O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Download 369.06 Kb.
bet11/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Bank kreditlari kredit oluvchilarga quyidagi maqsadlarni ko’zlab beriladi:

  • uskunalarni xarid qilish;

  • xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug’lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya dori-darmonlari, o’simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral og’itlarni sotib olish;

  • xom-ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;

  • mexnat qurollari, xom-ashyo, yarim tayyor maxsulotlar va yordamchi ashyolarni xarid qilish;

  • xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish;

  • hunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnatini tashkil qilish;

  • servis xizmati va maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirish;

  • sog’liqni saqlashni rivojlantirish;

  • sayyohlik ya’ni turizm sohasini rivojlantirish;

  • kichik ko’lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013 - yil 27-dekabrdagi qaroriga muvofiq “Kichik biznes sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to’g’risida”19 gi nizomga o’zgartirish kiritildi. Avval amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklarini, shuningdek kichik va o’rta biznes sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to’g’risida”20gi nizom o’z kuchini yo’qotdi.



19 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yil 27-dekabrdagi 2546-sonli nizomiga ilova
20 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 4-martdagi 465-sonli nizomiga ilova
Ushbu nizomga muvofiq kichik biznes sub’ektlarini kreditlashda yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob’ektlari bo’lib hisoblanadi.
Shuningdek unda ko’rsatilishicha, kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi. Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • qarz oluvchi o’z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag’larni shakllantirish va investistiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;

  • aylanma mablag’larni to’ldirishga — 18 oy muddatgacha;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag’’larni to’ldirishga — 24 oy muddatgacha. 21

Hamda mazkur nizomga muvofiq tijorat banklari kreditlar bo’yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin. Shuningdek kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.
Jahon amaliyotida kamdan kam uchraydigan oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish, fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining ishchanlik faolligini oshirish maqsadida 2012 - yilning 26 - aprelida O’zbekiston Respublikasining
«Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinishi mamlakatimizda milliy an’analarga asoslangan tadbirkorlik faoliyati, ya’ni oilaviy tadbirkorlik rivojlanishini yangi bosqichga ko’tardi.
Ushbu qonunning 29-moddasiga asosan, oilaviy korxonaga bank xizmati ko’rsatish qonun hujjatlariga muvofiq bank bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Banklar belgilangan tartibda oilaviy korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini ochadi hamda ularga xizmat ko’rsatadi.


21 Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to’g’risida” gi 2546-sonli nizom 2013-y. 27-dekabr
Adliya vazirligida 1697-son bilan davlat ro’yxatiga olingan Nizom talablariga asosan, yosh oilalarga, ya’ni har biri 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta rasmiy nikohdan o’tgan yoshlarga mikrokreditlar eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablag’lari bo’lib hisoblanadi. Tijorat banklarining o’z mablag’lari hisobidan yosh oilalarga oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo’lmagan miqdorda o’rnatiladi.
Nizomga asosan, yosh oilalarga kreditlari quyidagi maqsadlarga beriladi:

  • oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;

  • mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo’jaliklari, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan dehqon xo’jaliklari dastlabki (boshlang’ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo’jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’’lari hisobidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi hisobidan kredit berish tartibi to’g’risida nizom»22 bilan tartibga solinadi.
Bunda bankning Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi hisobidan berilgan mikrokreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida o’rnatiladi.
O’zbekiston Respublikasining “Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko’rsatish tartibi to’g’risida”23gi nizomi tasdiqlangan bo’lib, ushbu Nizom “Mikrokreditbank” akstiyadorlik-tijorat banki tomonidan kichik biznes


22 Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi 195-son bilan ro’yxatga olingan qaroriga ilova
23 Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 maydagi 78-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qaroriga ilova
sub’ektlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko’rsatish tartibini belgilaydi.
Nizom talablaridan kelib chiqib, foydalanish yo’nalishlariga ko’ra mikrokreditlar boshlang’ich sarmoyani shakllantirish uchun hamda biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag’’larni to’ldirishga beriladi.
Dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun mikrokreditlar yiliga 3 foizli ustama bilan 18 oy muddatgacha:

  • eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun;

  • eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mikrofirmalar va dehqon xo’jaliklari uchun (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan);

  • eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda fermer xo’jaliklari uchun beriladi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ushbu masalaning naqadar muhimligi to’risida to’xtalib, shunday degan edilar: “... kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o’zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta’minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, yangi ish o’rinlarini tashkil ilishda va aholi daromadlarini oshirishda qanchalik o’ta muhim rol o’ynashini albatta chuqur anglaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kreditlar, xomashyo resurslari, shuningdek davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarur ”24.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2013-yilning “Obod turmush yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturiga muvofiq aholi bandligi va real daromadlarining izchil o‘sishini ta’minlash, uy- joylar va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishda tijorat banklari ham munosib ishtirok etib kelmoqda. Xususan, “Obod turmush yili” Davlat dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan 2013 - yil davomida belgilangan prognoz ko‘rsatkichdan 15 foizdan ko‘p, ya’ni 1,5 trillion so‘mdan ziyod kreditlar


24 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraitini yuksaltirish, xalimiz farovonligini oshirishga xizmat iladi. //xal so’zi, 2011 yil 22 yanvar.
ajratildi va dasturda belgilangan barcha ko‘rsatkichlarning to‘liq bajarilishiga erishildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ajratilgan kreditlarning qariyb 1,3 trillion so‘mini mikrokreditlar tashkil etib, bunda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining salkam
125 milliard so‘mga teng biznes rejalari imtiyozli shartlar asosida moliyalashtirildi. Oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mikromoliyaviy xizmatlar miqdori qariyb 130 milliard so‘mni tashkil etdi.25
Barchamizga ma’lumki, kichik biznesni rivojlantirishda imtiyoz va preferensiyalar berish vositasida tadbirkorlikka har tomonlama madad ko’rsatishni nazarda tutadigan qonunchilik bazasi muhim o’rin tutadi. Natijada, keyingi yillarda YaIM tarkibida kichik biznesning salmog’i 2001-yildagi 33,8 foizdan 2012-yilda 54,6 foizga oshdi. Keyingi o’rinda ya’ni 2013-yilga kelib bu ko’rsatkich 55,8 foizga yetib, mamlakat iqtisodiyotining muhim bir bo’g’iniga atlandi


Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling