O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-rasm. Bank kreditining asosiy vazifalari9


Download 369.06 Kb.
bet6/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

3-rasm. Bank kreditining asosiy vazifalari9


Bank krediti va undan foydalanish natijasida turli natijalarga erishiladi. Bu natijalar salbiy yoki ijobiy ko’rinishda bo’lishi mumkin.





9Rashidov O.,Toymuhamedov I. “Pul, kredit va banklar” nomli darslik ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Kredit amaliyotida ijobiy natijalar deganda kreditdan samarali foydalanish natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlar tushuniladi. Biz bilamizki hozirgi kunda bank kreditining samarali va ahamiyatli tomonlari mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal ravishda rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Lekin shu bilan birgalikda bank kreditining sezilarli salbiy jihatlari ham mavjud. Lekin bu har doim ham namoyon bo’lavermaydi. Bank kreditlarining salbiy roli asosan quyidagi ikki holatda yuzga chiqadi.

  1. Bank krediti turli yo’llar bilan asossiz ravishda me’yoridan ko’p berilganda, oqibatda pul massasi ko’payib natijada milliy valyuta qadrsizlangan holatda;

  2. Xalqaro kredit liniyalari orqali jalb qilingan kreditlardan samarali foydalanilmaganda mamamlakat o’zining boshqa daromad manbalari masalan oltinni sotish hisobidan kreditni qaytargan holatda.

Bank amaliyotida kredit oluvchi kreditordan quyidagilar bilan farq qiladi:

  1. Kredit oluvchi ssudaga olingan mablag’larining mulkdor sifatida egasi emas, balki bu resurslarning vaqtincha egasi sifatida maydonga chiqadi. Qarz oluvchi unga tegishli bo’lmagan begona resurslardan foydalanadi.

  2. Kredit oluvchi ssudaga olingan mablag’lardan muomala sohasida ham ishlab chiqarish sohasida ham foydalanadi. Kreditor esa undan faqat muomala sohasida foydalanadi.

  3. Kredit oluvchi o’z xo’jaligida umumiy aylanishni tugatgan mablag’lar hisobidan ssudaga olingan mablag’larni qaytaradi.

  4. Kredit oluvchi nafaqat ssudaga olingan summani balki ma’lum qo’shimchasi bilan qaytaradi yoki u ssuda foizini to’lovchi bo’lib hisoblanadi.

Tijorat banklari o’z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo’shimcha qarz mablag’lari yuzaga kelishining asosiy manbai hisoblanib, ishlab chiqarish jarayonini qayta tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qo’shimcha mablag’larni jalb qilishga qo’shimcha imkon yaratadi.
Bugungi kunda bank kreditning zarurligi quyidagilar orqali ifodalaniladi:

    • takror ishlab chiqarish jarayonida tovar va mahsulotni sotishni amalga oshirishni ya’ni korxonalar o’z mahsulotlarini sotib bo’lgunga qadar ishlab chiqarishni yana uzluksiz amalga oshirish uchun qo’shimcha pul mablag’lariga ehtiyoj sezadilar.

    • bank tomonidan kreditlashtirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda qo’shimcha kapital mablag’lar hamisha ham korxonada o’z mablag’lari hisobiga qoplanmaydi. Bunday sharoitda qo’shimcha mablag’larga bo’lgan ehtiyoj namoyon bo’ladi.

    • ishlab chiqarish korxonalari va alohida shaxslarda o’z iqtisodiy faoliyatlarini olib borish natijasida vaqtincha bo’sh pul mablag’lari vujudga keladi va bu pul mablag’larini boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarga kreditga berish mumkin bo’ladi.

Kichik biznes vakillarining tashabbuslarini shuningdek, o’zaro foydali va o’zaro manfaatli hamkorlikni ko’zda tutuvchi bank tizimini har tomonlama qo’llab-quvvatlash iqtisodiyotning barqaror va bir me’yorda rivojlanishi garovi hisoblanadi. Har qanday ishlab chiqarish faoliyati ko’rinishidagi biznes ham faqat tashabbusga suyangan holda faoliyat yurita olmaydi, balki muayyan resurslarni avvalambor, moliyaviy resurslarni talab etadi. Mamlakatimizdagi barcha tujorat banklari tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Kichik biznes faoliyati sohalarini rivojlantirish uchun ancha ishlarni amalga oshiradi. Mamalakatimizdagi yetakchi kredit muassasalari bo’lgan banklar keng filiallar va jamg’arma kassalar tarmog’iga ega bo’lib, ular bank operastiyalarini amalga oshiradi va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlarga O’zbekistonning barcha mintaqalarida keng qamrovli moliyaviy xizmatlar ko’rsatadi.
Hozirgi kunda banklar tomonidan kichik biznes sub’ektlariga, shuningdek investistion loyihalarni moliyalashtirishga milliy va xorijiy valyutada qisqa va uzoq muddatli bank kredit mablag’lari ajratilmoqda.
Banklar tomonidan mijozlarga kreditlash bo’yicha quyidagi xizmatlar ko’rsatilmoqda:

    • Kichik biznes sub’ektlariga kreditlar;

    • Kichik biznes sub’ektlariga mikrokreditlar;

    • Tadbirkor ayollarga kreditlar;

    • Kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kreditlar;

    • Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga kreditlar;

    • Boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar;

    • Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga kreditlar;

    • Yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari;

    • Yosh oilalarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mikrokreditlar;

    • Shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga mikrokreditlar va boshqalar.

Tovar va xizmatlarni ishlab chiarish jarayonida mablag’larning aylanma harakati jarayonida yuzaga kelgan nomutanosiblik kreditga bo’lgan ehtiyojning zaruriyligini to’liq asoslab bermaydi. Bu jarayonda faqat ishtirokchilar “zvenosi”ning bir qismida mablag’ning yig’ilib borishini, ikkinchi qismida esa mablag’ning yetishmaslik holatining yuzaga kelishiga sharoit tug’ilganligini bildiradi.
Kredit munosabatining real holatga aylanishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo’lishi kerak:

  1. Kreditor va qarz oluvchi manfaatlari uchun bo’lgan holdagina kredit munosabatlarining zaruriyligi yuzaga keladi;

  2. Kredit munosabatlari ishtirokchilari, ya’ni kreditor va qarzdor oladigan majburiyatlari ijrosini ta’minlay oluvchi huquqiy erkin sub’ekt sifatida munosabatda ishtirok etishlari lozim.10






10 Lavrushin . O.I. , i dr. Dengi , kredit i banki.-Moskva. Finansы i kredit,1999.-164 s

Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling