Tuxumlarni identifikatsiyalash. Yegulik tuxum suvda suzmaydigan oʻtxoʻr parrandalarning poʻchoq ichida shakllangan hamda oqsil va yogʻ qismlaridan va havo kamerasidan (pugadan) iborat boʻlgan urugʻlantirilgan yoki urugʻlantirilmagan urgʻochi tuxum hujayrasidir. Parrandalarning turlariga qarab yegulik tuxumlar: tovuq tuxumlari, bedana tuxumlari, sesarka tuxumlari, tuyaqush tuxumlari boʻladi.
Saqlash muddatiga va sifatiga qarab, yegulik tovuq tuxumlari parhez tuxumlarga va ovqatga ishlatiladigan tuxumlarga boʻlinadi. Parhez tuxumlar sirasiga saqlash muddati, tovuq tuqqan kunni hisoblamaganda, 7 sutkadan oshmaydigan va tegishli tarzda tamgʻalangan tuxumlar kiritiladi.
Ovqatga ishlatiladigan tuxumlar sirasiga saqlash muddati, tovuq tuqqan kunni hisoblamaganda, saralash kunidan boshlab 25 sutkadan oshmaydigan tuxumlar va sovutgichlarda koʻpi bilan 120 kun saqlangan tuxumlar kiritiladi.
Ogʻirligiga qarab parhez va ovqatga ishlatiladigan yegulik tovuq tuxumlari uch toifaga: 6-jadvalda koʻrsatilgan parametrlarga muvofiq sara tuxumlarga, birinchi va ikkinchi toifa tuxumlariga boʻlinadi hamda 0 – sara tuxumni; 1 – birinchi toifali tuxumni; 2 – ikkinchi toifali tuxumni bildiradi.
6-jadval.
Ayrim toifadagi tuxumlarning ogʻirlik parametrlari
Toifa
|
Bitta tuxumning ogʻirligi, g, kamida
|
10 dona tuxumning ogʻirligi, g, kamida
|
360 dona tuxumning ogʻirligi, kg, kamida
|
Sara tuxum
|
65
|
660
|
23,8
|
Birinchi toifali tuxum
|
55
|
560
|
20,2
|
Ikkinchi toifali tuxum
|
45
|
460
|
16,6
|
Do'stlaringiz bilan baham: |