Tovar turkumini identifikatsiyalash – identifikatsiyaning eng murakkab turlaridan biri boʻlib, bu jarayonda taqdim etilgan tovarning konkret tovar turkumiga mansubligi aniqlanadi. Murakkablik shundaki, koʻpchilik hollarda identifikatsiyalash uchun ishonchli mezonlar butunlay yoki qisman boʻlmaydi. Muayyan nomdagi tovarning, masalan plastmassalardan, toza tarkibiy komponentlardan (aminoplastlar, polimerlar, stabilizatorlardan) va/yoki polikarbonatdan tayyorlangan buyumlarning qaysi turkumga mansubligini aniqlash juda qiyin. (Variant: Muayyan nomdagi tovarning, masalan, toza tarkibiy komponentlardan (aminoplastlar, polimerlar, stabilizatorlardan) va/yoki polikarbonatdan tayyorlangan plastmassa buyumlarning qaysi turkumga mansubligini aniqlash juda qiyin.)
Assortimentni (turni) identifikatsiyalash – tovarning nomi u mansub boʻlgan assortimentga mos ekanligini aniqlash. Tovarga qoʻyiladigan talablar assortimentga mansublik bilan bogʻliq boʻladi.
Chunonchi, fufayka (kundalik hayotda mayka yoki futbolka) koʻylak-bluzka mahsulotlariga, mayka esa – ich koʻylak mahsulotlariga mansub. Meʼyoriy hujjatlarda “futbolka” tushunchasi yoʻq.
Identifikatsiyalashning bu turi tovar baholash faoliyatining hamma turlarida oʻzining nomiga mosligini tasdiqlash uchun qoʻllaniladi, lekin u bojxonada identifikatsiyalash vaqtida TIFning tovar nomenklaturasi (TN) boʻyicha kodini aniqlash hamda tovarlarni sertifikatlash uchun alohida ahamiyatga ega.
Sifatni identifikatsiyalash – bu tovarlar oʻrnini bosuvchi materiallar yordamida qalbakilashtirilganligini aniqlash boʻlib, bunday materiallar sifat koʻrsatkichlarini shak-shubhasiz pasaytiradi. Nooziq-ovqat tovarlarning oʻrnini bosuvchilar jumlasiga ishlab chiqarish texnologiyasi va nomenklaturada nazarda tutilmagan har xil boʻyoq moddalar, furnitura, sunʼiy tolalar kiradi. Birinchi navli materiallar va xom ashyoni ikkinchi navli materiallar va xom ashyo bilan almashtirish hollari ham uchraydi.
Sifatni identifikatsiyalash yuqori sifatli tovar past sifatli tovarga almashtirilganligini, shuningdek tovar meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan sifat talablariga mosligini aniqlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |