O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent
Download 369.06 Kb.
|
55d19931e46d6
1-rasm. Kredit shakllari6Umuman hozirgi kunda kredit munosabatlari juda turli tuman bo’lib, o’zining keng ahamiyatli ta’sir doirasiga ega bo’lib hisoblanadi. Ular tijorat banklari bilan turli mulk shaklidagi korxonalar, mehnatkashlar hamda chet mamlakatlari va ularning tijorat banklar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichga qamrab oladi. Qisqa qilib ta’rif berganda, bank krediti - bu kredit munosabatlarni asosiy yetakchisi va ustun formasi sifatida maydonga chiqadi. U qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bank krediti ham boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari mahsulot ishlab chiqarishni va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-itisodiy masadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishga muhim ta’sir ko’rsatadi. Bank kreditning umumiy maqsadi – bu ijtimoiy ishlab chiqarishning dinamik va proporsional rivojlanish asosida aholining moddiy va ma’daniy turmush darajasining oshishini ta’minlashdan iborat. Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Kredit davlatning iqtisodiy vositalaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kreditning 6 Rashidov O.,Toymuhamedov I. “Pul, kredit va banklar” nomli darslik ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. iqtisodiyotga va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri korxonalarning moliyaviy mustaqilligini mustakamlashdagi rolini oshiradi. Bank krediti respublika iqtisodiyotida muhim o’rin tutishi o’z -o’zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika ba’zasini mustakamlashga ko’maklashib, asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va ko’paytirish manbai bo’lib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga o’z mablalari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablag’larini xo’jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o’sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Bank kreditining asosiy yo’nalishlari Download 369.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling