O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Kichik biznesni kreditlash mavzusida dars o`tishda masala va mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari


Download 369.06 Kb.
bet25/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
55d19931e46d6

3.2 Kichik biznesni kreditlash mavzusida dars o`tishda masala va mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari


Fan va texnologiya jadal su’ratda rivojlanib borayotgan bir paytda, ta’lim- tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari ham davrlar o’tishi bilan takomillashib boradi. Natijada esa shakl, usul va metodlar ham takomillashib boradi. Shu yo’sinda hozirgi kunda darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy adabiyotlar, tarqatma materiallar o’zining mazmun va mohiyati, qiziqarliligi, rang-barangligi, mustaqil ishlash, fikrlashga yo’naltirilganligi, zamonaviy didaktik , texnologik modullar asosida qurilganligi bilan ta’lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ular asosida esa pedagogik jarayonning natijalari o’smoqda, talab etilgan natijaga erishishni kafolatlash, fan amaliyotining eng so’ngi yutuqlarini qo’llash, pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim jarayonini rivojlantirish vazifalari muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Kitob, darslik, uslubiy qo’llanmalardagi o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan masala- mashqlar bilim olish, tahlil qilish, mustaqil fikrlash, faollikni rivojlantirishda, hamda ta’lim samaradorligini oshirishda beqiyos o’rin egallaydi. Ular yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.


Shu o’rinda amaliy yondashadigan bo’lsak, “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusida dars mashg’ulotini tashkil qilishda masala-mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatimizni Yakkabog’ Agro-biznes kasb-hunar kollejida olib bordik. Amaliyot jarayonida “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusini o’qitishda biz asosan masala-mashqlardan, shu bilan bir qatorda ularga muqobil metodlar sifatida tarqatma materiallar va ta’limni tashkil etishning zamonaviy metodlaridan foydalandik. Bunday qilishimizdan maqsad shu ediki, masala-mashqlardagi xususiyatlar tarqatma materiallarda ham mavjud. Agar, masala-mashqlar tarqatma material ko’rinishida berilsa bu vaqtni tejashga va har-xil tushunmovchiliklarni oldini olishga yordam beradi. Bundan ko’rinib turibdiki tarqatma materiallar ham masala-mashqlarni qo’llashda katta ahamiyat
kasb etadi. Tarqatma materiallardan darslar o’tish jarayonida hozirgi kunda mavjud bo’lgan an’anaviy o’qitish metodlari va ularga muqobil metodlar sifatida interfaol metodlarni ham qo’lladik.
Shu jarayonda shunga yaqqol amin bo’ldikki, masala-mashqlarni biz ko’rgazmali qurol sifatida ham foydalanishimiz mumkin. Ko’rgazmali vositalarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarda qo’llanilishi o’quvchi- talabalarga o’rgatish kerak bo’lgan axborotga tegishli mazmunni turli shakl va usullarda ko’rsatish orqali tez, aniq va to’g’ri tushuntirish imkoniyatini yaratadi. Bu jarayonda o’quvchi-talabaning faoliyati diqqatni jamlash, ko’rish, kuzatish, tasavvur qilish, fikrlash, idrok etish, xotirada saqlash va shu kabilardan iborat bo’ladi. Bu pedagogik vositalardan samarali foydalanish uchun o’quvchi- talabaning qobiliyati, imkoniyati, xususiyatlari hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Ma’lumki, o’quvchi-talabalar psixologik jihatdan tashqi axborotni ko’proq ko’rish yoki eshitish, shuningdek, boshqa sezgi a’zolari yoki harakatlar orqali yaxshiroq eslab qolib o’zlashtiruvchilar toifalariga ajratiladi.
O’quvchi-talabalarning bilimi , malakasi, ko’nikmasi hamda ularning mahorati hozirgi paytda ko’p jihatdan intellektual salohiyatni belgilar ekan, butun diqqat e’tibor ularning puxta bilim olishlariga qaratilmoqda. O’quvchi- talabalarning fanni chuqur o’rganishlari va zamonaviy talab darajasida malaka, ko’nikmaga ega bo’lishlarida o’quv jarayonini qanday tashkil qilish albatta katta ahamiyatga ega. Demak, o’quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo’lgan ob’ektiv hodisa sifatida namoyon bo’ladi. Jamiyatning o’zi murakkab va ziddiyatli o’zgarishlarga uchrab turar ekan, o’quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o’tdi, ya’ni o’qitish jarayoni takomillashish yo’liga o’tdi. Shuni ta’kidlash joizki, o’quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. O’quv
faoliyati o’z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy yo’naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o’quv faoliyati ko’p qirralidir. Uning asosini shaxsan o’qitish jarayoni, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchiga bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi. O’quv faoliyatining aynan bu tomonini ta’lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. O’quv jarayoni deganda-o’quv faoliyati, tor ma’noda, bir maksadga yo’naltirilgan ta’lim berish sifatida tushuniladi.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida dars mashg’ulotlarini qanchalik samaqali olib boorish zamonaviy ta’lim texnologiyalari va o’qitish metodlariga bog’liq hisoblanadi. Metodlar xilma-xil bo’lib, ularning har biri o’z xususiyatiga ega. Metodlar ham insoniyat taraqqiyoti bilan hamnafas bo’lib, rivojlanish xususiyatiga ega. Shuning uchun qadim tarixdan to bugungi kunga qadar uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi va oddiy elementar ko’rinishdan murakkab texnologik ko’rinishga ega bo’ldi. Boshqacha qilib ta’rif beradigan bo’lsak, avvallari o’quvchilarga tayyor yetkazish asosiy maqsad bo’lsa, bugungi kunda esa o’quvchilarning intelliktual salohiyatini rivojlanish zonasini topish , konstruksiyalar, mustaqil ishlash tahlil qilishga o’rgatish, ijodiy faoliyatga yo’naltirish asosiy maqsadlardir.
Bu jarayon esa o’qituvchining mavjud imkoniyatlar asosida tahsil oluvchilarga kerakli bilim, ko’nikma va malakalarni qo’yilgan maqsadga mos holda shakillantirish jarayonidir. Ta’limda boshqarish jarayoni turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni turli yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Ta’limning harakatchan modelini tuzish orqali boshqarish yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishda katta samara bermoqda.
Shuningdek dars mashg’ulotini samarali tashkil etilishida texnologiya tizimi muhim o’rin tutadi. Mo’ljallangan texnologiya tizimi yondoshuvga asoslangan bo’lib, quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • o’rgatilayotgan fan bo’yicha ma’lumotlarni tayyorlash;

  • tayorlangan ma’lumotlarni o’qitish uslubi va maqsadni e’tiborga olgan holda ma’lum ketma-ketlikka keltirish;

  • o’quv materiallarini mazmunini qo’llashda pedagogik usullarni tahdil

qilish;

maqsadni aniqlash;

  • pedagogik texnologiyalar qo’llash jarayonining ketma-ketligini ishlab chiqish;

  • pedagogik texnologiyalar qo’llashga oid uslubiy tavsiyalar tayyorlash;

  • pedagogik texnologiyalarni qo’llash va erishilgan natijalarni bilim, ko’nikma va malaka tizimlariga ajratish;

  • olingan natijalar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini aniqlash;

  • ta’limni boshqarish to’g’risida tegishli xulosalar chiqarish va

boshqalar
Shular bilan bir qatorda hozirgi kunda ta’lim muassasalarida, dars mashg’ulotlarida masala va mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirish va ushbu metodni yanada takomillashtirish borasida yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.
Xususan manbalarda ko’rsatilishicha, auditoriyada masala va mashqlarni yechishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkinligi ta’kidlab o’tilgan:44
Birinchi yo’l. Masala, mashq barcha o’quvchi, talabalar tomonidan individual tarzda echiladi. O’qituvchi masala, mashqni echish uchun murakkabligi darajasi, tahlil qilish, baho berish, xulosa chiqarishini hisobga olgan holda ma’lum vaqt beradi. O’z vaqtida to’g’ri echilishi va berilgan topshiriq bo’yicha masalani izohlashiga qarab, ball berishini e’lon qiladi. Kim echib bo’lsa, qo’lini ko’tarib echib bo’lganini bildiradi. O’qituvchi uning javobiga qarab, ball qo’yadi.



44 Manba: Tojiboyeva D. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” O’quv qo’llanma T.:“Fan va texnologiya”-2007 177-b
Ikkinchi yo’li. Masala kichik guruhlarga bo’lib beriladi. Kichik guruh uni mukohama qilib, echadi va guruhdan bir kishi kichik guruh nomidan javob beradi.
Uchinchi yo’li. Bir o’quvchitalaba doskaga chiqib, echadi. Qolganlar o’zi echishi hamda doskada masalaning echilishini kuzatib, noto’g’ri bo’lsa, tezda o’z fikrini bildirishi lozimligi uqtiriladi. Agar doskada masala echayotgan talaba adashsa, uni to’xtatib, boshqa talabani masalani echish bo’yicha fikrini tinglab, to’g’ri echishni ko’rsatib berishi taklif etiladi. Talabalarning faoliyatiga ko’ra ball beriladi.
To’rtinchi yo’l. Masala, mashq yechishni uyga vazifa qilib berish mumkin.
So’ngra uning javobi amaliy mashg’ulotda muhokama qilinib, xulosa chiqariladi.
Yuqoridagi amaliy hamda nazariy pedagogik xulosalardan kelib chiqqan holda “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli ” mavzusida dars o’tishda samarali metodlardan biri sifatida masala va mashqlardan foydalanish metodini tanladik va ulardan dars mashg’ulotlarini samarali tashkil qilishda foydalandik. Ushbu metodni qo’llash jarayonida quyidagilar aniqlandi hamda quyidagicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dars mashg’ulotlarini tashkil qilishda masala-mashq metodining o’rni, ahamiyati va afzalliklari ko’p bo’lishi bilan birga, ushbu metodning bir qancha kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
Talabalar hisob-kitobga haddan tashqari berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e’tibor qaratishadi;
Talabani hisoblash bilan birgalikda keng mushohada yuritishga yo’naltiruvchi masala-mashqlar tuzush oson emas;
Masala-mashqlarni tuzish va uni yechish ko’p vaqtni talab qiladi. Masala-mashqlar tor doiradagi savollarni qamrab oladi;
Dars mashg’ulotlarida masala va mashqlardan foydalanishning ahamiyati bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
masala, mashq уechishni mukammal bilish, olgan bilimni amaliyotda qo’llash imkonini beradi;
masala, mashq уechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi
ortadi;
masala mashq fikrlashni o’rgatadi.
Shuningdek masala va mashqlardan nazariy darslarda foydalanishning umumiy qoidalari bo’yicha:
 Masala, mashqlardan foydalanishning-me’yorini bilish;
 Ma’ruza darsi uchun qisqa vaqtda echiladigan masala tuzgan yoki tanlagan ma’qul;
 Qo’yilgan masala-mashqni oxirigacha yechish shart emas;
 Qo’llaniladigan masala’mashqlar doimo real ma’lumotlar asosida bo’lishi shart emas, shartli raqamlardan foydalanish mumkin;
 Masala oddiy bo’lishi, ma’ruzani murakkablashtirmasligi kerak.
“Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli ”mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda masala va mashqlarni qo’llash:
O’tilgan mavzuning nazariy asoslari esda saqlaganliklarini aniqlashga mo’ljallangan;
Amaliyotda qo’llay olishlarini tekshirish tarzida bo’ladi.
Iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o’rganishda markaziy o’rinni masala, mashq уechish egallaydi. Sababi:

  • Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o’rganishning bosh maqsadi- olingan bilimni amaliyotda qo’llash imkonini ta’minlaydi;

  • Ikkinchidan,masala,mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi;

  • Uchinchidan, masala, fikrlashni o’rgatadi.

  • Masala, mashqlar, bir tomondan sinalgan, qadimiy dars o’tish uslubi bo’lsa, ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko’pligi tufayli eskirmaydi , doimo zamonaviy, uchinchidan universal, barcha iqtisodiy fanlarni o’rganishda qo’llash mumkin bo’lgan metodlar.

“Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli ” mavzusi bo’yicha ma’ruza darslarida masala va mashqlarni qo’llash shakllari:

  • Mavzuni nazariy asoslarini tushuntirishdan avval;

  • Mavzuning nazariy masalalarini tushuntirish jarayonida;

  • Mavzuni nazariy jihatlarini tushuntirilgandan so’ng.

“Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli ” mavzusida dars o’tishda masala-mashq metodining xususiyatlari:
Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining ahamiyatidan kelib chiqib, ularni o’rganishda markaziy o’rinni masala va mashq yechish egallaydi. Undan tashqari kichik guruhlarga bo’lish, tarqatma materiallar va ko’rgazmali qurollar asosida masala-mashqlardan keng foydalanish mumkin. Iqtisodiy fanlardagi mashqlar talabalarni mushohada qilish, xulosa chiqarishga o’rgatish bilan birgalikda kam vaqt sarflanishi, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to’g’ri javob topishga o’rgatadi.
“Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli ” mavzusida dars o’tishda masala-mashq metodining afzalliklari:

  • Sinalgan, qadimiy dars o’tish uslubi;

  • Imkoniyatlari nihoyatda ko’pligi tufayli eskirmaydi , doimo zamonaviy;

  • Universal, barcha iqtisodiy fanlarni o’rganishda qo’llash mumkinp;

  • Olgan bilimni amaliyotda qo’llash imkonini beradi;

  • Talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi;

  • Fikrlashni o’rgatadi.

XULOSA
Barcha turdagi ta’lim yo’nalishlari, xususan iqtisodiy yo’nalishlardagi kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy fanlardan dars o’tish metodik tamoyillarini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik tamoyillarga interfaol metopdlarga tayangan holda o’quv jarayonini tashkil etish bugungi kun zamon talablaridan biri. Chunki kasb-hunar kollejlarida o’quvchi talabalarni zamon talabiga mos ravishda mustaqil fikrlay oladigan, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’ladigan mutaxassis qilib yetishtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Kasb-hunar kollejlarida “Bank ishi” fanidan amaliyotni o’tash davomida dars berishda ushbu mavzuga bog’liq ba’zi bir mavzular to’liq o’tilmas ekan. Bu esa ushbu mavzu bo’yicha masala-mashqlar tuzishda qiyinchiliklarga olib keladi, shuning uchun kasb-hunar kollejlarida “Bank ishi” fani bo’yicha ishchi o’quv dasturlari qayta ko’rib chiqilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari ushbu fan bo’yicha amaliyotchi o’qituvchilarni ko’proq jalb qilish kerak.
Hozirgi kunda, o’quvchi-talabalarning bilimi, malakasi hamda mahorati ko’p jihatdan intellektual salohiyatni belgilar ekan, butun diqqat e’tibor ularning puxta bilim olishlariga qaratilmoqda. Men bu bitiruv malakaviy ishimda ana shunday jihatlarni e’tiborga olgan holda “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusida dars o’tishda masala va mashqlardan foydalanib, ularning muhimlik darajasini, xossa-xususiyatini, ahamiyatini yoritib berishga harakat qildim.
Shu o’rinda, BMI bo’yicha quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:

  • tadbirkorlik faoliyatini milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir tekisda rivojlantirish;

  • tadbirkorlarni bundan buyon ham byudjetdan tashqari fondlardan mablag’ bilan ta’minlash orqali ularning yangi texnologiyalar va nou-xauga erishishlarini ta’minlash;

  • qishloq joylarda tadbirkorlikning bozor infratuzilmasi tashkil etilgan tarmog’ini kengaytirish;

  • soliq va moliya, tashqi savdo, investistiya siyosati sohalarida islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek ichki jamg’armalarning ko’payishini rag’batlantirish;

  • kichik biznes shu’basi va tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar tayyorlash va tarbiyalash tizimni takomillashtirish

  • kredit uyushmalari faoliyatini takomillashtirish;

  • moliyalashtirish institutlari va sug’urta kompaniyalarini pul o’tkazuvchi kompaniyalar bilan hamkorligini ta’minlash;

  • moliyalashtirish institutlarini boshqa korporativ formalarga aylanishiga imkon berishning qonuniy shart sharoitini ta’minlash.

Shuningdek, masala-mashqlardan foydalanib dars o’tishda quyidagilarni taklif sifatida kiritdik.

  • Masala, mashqlardan foydalanishning-me’yorini bilish;

  • Ma’ruza darsi uchun qisqa vaqtda echiladigan masala tuzgan yoki tanlagan ma’qul;

  • Qo’yilgan masala-mashqni oxirigacha yechish shart emas;

  • Qo’llaniladigan masala’mashqlar doimo real ma’lumotlar asosida bo’lishi shart emas, shartli raqamlardan foydalanish mumkin;

  • Masala oddiy bo’lishi, ma’ruzani murakkablashtirmasligi kerak.

Shunday qilib, mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlashni takomillashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan amalda juda ko’p chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin shu bilan birga kichik biznes sub’ektlari faoliyatini samaradorligini oshirish uchun juda ko’p ishlar qilish zarur. O’zbekistondagi aksariyat mayda korxonalar va xo’jaliklar sifat jihatidan jahon standartiga mos keladigan yangi zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirish va mahsulot ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishlari lozim.
Yuqoridagi bildirilgan takliflarimiz kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining ahamiyatini oshirishga o`z hissasini qo`shadi degan umiddamiz.

Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling