O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 369.06 Kb.
bet2/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining tutgan o’rni va uning ahamiyati ko’pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, shu jumladan: M.Sharifxo’jayev A.Oʻlmasov, Q.Haqberdiyev Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. kabi mamlakatimizning iqtisodchi olimlari tomonidan nazariy va ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Iqtisodchi- pedagog D.Tojiboyeva Bank ishi fanini o’qitishda ”Aqliy hujum” va ”interfaol” metodlarini qo’llash tartibini keltirib o’tgan. Lekin bu mavzuni o’qitishda, dars mashg’ulotini samarali tashkil qilish uchun yetarli emas. Shuning uchun biz “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusida dars o’tish uchun masala va mashqlardan foydalanishni keltirib o’tdik.



3 Karimov I.A.2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhm ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi, 2010yil 30 yanvar.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. BMIning asosiy maqsadi –bu o’quv yurtlarida, xususan kasb-hunar kollejlarida “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli ” mavzusida dars mashg’ulotlarini tashkil qilishda masala va mashq metodidan foydalanishning samarali usullari va yo’llarini ishlab chiqish, hamda ulardan amaliyotda foydalanish yo’nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadiga erishish va amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • Amaliyotda masala va mashqlardan foydalanishning maqsad va vazifalarini aniqlash.

  • Ilg’or pedagogik texnologiya va usullarni ishlab chiqarish shart- sharoitlari va talablari bilan tanishish.

  • Ilg’or pedagogik texnologiya usullari va ularni qo’llash metodikasi bilan bog’liq bo’lgan metodik qo’llanmalar, risolalar va masalalar bilan batafsil tanishib chiqish.

  • Zamonaviy va ilg’or pedagogik texnologiyalarga mos ravishda mashg’ulot mavzusiga doir masala va mashqlarni tanlash hamda uni amaliyotda qo’llash.

  • Kasb-hunar kolleji tizimida qo’llanilayotgangan yangi ilg’or pedagogik texnologiya usullarni yaxlitlab chiqish.

  • Kasb-hunar kollejida dars mashg’ulotlarini olib borish jarayonida masala va mashqlardan foydalanishning yangi va samarali usullarini ishlab chiqish

  • Iqtisodiy va maxsus fanlarni o’qitishda shu jumladan fanning aynan bitta mavzusida dars mashg’ulotini tashkil qilish va o’qitish jarayonida masala va mashqlardan foydalanish , hamda dars ishlanmalarini yaratish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.


Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling