O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


bob. Kichik biznesni rivojlantirish istiqbollari va mavzuni o`qitishda masala va mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari


Download 369.06 Kb.
bet22/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

bob. Kichik biznesni rivojlantirish istiqbollari va mavzuni o`qitishda masala va mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari


    1. O`zbekistonda kichik biznesni kreditlashda banklarning rolini oshirish va ularni rivojlantirish istiqbollari

Barchamizga ma’lumki, kichik biznes sub’ektlariga mustaqillik berish, ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shu jumladan, hozirgi kunda tijorat banklarining ham oldiga quyilgan eng asosiy vazifalardan biri - kichik biznes sohasini yetarlicha moliyaviy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Kichik biznes aholi zich joylashgan hududlarda ishsizlik muammosini hal qiladi. Shu sababli, bank tizimida kreditlash mexanizmini takomillashtirish buyicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmokda.


Iqtisodiy manbalarda ko‘rsatilishicha, hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib kelindi:

  • mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi;

  • kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda;

  • kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor infratuzilmasiga asos solindi;

  • imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdan tashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes rivojlanishini rag‘batlantiradi;

  • huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda.

Respublikamiz Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011-yil 11- martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011-yil 24-avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.
Shu jumladan:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko`rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi;

  • kichik biznes sub`ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to`lov undirish bekor qilindi;

  • tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta`minotini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi;

  • imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag`batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016-yilning 1-yanvariga qadar foyda solig`idan ozod qilindi.

Shuningdek, kichik biznesni moliyalashtirishda banklarnimg rolini oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, o’tgan yilda Respublika Markaziy banki tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik taraqqiyotida bank tizimining roli” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi. Mazkur konferentsiyada asosiy e’tibor mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bank-moliya sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va barqarorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank-moliya tizimi ishtirokini yanada oshirish, ushbu soha vakillariga ko‘mak berish bo‘yicha jahonning ilg‘or tajribalarini unumli foydalanish, taklif etilayotgan yangi bank-moliya xizmatlari, shuningdek kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratildi. Ushbu konferentsiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishda bank xizmatlarning alohida o‘rni, soha sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari ko‘lami va sifatini oshirish, bu borada xorijning ilg‘or tajribalari, soha sub’ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik masalalari xususida batafsil fikr-mulohazalar almashinildi. Mazkur koferensiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank-moliya tizimining rolini yanada oshirish istiqbollari, soha sub’ektlariga kreditlar ajratishda kredit ta’minoti masalasini hal etish, jumladan kafolatlash fondlarining roli, guruhli kreditlash mexanizmlarini joriy qilish hamda xorijiy kredit liniyalari hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish masalalarining ilmiy va amaliy jihatlari yoritib berildi. Shuningdek, anjumanda kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish borasidagi hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Shu o’rinda shuni aytish o’rinliki, bugungi kunda mamlakatimiz banklari tomonidan bir qator xalqaro moliya institutlari, jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xitoy taraqqiyot banki, Koreya eksimbanki, Germaniyaning bir qator banklarining kredit liniyalari jalb etilib, ushbu mablag‘lar kichik biznes sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24- avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”43gi PF-4354-sonli Farmoni asosida yaratilgan imtiyozlar ham kichik biznes sohasining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur Farmon asosida tadbirkorlik sub’ektlariga hisobraqamlar haq undirilmasdan ochilayotganligi, kredit arizalarini ko‘rib chiqish muddatlari keskin qisqartirilganligi, korporativ plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarda, naqd pul tushumlarini bank muassasalariga topshirishda qator imtiyozlarning berilganligi soha taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Shuningdek, 2013-yil 22-oktyabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda 2013-yining 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari ko'rib chiqildi, hamda majlis davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-2022-son qaroriga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini rag'batlantirish bo'yicha ko'rilayotgan chora- tadbirlarga alohida e'tibor qaratilgan holda mamlakatning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish ishlarining holatini har tomonlama tahlil qilishga alohida e'tibor qaratildi. So’ngra, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil etish va to'liq faoliyat yuritishini jadallashtirish topshirildi. Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019-yilning 1-yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilindi. Ushbu qonunga ko’ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini to‘lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki o‘rnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sug‘urtasi bo‘yicha polis mavjud bo‘lganida 180 kun mobaynida mablag‘ kelib tushishi yoki orqaga qaytarish muddati kafolatisiz xorijiy valyutaga eksport qilish huquqi belgilab qo’yildi.
43 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli Farmoniga ilova
Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlashni takomillashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan amalda juda ko’p chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin shu bilan birga kichik biznes sub’ektlari faoliyatini samaradorligini oshirish uchun juda ko’p ishlar qilish zarur. O’zbekistondagi aksariyat mayda korxonalar va xo’jaliklar sifat jihatidan jahon standartiga mos keladigan yangi zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirish va mahsulot ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishlari lozim.

Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling