O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


rasm. Kasb hunar kollejlari bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar. (mlrd.so`m)35


Download 369.06 Kb.
bet16/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

rasm. Kasb hunar kollejlari bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar. (mlrd.so`m)35


Xulosa qilib aytganda, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kreditlash jarayonida yosh tadbirkorlar uchun ham, banklar uchun ham, muayyan ijobiy jihatlar namoyon bo’ladi. Chunonchi, yuqoridagi ma’lumotlar ham bu holatni yaqqol ko’rsatib turibdi. Ya’ni yosh tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori 2013-yilning 1-yanvar holatida 48,5 vlrd.so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2014- yilning 1-yanvar holatiga kelib bu ko’rsatkich 140,1 mlrd.so’mga yetgan. Hamda shu qisqa vaqt ichida bu ko’rsatkich 2,9 barobarga oshganligi ancha quvonarli holatdir. Xususan, banklar tomonidan yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda.


Shu bilan bir qatorda, tijorat banklari tomonidan “Obod turmush yili” Davlat dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlashga o'tgan 2013-yilning dastlabki 10 oyi davomida 6,2 trln. so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Shundan 286,9 mlrd. so'm miqdoridagi mablag'lar yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun yo'naltirildi. Shu bilan birga, 2013 yilning o'tgan davri mobaynida yosh



35 Manba: O’zbekiston Respuplikasi Markaziy banki ma’lumotlari
oilalarga 150,4 mlrd. so'm miqdorida ipoteka, 87,8 mlrd. so'm miqdorida iste'mol, shuningdek 47,3 mlrd. so'm miqdorida ta'lim kreditlari ajratildi.
O'z navbatida, tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish maqsadlariga joriy yilning o'n oyi davomida 2012 yilning shu davriga nisbatan 2,7 barobar ko'p yoki 116,2 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Tijorat banklarining yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasidagi faoliyati faqat kredit ajratish bilan cheklanmasdan, ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida keng ko'lamda targ'ibot-tashviqot ishlari ham olib bormoqda. Markaziy bank, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan ishlab chiqilgan “Respublika mintaqalarida 2012- 2013 o'quv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka faol jalb etish va ularga biznes loyihalarini amalga oshirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini yanada kengaytirishga doir chora-tadbirlar kompleksi”ga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida xususan, olis va borish qiyin bo'lgan, mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tumanlarda muntazam ravishda aholi, yosh tadbirkorlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan seminarlar, amaliy uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida joriy yilning o'tgan davri mobaynida tijorat banklari tomonidan 1 215 ta kichik biznes sub'ektiga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etildi va ularga jami 92,5 mlrd so'm kreditlar ajratildi. Shundan 713 nafar yosh tadbirkor va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 10 mlrd so'mlik, 293 nafar tadbirkor ayolning 9,7 mlrd so'mlik biznes rejalari imtiyozli shartlarda moliyalashtirildi.
Shuni ham ta’kidlash o’rinliki, 2009-2013 yillarda samarasiz ishlayotgan 172 ta korxona tijorat banklari balansiga o’tkazildi. Ularning 112 tasida ishlab chiqarish faoliyati tiklandi va yangi mulkdorlarga sotildi. Banklar balansida qolgan korxonalarning 43 tasida esa ishlab chiqarish faoliyati tiklandi, yana 17 ta korxonada bu borada faoliyat olib borilmoqda.

    1. Download 369.06 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling