O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


rasm Tadbirkor ayollarnii qo’llab quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar hajmi, mlrd.so’m29


Download 369.06 Kb.
bet14/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

rasm Tadbirkor ayollarnii qo’llab quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar hajmi, mlrd.so’m29


Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi tasvirda aks ettirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, 2008-yilda ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-





28 Manba: http://daryo.uz/2014/03/14 /
29 Maraziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
quvvatlash maqsadida 149 mlrd.so’m miqdoridagi kredit ajratilgan bo’lsa, o’tgan 2013-yilda esa “Obod turmush yili” davlat dasturi doirasida 540,0 mlrd. so’mdan ziyod miqdorda kredit mablag’lari ayollarning tadbirkorlik faoliyatini uchun ajratildi. Shu qisqa muddat ichida ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan mablag’lar 3,6 barobarga ortganligi ijobiy natija hisoblanadi. Bugungi kunda, yurtimizda ayollar tashabbuskorligida tashkil etilayotgan korxonalar, fermer xo‘jaliklari ko‘payib, ularning imkoniyatilari ham tobora kengayib bormoqda.
Xususan, 2012-yilning 7 oyi davomida ayollarning tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga 385,3 mlrd. so’m miqdorida kreditlar berilgan. 2013-yilda esa banklar tomonidan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun 651 milliard so‘m ajratildi. Shundan 117 milliard so‘mi o‘z biznesini boshlayotgan, ayniqsa, kollejlarni bitirgan qizlarning ishbilarmonlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq loyihalarga yo‘naltirildi.
Mutaxassislarning qayd qilishicha, ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni hayotga tatbiq qilishda bu yil banklar tomonidan 2014-yilda 700 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, tarkibida 50 foizdan oshiq ayollari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlar ajratish ko‘zda tutilmoqda.30
O’tish iqtisodiyotida bo’lgan mamlakatlarda iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash yangilik hisoblansada, undan aholining iqtisodiy faol qatlamini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va har tomonlama qo’llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash maqsadlarida foydalanilmoqda. Mikromoliyalash xususiyatlariga ko’ra, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan kichik biznes sub’ektlarining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish manbalari va miqdori bir muncha yuqoridir. Buni 1- jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.





30 Manba: http://daryo.uz/2014/03/14 /

Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling