O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-jadval O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini


Download 369.06 Kb.
bet15/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

1-jadval O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini


mikrokreditlashning xususiyatlari31



Moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar

Mikromoliyaviy xizmatlar



Turi



Summasi

Stavka
%



Muddat

Alohida sharhlar

1

2

3

4

5

6

Yuridek maqomga ega bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari

Mikrokredit Bank

Dastlabki sarmoyani
shakllantirish

Eng kam ish haqining 200
barobarigacha

3%
(yillik)

18
oygacha

Tadbirkorlik sub’ektlarining tashkil etilganligi
6 oydan oshmasligi

Faoliyatni kengaytirish va aylanma mablag’larni
to’ldirish

EKIHning 500


barobarigacha

5%
(yillik)



24
oygacha



Imtiyozli mikrolizing
xizmatlari

EKIHning 2000
barobarigacha

5%
(yillik)

3
Yilgacha

Tijorat banklari

Dastlabki sarmoyani
shakllantirish

Eng kam ish haqining 300
barobarigacha

1,6%
(yillik)

18
oygacha

Tadbirkorlik sub’ektlarining tashkil etilganligi
6 oydan oshmasligi

Ishlab chiqarishni va faoliyatni
rivojlantirish

10000 AQSH
doollori miqdorida

3.3%
(yillik)



2
Yilgacha



Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab
quvvatlash jamg’armasi

Dastlabki sarmoyani shakllantirish



Eng kam ish haqining 300 barobarigacha



1.6%
(yillik)

18
oygacha

Tadbirkorlik sub’ektlarining tashkil etilganligi
6 oydan oshmasligi

Yuridek maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlik sub’ektlari

Mikrokredit Bank

Dastlabki sarmoyani shakllantirish



Eng kam ish haqining 50 barobarigacha



3%
(yillik)

18
oygacha

Tadbirkorlik sub’ektlarining tashkil etilganligi
6 oydan oshmasligi

Tijorat banklari

Dastlabki sarmoyani shakllantirish

Eng kam ish haqining 80 barobarigacha

10%
(yillik)



3
Yilgacha



Kam
ta’minlangan oilalarga naqd pul shaklida

Ishlab
chiqarishni rivojlantirish

5000 AQSH
doollori miqdorida

2.5%
(yillik)

3
Yilgacha

50 foizini naqd pul shaklida

Shuningdek, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan 2013-yilda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizastiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamini kengaytirishga qaratilgan ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 2013-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2012 -yilga nisbatan 30,1 foiz ko’payib, bugungi kunda ularning miqdori 26,5 trln. so’mdan oshib ketdi.(4-rasm)


  1. rasm. Iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltirilgan kreditlar miqdori (Trln.so`mda) 32


Bu holatdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mamlakatda real sektorga bo’gan e’tibor yildan-yilga kuchaymoqda. Hamda natijada tijorat banklari tomonidan bu sohani moliyalashtirish surati sezilarli darajada oshgan. Xususan 2013-yilning 1-yanvarida tijorat banklari tomonidan real sektorga yo’naltirilgan kredit miqdori 20,4 trln.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014-yilning 1-yanvar holatida bu ko’rsatkich 26,5 trln.so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Bu esa tijorat banklari tomonidan real sektorni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilayotganilgini bildiradi.





2-jadval O`zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik


sub`ektlariga berilgan kreditlar (yil oxiriga) mlrd.so`m33



Ko`rsatkichlar

2010-y

2011-y

2012-y

2013-y

Banklar tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga berilgan kreditlar jami

2690.2

4041.3

5370.8

6982.0

Shu jumladan:













Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga banklar tomonidan berilgan mikrokreditlar

485.4


752.3


1050,8


1366,0


Jadval ma’lumotlariga tayanib shuni xulosa qilish mumkinki, tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar hajmi yildan- yilga o’sib borgan. Xususan 2010-yilda soha sub’ektlariga jami ajratilgan kreditlar miqdori 2690,2 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2013- yilga kelib bu ko’rsatkich 6982 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Natijada esa bu ko’rsatkich 2010- yilga qaraganda 2,6 baobarga oshgan. Bunday ijobiy ko’rsatkich har bir yilda o’z aksini topgan. Shuningdek, jami kredit tarkibidagi kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan mikrokreditlar hajmi ham yillar mobaynida sezilarli sur’atlarda ko’payib borgan. Xususan 2010-yilda 485,4 mlrd.so’m miqdoridagi mikrokredit mablag’lari kichik biznes sub’ektlariga berilgan bo’lsa, 2013-yilda esa bu ko’rsatkich 1366,0 mlrd.so’mni tashkil etib, 2010-yilga qaraganda 2,8 barobarga oshganligini yaqqol ko’rishimiz qiyin emas albatta. Yuqoridagilarni umumlashtirib yurtimizda kichik biznes sohasini yildan-yilga rivojlanib borayotganligini, ham shu o’rinda tijorat banklarining roli yanada oshayotganini va soha vakillarining banklarga bo’lgan ishonchi ortayotganini aniq aytishimiz mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PF- 4232-sonli Farmoniga ko’ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bank tizimida kasb- hunar kollejlari bitiruvchilarini kreditlash hajmlarini oshirish bo’yicha komleks choralar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xususan, 2013-yilda mazkur yo’nalishga 140,1 mlrd. so’m miqdorida kreditlar ajratildi va mazkur ko’rsatkich ham 2012- yilga nisbatan 2,8 barobar ko’p bo’ldi.
2014-yilda asosiy e’tibor iqtisodiyotni yuksaltirishda yoshlar faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilishga qaratiladi, Shu maqsadda kasb- hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun joriy yilda 160 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan. Bundan tashqari, bank tizimi hamkor tashkilotlar bilan birga yoshlar biznesini rag‘batlantirish uchun “Mening biznes g‘oyam” va “Yosh tadbirkor — yurtga madadkor” tanlovlarida eng yaxshi deb topilgan loyihalarini amalga oshirishda bosh-qosh bo‘ladi hamda “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etishda qatnashadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 137 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 2014-yilda esa bu yo‘nalishlarni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar miqdori 170 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagidan 33 milliard so‘m ko‘p demakdir.34



34 Manba: http://daryo.uz/2014/03/14 /




  1. Download 369.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling