Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti
Download 1.82 Mb.
|
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin
Baliqni identifikatsiyalash. Baliq – bu ovlanadigan yegulik baliq oilalarining ayrim vakillarini ovlash yoʻli bilan olingan, realizatsiya qilish uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mahsulotdir.
Hammadan koʻp tarqalgan ovlanadigan yegulik baliq oilalari quyidagilardir: osyotr, losos, seld, karp (zogʻorabaliq), treska va baʼzi boshqa baliqlar. Osyotrlar oilasining vakillari quyidagi identifikatsiya belgilariga ega: 1) tanasi choʻzinchoq-urchuqsimon; 2) tanasi boʻylab besh qator suyak plastinasi (qoʻngʻizchalar) oʻtadi: bittasi belida, ikkitasi yon tomonda va ikkitasi qorinda; 3) boshi choʻzinchoq, katta, tepa tomondan suyak qalqonchalar bilan qoplangan; 4) tumshugʻi choʻzinchoq, ogʻzi pastda, yuqori labida toʻrtta moʻylabchasi bor; 5) belidagi suzgichi bitta boʻlib, dum qismiga yaqinroq joylashgan; 6) dumidagi suzgich notekis taqsimlangan – yuqori qismi ancha katta boʻlib, tananing davomidir. Seldlar oilasining vakillari quyidagi identifikatsiya belgilariga ega: 1) tanasi urchuqsimon, choʻzinchoq, yon tomondan siqilgan, bir oz tushib turadigan tangachalar bilan qoplangan; 2) tanasida yon chizigʻi yoʻq, baʼzi turlarida yon chiziq oʻrniga qora nuqtalardan iborat chiziq oʻtadi; 3) boshi oʻrtacha; 4) ogʻzi tananing uchida yoki yuqorisida joylashgan, pastki jagʻi yuqori jagʻiga qaraganda uzunroq boʻlib, juda ham oldinga chiqib turadi; 5) belidagi suzgichi bitta boʻlib, tanasining oʻrtasida joylashgan; 6) dumidagi suzgich teng ikkiga ajralgan, oʻyimi chuqur; 7) koʻkrak suzgichlari bosh yaqiniga joylashgan, qorin suzgichlari bilan orqa teshigi oʻrtasida kil (киль) (koʻkrak suyagi) (oʻtkir tikanli kil koʻrinishida qoʻshilib ketgan tangachalar) boʻladi, janubiy seldlarda (Azov-Qora dengiz seldi, chernospinka, Kaspiy seldi, Dunay seldi) kil juda oʻtkir boʻladi, hatto qoʻlni kesib olish mumkin, shimol va Uzoq Sharq seldlarida — ancha yumshoq boʻladi. Karplar oilasining vakillari quyidagi identifikatsiya belgilariga ega: 1) tanasi yapaloq, choʻzinchoq-uzaygan, silliq tangachalar bilan qoplangan; 2) yon chizigʻi tanasi boʻylab oʻtadi, toʻgʻri yoki past tomonda bukilgan boʻladi; 3) boshi oʻrtacha; 4) ogʻzi tananing uchida, ayrim vakillarida ogʻiz chetlarida ikkita moʻylabcha bor; 5) belidagi suzgich bitta, tananing oʻrtasida joylashgan, kalta yoki uzun boʻladi; 6) dumidagi suzgichi oʻyimli, koʻpgina vakillarida oxiri dumaloq boʻladi; 7) koʻkrak suzgichlari bosh tomonda, yon suzgichlari esa – belidagi suzgich boshlangan joyning qarshisida yoki hatto yaqinroq joylashgan boʻladi. Treska baliqlari oilasining vakillari quyidagi identifikatsiya belgilariga ega: 1)treska baliqlarining tanasi choʻzinchoq, sikloida koʻrinishidagi mayda tangachalar bilan qoplangan boʻladi; 2) yon chizigʻi bor, lekin oshqozon-ichak trakti yaqinida yuqori tomonga burilgan boʻladi; 3) boshi katta; 4) ogʻzi tananing uchida, koʻpgina vakillarining pastki labi dahanida moʻylabcha boʻladi; 5) belida uchta suzgich yoki bir-biriga qoʻshilib ketgan bitta katta suzgich boʻladi; 6) dumidagi suzgichi bilinar-bilinmas oʻyimli, uning oʻzagi xanjar koʻrinishida boʻladi; 7) koʻkrak suzgichlari boshning asosiy qismi oʻrtasidan sal pastroqda joylashgan, qorin suzgichlari esa qorin tagida yoki hatto boshga yaqin joylashgan boʻladi; 8) orqa teshik suzgichi ikkita yoki ikkitasi qoʻshilib bittaga aylangan boʻladi. Realizatsiya qilishga tayyorlash turiga qarab baliq tirik, sovitilgan, muzlatilgan baliqqa boʻlinadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling