O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


jadval O’zbekistonda kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi


Download 369.06 Kb.
bet17/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

jadval O’zbekistonda kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi


va kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushining o’zgarishi36





T/R



Yillar



Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi, mlrd.so’m



Kichik biznesning mamlakat ichki mahsulotidagi ulishi,%

4

2005

419,19

38,2

5

2006

547,4

42,1

6

2007

743,7

45,5

7

2008

1250,7

48,2

8

2009

1851,7

50,1

9

2010

2690,2

52,5

10

2011

4041,3

54,0

11

2012

5370,8

54,6

12

2013

6982,0

55,8

Jadval ma’lumotlariga asoslanib xulosa chiqaradigan bo’lsak, kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditning o’sishi ushbu soha vakillarining mamlakat yalpi ichki masulotdagi ulushining o’sishiga olib kelganini payqash qiyin emas. Demak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi bilan kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushida o’zaro bog’liqlik mavjud degan fikrga to’xtalamiz. Yana shuni ham aniq aytishimiz mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakat Yalpi Ichki Mahsulotdagi ulushi yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda.

2012-yil boshidan buyon dastlabki 11 oyi davomida O'zbekiston tijorat banklari tomonidan kichik va xususiy biznes sub'ektlariga 5 trln. so'mga yaqin miqdorda kreditlar ajratildi, bu o'tgan yilning shu davridagi ko'rsatkichidan 31% ga ko'p. Shundan qariyb 1,8 trln. so'm miqdoridagi mablag' tadbirkorlik
36 Maraziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
tuzilmalarining oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari bo'yicha loyihalariga yo'naltirilgan. Oilaviy biznes va yakka tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar doirasida mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 956 mlrd.so'mni tashkil etdi, shu jumladan 451 mlrd.so'm ayollarni tadbirkorlikka jalb etish uchun ajratildi. Buning natijasida minglab ayollar o'zining oilaviy biznesini yo'lga qo'ydi, yuzlab shaxsiy yordamchi xo'jaliklar tashkil qilindi, bog'dorchilik, sabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliq xo'jaligi va boshqa sohalarda yuzlab yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari paydo bo'ldi. Shu yilning 1 dekabr holatiga ko'ra, kredit tashkilotlari tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 45 mlrd.so'm miqdorida kreditlar ajratildi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga ko'p. Shu 11 oy ichida banklar tomonidan ajratilgan qarz mablag'larining 320 mlrd. so'mi zamonaviy maishiy texnikani sotib olishga yo'naltirildi. Ushbu mablag'lar 3 yilgacha bo'lgan muddatga eng kam ish haqining 50 baravarigacha bo'lgan miqdorda ajratiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga keng yo‘l ochilgani aholi bandligining oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda. Hozir mamlakatimizda ish bilan band aholining 75 foizdan ortig‘i aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 55,8 foizga yetdi. 2013-yilning I choragi davomida O‘zbekiston banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2012-yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar oshib, 1,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Ayni vaqtda jami moliyaviy xizmatlar tarkibida bevosita bank xizmatlarining ulushi 87,1 foizni tashkil etayotgani ham bu borada izchillik bilan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamining naqadar kengligini ko‘rsatib turibdi.



    1. Download 369.06 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling