O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


bob. Kichik biznesni rivojlantirishda banklar tomonidan kredit berishning amaldagi holati va uni o`qitishda masala va mashqlarni qo`llash amaliyoti


Download 369.06 Kb.
bet10/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

bob. Kichik biznesni rivojlantirishda banklar tomonidan kredit berishning amaldagi holati va uni o`qitishda masala va mashqlarni qo`llash amaliyoti


2.1. Kichik biznes sub`ektlarini kreditlash tartibi va banklar tomonidan kichik biznesni rivojlantirishning amaldagi holati

Tijorat banklari kredit oluvchilarga qarz berishni shartnoma asosida amalga oshiradi. Tijorat banklari tomonidan kredit berish maqsadlilik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va qaytaruvchanlilik shartlari asosida amalga oshiriladi.


Foyda ko’rmasdan aksincha, zarar ko’rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlariga kredit berilmaydi, berilgan kreditlar o’rnatilgan tartibda, muddatidan oldin undirib olinadi. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo’lishi zarur.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi qarori bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini milliy valyutada kreditlash tartibi to'g'risida”17gi yangi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga muvofiq, kredit obyektlari qatoriga xususiy tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklari va oilaviy tadbirkorlar kiritilgan.
Tijorat banklari kreditlash uchun imtiyozli davr qo'llashlari mumkin. Bundan avval moliya tashkilotlari tomonidan faqat insvestitsion loyihalarga imtiyozli davr asosida kreditlar ajratilgan. Kredit uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Nizomda kreditni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro'yxati o'zgartirilmadi. Unga ko'ra, kredit oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

    • ariza (hozirda kredit oluvchi uni elektron tarzda ham taqdim еtishi mumkin);




17 O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2013-yil 27-dekabrdagi 2546-sonli nizomiga ilova

    • biznes-reja (unda kredit oluvchining bankdagi hisobraqamiga pul mablag’'lari tushirilishi bilan bog'liq prognozlar albatta ko'rsatilgan bo'lishi shart);

    • oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi (1-shakl),

    • debitorlik,kreditorlik qarzdorlik to'g'risidagi ma'lumotnoma(2-shakl)

    • 90 kundan ortiq muddat uchun qarzdorlik bo'yicha solishtirish dalolatnomasi, moliyaviy natijalar bo'yicha hisobot (2-shakl)

    • yuridik maqomga ega bo'lmagan xususiy tadbirkorlar, do'hqon xo'jaliklari va qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno (avval faqat dehqon xo'jaliklari);

    • kreditni qaytarish ta'minotidan birini. Kredit ta’minoti Olingan kreditni xaytarmaslix xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo’lishi kerak. qarz oluvchi bankxa quyidagi ta’minot turlarining birini taxdim etish huquqiga ega :

  • mulk yoki qimmatli xogozlar garovi ;

  • bank yoki sugo’rta tashkiloti kafolati;

  • uchinchi shaxsning kafilligi ;

  • sugo’rta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik xatarini sugo’rta qilingani to’g’risidagi sugo’rta polisi;18

Kredit qo'mitasi tomonidan arizani ko'rib chiqish va qaror qabul qilish muddati avvalgidek ariza berilgan vaqtdan boshlab 3 ish kunidan oshmasligi belgilangan.
Bank kreditidan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanadigan bo'lsa, kelgusida bank mijozga kreditlar bo'yicha rad javobini berish, kredit summasi va foizlarini muddatidan oldin olish, shartnomada belgilanganidek mijozga jarima qo'llashga haqli. Avval amalda bo'lgan tartibga ko'ra, bunday holatlarda bank faqat kreditni qaytarib olish huquqiga ega bo'lgan.



18 Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Kichik diznes sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to’g’risida”gi nizomi. 2546-son. 2013-yil 27-dekabr
Tijorat banklari, o’zlari bilan doimiy aloqaga ega bo’lgan, bank hisobraqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro’ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, yuqorida ko’rsatilgan ta’minotni talab qilmay, blankali ya’ni ishonchli kredit berish huquqiga egadirlar.
Kreditlarni qaytarilish ta’minoti shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining “Garov to’g’risida” qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar, qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari, erkin ayirboshlanadigan valyuta va boshqalar garov predmeti bo’lishi mumkin.
Kredit paketi tahlil qilinayotgan paytda, bank kredit kelishuvining har xil holatlarini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbarining obro’sini ko’rib chiqadi. Aylanma mablag’larni to’ldirishga kredit olish uchun yuqorida ko’rsatilgan barcha zarur xujjatlarni ilova qilingan holdagi buyurtma bankka kelib tushgan kundan boshlab ushbu kredit bo’yicha bank xulosasini berishgacha bo’lgan muddat tijorat banklari bo’limlari va tarkibida bo’limlari bo’lmagan tijorat banklari, shuningdek xususiy banklar uchun - 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo’limlari uchun - 15 ish kunidan va bosh banklar uchun - 20 ish kunidan oshmasligi kerakligi belgilab qo’yilgan. Investistiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit so’rab berilgan kredit buyurtmalarini banklar tomonidan ko’rib chiqish muddati, mos ravishda, ko’pi bilan 2 baravar oshirilishi mumkin.
Kredit shartnomasi tuzilgandan so’ng bank bo’limi rahbari yoki kredit bo’limi boshlig’i, o’z vakolati doirasida, muddati va foiz stavkasini ko’rsatgan holda, ssuda hisobraqamini ochish to’g’risida buxgalteriyaga ko’rsatma beradi. Kredit berish to’g’risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat amalga oshiriladi. Kichik biznes sub’ektlariga bank kreditlari alohida ssuda hisobraqamini ochish va ushbu hisobraqamdan qarz oluvchining to’lov
topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklar uchun naqd pulsiz o’tkazish yo’li bilan beriladi.

Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling