O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent
Download 369.06 Kb.
|
55d19931e46d6
Fikrimizcha, kichik biznes sohasidagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O’zbekistonda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
tadbirkorlik faoliyatini milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir tekisda rivojlantirish; kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun hisobga olish va xisobot berishning yanada soddalashtirilgan tizimini ishlab chiqish; tadbirkorlarni bundan buyon ham byudjetdan tashqari fondlardan mablag’ bilan ta’minlash orqali ularning yangi texnologiyalar va nou-xauga erishishlarini ta’minlash; qishloq joylarda tadbirkorlikning bozor infratuzilmasi tashkil etilgan tarmog’ini kengaytirish; qishloqda kichik oilaviy biznes shakli sifatida dexqon xo’jaliklarini rivojlantirish va bunday xo’jaliklar sohiblariga aniq yordam ko’rsatish tartibini ishlab chiqish; chet el investitsiyalarini iqtisodiyotning kichik biznes shu’basi o’zlashtirishi mumkin bo’lgan eng ustuvor tarmoqlariga jalb etish; soliq va moliya, tashqi savdo, investistiya siyosati sohalarida islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek ichki jamg’armalarning ko’payishini rag’batlantirish; kichik biznes shu’basi va tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar tayyorlash va tarbiyalash tizimni takomillashtirish Shuni ta’kidlash o’rinliki, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish sora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda ko’rsatilishicha, kichik biznes rivojlanishini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o’rinlarini tashkil etishga ko’maklashish maqsadida kichik biznes korxonalarining bank kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda quyidagilar belgilab olindi: aylanma mablag’larni to’ldirish bo’yicha kredit berishning maksimal muddatini 12 oydan 18 oygacha uzaytirish; yangi tashkil etilayotgan kichik biznes va xususiy korxonalarni ustuvor asosda qo’llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan belgilangan normalar doirasida Imtiyozli kreditlash jamg’armasi resurs bazasini kengaytirish yo’naltiradigan summalarini 2 baravar oshirish; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21martdagi 2564- sonli farmoni asosida Imtiyozli kreditlash jamg’armasidan berilgan kreditlar bo’yicha imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirish; O’ylashimizcha, mamlakatimizda kichik biznesni moliyalashtirishdada va aholini kam ta’minlanganlik muammolarini bartaraf qilishda kerak bo’ladigan ustivor vazifalar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: moliyalashtirish tashkilotlarini faoliyatini kuchaytirish; mablag’larni moliyalashtirish tashkilotlariga qayta yo’naltirish; huquqiy asoslar yaratilishi ustida ishlash; subsidiyani kamaytirish; davlat bank tarmoklarida moliyalashtirish tashkilotlarini faoliyatini asoslash. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini barqaror sur’atlarda rivojlantirish, ularning moliyaviy mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish kreditlash amaliyotini takomillashtirishning zarur sharti hisoblanadi. Ma’lumki, tijorat banklari va nobank kredit muassasalari tomonidan beriladigan kreditlar, ularning joriy va investistiyaviy xarajatlarini moliyalashtirishning muhim manbaidir. Shu o’rinda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash jarayoniga xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari tobora keng jalb qilinayotganini ham ta’kidlab o’tishga to’g’ri keladi. Birgina, 2013- yilda 110 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari” Dasturiga asosan esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar xukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlaridan 2014 -yilda — 130 mln., 2015-yilga kelib, 155 mln. dollar jalb etish ko’zda tutilgan. Shunga muvofiq, "Mikrokreditbank" kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlashni kengaytirish bo’yicha har bir yil uchun maxsus dastur ishlab chiqib, uni izchil amalga oshirib boradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11- martdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq esa, tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlarning, asosan, olis va etib borish qiyin bo’lgan tumanlardagi, shuningdek, mehnat resurslari keragidan ortiq bo’lgan tumanlar Hamda shaharlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida, dehqon va fermer xo’jaliklarida yuqori texnologik va innovastion loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilishi belgilab qo’yilgan. Ushbu jamg’armaning resurslari hajmini oshirishni rag’batlantirish maqsadida, shuningdek, uning hisobidan berilgan kreditlardan olingan banklarning daro-madlari 2011- yilning 1-aprelidan 2016- yilning 1-yanvarigacha yuridik shaxslar foydasidan to’lanadigan soliqdan ozod etilgan. O’z navbatida, bank tizimi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan Inqirozga qarshi choralar dasturining bajarilishi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarining barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha sezilarli moliyaviy ko’mak ko’rsatib kelmoqda. Umuman rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy sog’lomlashtirish sohasida katta tajribalar to’plangan. Bunda quyidagilarga tayaniladi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus qonunlarga; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning Davlat dasturlariga; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kafolatli va imtiyozli kreditlovchi firmalarga; kichik biznes sub’ektlari faoliyatini imtiyozli kreditlashga, ularga soliq yukini engillashtirishga; Respublikamizda ham kichik biznes sohani har tomonlama rivojlantirish maqsadida turli xil imtiyozlar berilayotganligini ta’kidlab o’tish o’rinli hisoblanadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19- noyabrdagi PF-4010–sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida” gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shimcha qiymat solig’idan, uch yil davomida foyda solig’idan, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er soliqlari to’lashdan, boshqaruv kompaniyalariga berilganida foyda solig’i va yagona soliq to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Download 369.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling