O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli mavzusini masala va mashqlardan foydalanib o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 369.06 Kb.
bet7/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

1.2. Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli mavzusini masala va mashqlardan foydalanib o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari


Iqtisodiy fanlarni o’rganishda talabalarni tahliliy fikrlashga o’rgatish - eng muhim masala hisoblanadi. Tahliliy fikr yurita oladigan odam mustaqil fikrlaydi. Mustaqil fikrlaydiganlar doimo izlanadi, ularning fikri-o’ylari, mehnati tufayli jamiyatda fan-texnika taraqqiyoti yuz beradi. Demak, talabalarning mustaqil fikr yuritishi, hayotda yuz beradigan turli muqobil variantlar ichidan eng maqbulini tanlashni o’rganishi hozirgi zamon talabidir.


Shunga asosan, masala va mashqlardan iqtisodiy fanlarni o’rganishda foydalanishning muhim afzalligi shundaki, u iqtisodiy kategoriya, qonunlarni sifat xarakteristikasi bilan birga miqdor aloqalarini ham o’zida mujassamlashtiradi. Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o’quvchi-talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi o’zining izchilligi bilan yosh avlodning yorqin kelajagini ta’minlashda ishonchli kafolat bo’lib qolmoqda. Bu tizimda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining o’rni o’ziga xosdir, chunki bu tizim, avvalo yurtimizda yangi ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, bu tizim respublikamiz mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni yetishtirib bermoqda.
Shu o’rinda mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joizdir: “Hammamizga teran bir haqiqat ayon bo’lishi kerak – biz yurtimizning ertangi rivoji yo’lida qanday chuqur o’ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko’p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro’yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo’lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti
uchun mas’ulyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”.11
Ko’pchilikka ma’lumki, metodika pedagogika fanining muhim bir qismi bo’lib o’qitishni tashkil etishning ilmiy uslubiy tomonini yoritib beradi. Pedagogika barcha fanlarni o’qitishda ta’lim tamoyillarini metodlarini shakl va vositalarini umumiy asoslarini ta’lim va tarbiya mazmunini o’rgatsa, metodika esa o’qitishda aniq bir metodni, usulni qanday qo’llash mumkin degan savolni yechishga yordam beradi. Shuning uchun ham har fanni o’qitishning samarali metodini tanlash juda muhimdir. Aynan har bir fanni o’qitish metodikasi ikkinchisidan farq qiladi. Misol tariqasida “Bank ishi”ni o'qitish metodikasi “Buxgalteriya hisobi”ni o’qitish metodikasidan farq qilishini keltirib o’tishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda qayd etish mumkinki, o’qitish metodikasi fanlarning xususiyatiga qarab bir necha guruhga bo’linadi.
Tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi




Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling