Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet79/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Axborotni identifikatsiyalash – bu tovar toʻgʻrisidagi noaniq yoki buzilgan axborot yordamida isteʼmolchini aldash holatini aniqlashdir. Axborotni identifikatsiyalash reklamada va tovarga ilova qilingan hujjatlarda, idishda hamda bosilgan tamgʻada tovar toʻgʻrisida berilgan axborotning haqiqatga mosligini aniqlashni taqozo etadi.
Tovar toʻgʻrisidagi asosiy axborotga tovarning turi va nomi, uning navi, tovarni tayyorlagan korxonaning nomi, tovar chiqarilgan sana kiradi.
Tijorat axborotiga vositachi korxonalar, meʼyoriy hujjatlar, tovarning sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sanoat mahsulotining klassifikatori boʻyicha kod, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) boʻyicha kod, korxonalar va tashkilotlar klassifikatori boʻyicha kod, shtrix kod kiradi.
Tovarga oid isteʼmol axborotiga tovarning eng jozibali xossalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiradi.
Axborotni identifikatsiyalashning muhim vositasi tovarga ilova qilinadigan hujjatlar boʻlib, ular manzilli boʻlishi, axborot yetarliligi prinsipiga javob berishi, butun texnologik zanjir boʻyicha izchil ravishda tushunarli boʻlishi hamda saqlanib turishi va korxonada muayyan bosqichda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Miqdorni identifikatsiyalash – bu tovar parametrlari (ogʻirligi, kattaligi, oʻlchami, boʻyi, hajmi) yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng koʻp ogʻishlardan ortiq darajada farq qilishi hisobiga isteʼmolchini aldash hollarini aniqlashdir. Masalan, sport snaryadining ogʻirligini koʻrsatish tovarning ishlatish xossalarini baholaganda kerak boʻladi.
Narxni identifikatsiyalash – bu past sifatli tovarlarni yuqori sifatli tovarlar yoki kichik oʻlchamli tovarlarni katta oʻlchamli tovarlar narxida sotish yoʻli bilan isteʼmolchini aldash hollarini aniqlashdir.
Narxni identifikatsiyalash erkin narxlarni boshqarish, tovarning isteʼmol qiymatini sifat darajasini hisobga olgan holda belgilash uchun, pasaytirilgan narxlar yordamida isteʼmolchilarning maʼqul koʻrishiga erishish uchun zarur.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling