O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


rasm: Aralash dars turning tuzilishi40


Download 369.06 Kb.
bet21/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6


  1. Uy vazifalarini ko’rish, suhbat o’tkazish (savol-javob asosida), misol va masalalar ishlatish (tarqatma materiallardan foydalanish asosida) yo’li bilan olib borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining 1- qismi, ya’ni darsning birinchi bosqichi;

  2. Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o’qituvchi tushuntirish, hikoya qilish, auditoriya ma’ruzasi, suhbat kabi usullardan foydalanishi mumkin. Bu – dars tuzilishining ikkinchi qismi, boshqacha aytganda darsning ikkinchi bosqichi;

  3. Yangi materiallarni mustahkamlash jarayonida munozara tarzida suhbat o’tkazish, masala va mashqlar yechdirish, kitob bilan ishlash usullaridan






40 Abdullaeva Sh.Sh. Xolmamatova L.A. “Pedagogika” o’quv qo’llanma ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

foydalanish mumkin. Bu jarayon —dars tuzilishining uchinchi qismi bo’lib, darsning uchinchi bosqichi deb yuritiladi;

  1. Uy vazifalarini topshirish jarayonida masala va mashqlarni yechish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borish,hamda bu jarayonda suhbat usulidan foydalanish mumkin. Bu bosqich — dars tuzilishining to’rtinchi qismi, ya’ni darsning to’rtinchi bosqichi hisoblanadi. Yuqorida ko’rib o’tilgan dars turlarining hammasi o’z tuzilishiga ega bo’lib, ular ham ma’lum bosqichlarga ajraladi.

Barchamizga ma’lumki, masala yoki mashq echishda o’tilganlarni nazariy jihatdan yodga tushirib, berilgan topshiriqni bajarish amalga oshiriladi. Shuningdek, nazariy bilimni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishga qaratiladi. Masala-mashqlarni mustaqil yechar ekanmiz, unga sarflagan intellektual energiyamiz va vaqtimizga achinmaymiz. Chunki ular iqtisodiyotni chuqur o’rganishga katta yordam beradi. Bu mashqlar murakkablikni oshib borishi bilan birgalikda ularning xilma-xilligiga e’tibor beriladi, shunga muvofiq faoliyat qiziqarli va ko’pchilik hollarda ijodiy tavsifga ega bo’ladi.
Shuningdek, masala va mashqlarni yechishda shuni ham unitmaslik kerakki, masala-mashqlarning javobini qidirishga shoshilmaslik kerak. Negaki, masala-mashqni muallifning o’zi mustaqil yechib, uning javobi to’g’riligi tufayli intellektual jihatdan qoniqish hosil qilish, zavqlanish nashidasi o’zgacha bo’ladi.
Masala va mashqlardan nazariy darslarda foydalanishga ikki nuqtai nazardan yondashish mumkin:41

  1. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlaridagi iqtisodiyoti nazariy jihatdan o’rganadigan fanlar: “Iqtisodiy bilim asoslari”; “Iqtisodiyot asoslari”, oliy o’quv yurtlarida o’rganiladigan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanlarini o’rganishda masala, mashqlardan foydalanish.


  2. Barcha iqtisodiy fanlardan nazariy dars o’tishda masala, mashqlardan foydalanish. Shu jumladan “Bank ishi” fanidan “Kichik biznesni rivojlantirishda

41 Manba: Tojiboyeva D. “Maxsus fanlarni o’qtish metodikasi” 170-bet T.:2007-y.
bank kreditlarining roli” mavzusida nazariy dars mashg’ulotini samarali tashkil qilishda masala va mashqlardan foydalanish muhim o’rin tutadi.
Qaysi mavzuda, qanday tarzda, masaladan foydalanishni o’qituvchi hal
qiladi.

  1. Nazariy darslarda masala, mashqlardan foydalanish me’yorini bilish

zarur. Masala, mashqlardan keragidan ortiq foydalanilsa, nazariy masalalarni yoritishga vaqt yetmay qoladi.

  1. Ma’ruza darsi uchun qisqa vaqtda echiladigan masala tuzgan yoki tanlagan ma’qul.

  2. Ma’ruzada qo’yilgan masala, mashqni oxirigacha yechish shart emas. Ba’zan masala-mashqni maruza jarayonida boshlab, mustaqil ravishda davom ettirishni talabalarga topshirish mumkin. Ma’ruza jarayonida o’qituvchi masala, mashqni doskada yoki og’zaki shaklda echishi mumkin. Ularni oldindan ko’rgazmali qurol yoki tarqatma material sifatida tayyorlanadi.

Masalan, Tijorat banklarining kichik biznes sub’ektlarini murakkab foiz usulida kreditlashda kredit miqdori va kredit operatsiyalarining daromadlilik daralasini ko’rsatuvchi masalani yechishi mumkin. Bunga misol sifatida quyidagi masalani keltirishimiz mumkin:
“Kamalak” xususiy ishlab chiqarish korxonasi 45 mln. so’mlik kredit olish uchun bankka zarur hujjatlarni taqdim qildi. Bank mijozga kredit taqdim qilish to’g’risida rozilik berdi va mijoz bilan shartnoma tuzishni amalga oshirdi. Shartnomaga muvofiq kredit bo’yicha birinchi oyda foiz stavka yillik 6% qilib belgilandi va har oyda uning ustiga 1,2% qo’shilib boriladi. Kreditning muddati
1 yil, bank tomonidan kreditning umumiy summasidan 1% komission haq ushlabqolindi va mijoz schyotidagi limit qoldiq summasi kreditning 4% ni tashkil qilgan.
Talab qilinadi: Berilgan kreditning haqiqiy miqdorini hamda kredit operatsiyasining daromadlilik darajasini toping.
Ushbu masalani yechishda o’quvchi-talabalarga o’qituvchi tomonidan kerakli maslahatlar berilib boriladi va quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya qiladi:
Rx=Rsh(1-g-r);
Bu erda:
Rx- haqiqatda taqdim qilingan kredit; Rsh- kredit shartnomasi bo’yicha summa; g-komission haq (% da);
r-kredit shartnomasi bo’yicha mijoz hisobvarag’ida qoladigan miqdor %;

  1. Ma’ruzada berilgan masala va mashqlar oddiy bo’lishi ma’ruzani murakkablashtirmasligi, nazariy qonun qoidalarni puxta o’zlashtirishlarini hisoblar, raqamlar orqali mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.

  2. O’rganilayotgan mavzu nazariy qonun qoidalar keng ko’lamda real faktlar dalillarni talab qilsa, bunda rasmiy ma’lumotlar asosida tuzilgan jadval yordamida bajariladigan masala, mashqlar qo’l keladi. O’qituvchi savolni tushuntirish jarayonida statistika ma’lumotlarni tahlil qilib talabalarni nazariy fikrlashga o’rgatadi. Amaliy tavsiyalar beradi.

  3. Maruza jarayonida qo’llaniladigan masala, mashqlar doimo real ma’lumotlar asosida bo’lishi shart emas. Unda shartli raqamlardan foydalanish mumkin.

Masalan, “Benefit” kichik xizmat ko’rsatish korxonasi bank bilan tuzgan shartnomaga muvofiq 50 mln. so’m miqdorida kredit oldi. Kredit ishlab chiqarishni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida olindi. Ushbu kredit bo’yicha mijoz yillik murakkab foiz bo’yicha 7% ni 5 yil muddatda amalga oshirishi lozim.
Talab qilinadi:

  1. Kredit bo’yicha to’lovlar yil oxirida amalga oshirilsa, muddatli to’lovlarni toping;

  2. To’lovlar yarim yilda amalga oshirilgandagi foizlarni hisoblang;

  3. Yil oxirida va yil o’rtasida to’langan holatda kredit operatsiyalarning daromadliligini toping.

Mazkuz masala o’quvchu-talabalarni kredit bo’yicha muddatli to’lovlarni to’lash tartibini, kredit yuzasidan to’lanadigan foizlarni hisoblashni, hamda shu kredit yuzasidan tomonlarning manfaatlarini ya’ni kredit operatsiyasining daromadliligini bilishga undaydi. Shuningdek, ushbu masalani yechish uchun o’qituvchi tomonidan talabalarga kerakli usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
Umuman olganda “Bank ishi” fanni o’rganishda masala va mashqlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Belgilangan vazifaga ko’ra, mashqlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  • formulani tahlil qilish bilan bog’liq;

  • iqtisodiy kategoriya, qonun qoidalarni tahlil qilish;

  • axborot, raqamlar, faktlarda ifodalangan ma’lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan mashqlarga bo’lish mumkin.

Shuni ham ta’kidlash orinliki, mashqlar sxema, grafiklarga asoslangan bo’lishi, keng ravishda jadval ma’lumotlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. Ular orqali u yoki bu kategoriya, tushunchani o’zlashtirish oson bo’ladi. Shuningdek, mashqlar to’g’ri javobni tanlash va ana shu tanlovni asoslab berishda ham ifodalanadi. Ular to’g’ri noto’g’ri javobni tanlashni izohlash yoki test yechish tarzida bo’lishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda, nazariy darslarda o’tiladigan mavzuga ko’ra o’rganiladigan savollarga qarab, masalamashqlardan foydalanish darsni qiziqarli bo’lishi, talabalar diqqatini o’rganilayotgan savol, masalaga qaratishlariga yordam beradi.
Shuningdek masala-mashqlardan amaliy dars mashg’ulotlarini samarali tashkil qilishda foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, amaliy mashg’ulotlarda o’quvchi, talabalarga individual yondashishning imkoniyati katta. Ularda u yoki bu turdagi qiyinchilik kelib chiqsa, o’qituvchining tushuntirishi, ayrim nazariy qoidalarni aniqlashtirishi, yo’l yo’riq ko’rsatishi orqali tezda yordam berib yuborish mumkin bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlarda masala va mashqlardan foydalanish metodlariga uch xil yondashuv mavjud:42
Birinchisi, nisbatan eng ideal varianti bo’lib, amaliy mashg’ulotda nazariy savollarni muhokama qilib bo’lgach, masala, mashq yechib, nazariy bilimni mustahkamlash hisoblanadi. Bunda o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan dars soati imkon berishiga qaraladi.
Masalan, bank faoliyati bilan bo’g’liq xususan, kredit operatsiyalarini muhokama qilib, nazariy bilimni mustahkamlash maqsadida quyidagi masalani yechish mumkin.
Bank kichik biznes sub’ekti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kreditdan foydalanganlik uchun birinchi oyda yillik 7% li oddiy stavkada va har bir keyingi oyga bu foizga 0,08 % qo’shib hisoblanishi kelishib olindi. Mijoz olgan kredit 30 mln. so’m miqdorida va 2yil muddatga olingan.
Talab qilinadi: Kredit operatsiyasi bo’yicha olinishi mumkin bo’lgan foiz miqdorini aniqlang.
Masalani echishda o’qituvchi tomonidan quyidagi formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:
I=i*P*t/Y
Bu erda:
I-kredit operatsiyasi bo’yicha olinadigan foizlar; i-foiz stavkalari;
P-berilgan kredit summasi;
t-foiz hisoblangan kunlar(oylar, yillar);
Y-hisob-kitob qilinadigan kunlar (oylar, yillar).

Ikkinchi metod, masala va mashqlardan nazariy muammoni, qonunlarni o’rganish jarayonida foydalaniladi. Bunda o’quvchi-talabalar tomonidan nazariy savolni o’zlashtirish qiyin kechsa, masalani yechish yordamida oson bo’ladi. Bu masalaga iqtisodiy fanlarni o’rganishda ikki nuqtai nazardan yondashish mumkin:
42 Tojiboyeva D “Maxsus fanlarni o’qtish metodikasi” 173-bet T.:2007-yil

  • birinchisi, ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni o’rganish jarayonida;

  • ikkinchisi, mamlakatda qabul qilingan iqtisodiyotga tegishli yuridik qonunlar, Prezident farmonlarini o’rganish jarayonida.

Masalan, o’quvchitalabalar tomonidan o’zlashtirish qiyin bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlar, me’yoriy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Uning ma’nosini me’yoriy ko’rsatkichni hisoblashga qaratilgan masala, mashqlar yordamida tushunish oson.
Uchinchi metod, savolni nazariy jihatdan amaliy darsda muhokama qilib o’tirmasdan, masala- mashqlar yechib qo’ya qolish hisolanadi. Buning uchun masala, mashq uyga vazifa sifatida berib o’tirilmaydi. Masala yechish natijasida nazariy savolni chala o’rganiladi, degan xavotirga tushish noo’rin, chunki masala yoki mashqni tahlil qilish jarayonidagi muloqot, aksincha, nazariy qonun-qoidalarni chuqurroq o’rganishga, uni mazmuniga tushunishga imkon yaratadi. Masalan, kichik biznes subektlariga berilgan kredit bo’yicha foiz hiasoblash tartibini o’rganganda, uni nazariy jihatdan muhokama qilib o’tirmasdan, masala va mashqlar yechish orqali nazariy xulosaga kelish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umuman xulosa qilib aytganda, bu kabi masala va mashqlar o’quvchi- talabalarni nazariy materialni yuzaki, iqtisodiy kategoriyalarning aloqasini o’zaro bog’lanishiga ahamiyat bermay o’rganishlarining oldini oladi. Masala va mashqlarni yechish esa ularni darsliklardan mexanik tarzda konspekt qilishning foydasi yo’qligiga ishonch hosil qilishlariga yo’naltiradi. Negaki masalani yechish u yoki bu iqtisodiy kategoriya, qonunlarni quruq yodlash kamlik qilishini ko’rsatadi. Shuning uchun ham imkoni bo’lganda, nazariy qoidalar, muammolarni o’rganishda masala, mashqlardan foydalanish talabalarni mazkur mavzuni samarali o’zlashtirishlariga yordam beradi.

  1. Download 369.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling