O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Download 369.06 Kb.
bet5/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Korxonalarning joriy
faoliyatini kreditlash
Korxonalarning investitsion faoliyatini kreditlash
Xususiy shaxslarni
kreditlash

2-rasm. Bank kreditining harakat yo’nalishlari7


Tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlari pul mablag’larini uning sohiblariga shartnomada kelishilgan foizni to’lash sharti bilan o’z qo’lida jamlaydilar va o’z nomidan qarzga berib ma’lum foiz asosida foydaga ega bo’ladilar. Bunda 3 ta sub’ekt ishtirok etadi: Ya’ni,



  1. pul egasi.

  2. kredit tashkiloti

  3. qarz oluvchilar


Bu jarayonda kredit aloqasi paydo bo’ladi. Tijorat banklari qarzni ishonchli, pulni samarali ishlatishga qodir xo’jalik subektiga qarz beradilar. Ular o’z navbatida bu pulni investitsiya uchun sarflab mamlakat
7Rashidov O.,Toymuhamedov I. “Pul, kredit va banklar” nomli darslik ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

iqtisodiyotini yanada o’stirishga erishadilar. Bank ishonchli mijozlarni tanlagan holda, qarzni kredit oluvchi uchun mol-mulki yoki boshqa boyligini garovga qo’ygandan keyingina ularga berishadi.
Masalan. Biror tijorat banki boshqa bir kichik korxona yoki umuman kichik biznes sub’ektiga 50 000 000 so’m qarz (kredit) bersa uning garovga qo’yilgan mulki qiymati shu yig’indidan kam bo’lmasligi kerak.
Tijorat banklari tadbirkorlar uchun firmalarga kredit bersa, istemolchi tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida istemolchi krediti paydo bo’ladi.
Masalan, AQSh da banklar istemolchilarga kredit kartochkalari beradi, ularni narxi 2500 dollarga qadar tovarlar xarid etiladi, xarid puli banklar magazinlarga bergan schetga qarab to’lanadi.8
Bank krediti mablag’larining bo’shatilishi kredit oluvchi xo’jaligida qiymatlar doiraviy aylanishini tugashini xarakterlaydi. Bu faza keyingi kreditni qaytarish bosqichi uchun moddiy asos yaratadi. Kreditni qaytarish bosqichi qarz oluvchi tomonidan vaqtincha kredit(qarz)ga olingan qiymatlarni kreditorga o’tishini xarakterlaydi, ya’ni kredit oluvchi xo’jaligida vaqtincha “Ma’lum ish bajargan qiymat o’zini vaqtinchalik egasidan kreditorga qayta o’tadi”.
Kredit mexanizmida bank kreditining qaytarilishi ikki xil shaklda bo’ladi.

Ya’ni,



Agar kredit mexanizmida kredit resurslari – bu resurslarni xo’jalik

faoliyatida bo’shatilishi natijasida qaytarilsa bunga kreditni real qaytarilishi deyiladi.

Bank amaliyotida agar kredit resurslari – xo’jalik faoliyatidan bo’shamagan holatda, boshqa manbalar hisobidan kamaytirilsa, bu kreditni formal qaytarilishi hisoblanadi. Kreditni formal qaytarilishi kredit resurslaridan samarasiz foydalanilganligini anglatadi.
8 Tojiboyeva D. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”. O’quv qo’llanma T.: “Fan va texnalogiya”-2007

Bank kredit harakatini tugallovchi bosqich – kredit shaklida joylashtirilgan mablag’larni kreditor tomonidan qaytarib olinishi. Bu bosqich va turli jihatdan kreditni qaytarish bilan bir xil bo’lishi mumkin. Tijorat banklari- ning kredit berishni tashkil etishdagi asosiy vazifasi – bu omonatchilarning pullarini kimga ishonib topshirish mumkinligini hal etishdan iborat bo’lib, bu faoliyat o’ta muhim va o’ta ta’sirchan jarayon bo’lib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sarmoya tuzilmasidagi leverajni jiddiy oshirish imkoniyatini taratadi. Bank kreditlarni qachon, kimga va qanday shartlarda berishi aniq belgilab olinishi lozim.


Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling