’uriylarni kuchsizlantirib, ularning ko’p erlarini tortib oldi. Bora-bora, bir vaqtlar qudratli hisoblangan g’uriylar davlati Alouddin Muhammadning tazyiqi sabab, parchalanib ketdi...
Mavzuning o’rganish darajasi. Alouddin Xorazmshoh bunday natijalarga ko’p jihatdan qoraxitoylar orqali erishdi. Biroq u keyinchalik, qudrat kasb etib borayotganini his qildi, o’zi vassal bo’lgan qoraxitoylarga qarshi yurishlar qilib, ularni engdi. Undan keyin Xorazmshoh Tabaristonda bovandiylar hukmronligini yo’q qildi, Samarqand sultoni Usmonni o’ldirib, qoraxoniylarni tarix sahnasidan butunlay chiqarib yubordi. Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchi qipchoqlarning ustidan ham g’alaba qozongan Alouddin Muhammad 1215 yilda Sig’noqni o’z davlatiga qo’shib oldi.
Ayni paytda Eron va Afg’onistonda ham obro’si oshib borayotgan Xorazmshoh G’azna va uning atrofini bosib oldi. Bu erlarni u o’g’li Jaloliddin Manguberdiga berdi. Alouddin 1217 yilda Fors otabegi Sa’d ibn Zangi va Ozarboyjon otabegi O’zbekni engib, o’z itoati ostiga oldi.
Shunday qilib, Xorazmshohlar imperiyasi yanada kengayib, Sirdaryodan Iroqi Arabga cho’zilgan ulkan hududga ega bo’ldi va o’sha davr Islom olamining eng qudratli davlatiga aylandi.
Biroq shunday qudratga ega bo’lgan sulton Alouddin Muhammad o’z davlat mexanizmiga tamomila hukmron bo’la olmadi. Mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatida o’ziga xos diarxiya — ikkihokimlik tuzumi vujudga kelgan: mutlaq hukmdor deb sulton Muhammad hisoblanardi, ikkinchi tarafdan u o’z onasi Turkon xotunning itoatida edi. Turkon xotun esa davlatning ichki va tashqi ishlarida ikkinchi hukmdor, ayrim masalalarda hatto sultonga muxolif ham edi. Xorazmshohning buyruq va farmonlari ko’pincha qudratli Turkon xotun tomonidan bekor qilinar va hech qanday kuchga ega bo’lmay qolardi.
Shihobiddin an-Nasaviy shunday yozgan: «...Xorazmshoh onasiga qarshi chiqolmas edi... kichik ishlarda ham, jiddiylarida ham, ahamiyatsizlarida ham. Bu ikki sababga ko’ra edi: birinchisi — farzandlik burchi bo’lsa, ikkinchi va eng asosiysi, mamlakatning barcha amirlari onasining urug’idan ekanligi».
«Jahon hokimi» degan laqabga ega bo’lgan Turkon xotun faqat sultonga hukmini o’tkazibgina qolmay, balki moliya ishlarini ham boshqarardi va amirlar, amaldorlarga ham farmon berardi. Bu holat mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatidagi ahvolning barqarorligini birmuncha yo’qotdi.
...1218 yilda Movarounnahrga kelgan Chingizxon elchilari Alouddin tomonidan qabul qilindi. Ikki o’rtada savdo shartnomasi tuzildi. Biroq Chingizxonning savdogarlar karvoni O’trorga kelganda shu erning noibi Inolxon ularni qatl etib, mol-dunyolarini tortib oladi. Aslini olganda, qatl etilganlar savdogarlar niqobidagi josuslar ekani ayon bo’lsa ham, aniq isbotlar yo’qligi sabab, bu o’ta jiddiy siyosiy xatoga aylandi. Bu mudhish voqea oqibatda necha-necha minglab musulmonlarning halok bo’lishiga olib keldi...

Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling