O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Download 369.06 Kb.
bet3/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Tadqiqot obyekti. Tadqiqotning obyekti bo’lib o’quvchi-talabalar va ularga “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusi, hamda ushbu mavzu yuzasidan dars mashg’uloti hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti. Tadqiqotning predmetini esa “Kichik biznsni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusida dars mashg’ulotini tashkil qilishda masala va mashqlardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqishning yo’llari tashkil qiladi.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqot jarayonida tarixiylik, obyektivlik, umumiy aloqadorlik tamoyillari, shuningdek qiyosiy tahlil, analiz, sintez, deduksiya, induksiya, mustaqil ta’limni tashkil etish, masala-mashq kabi metodlardan foydalanildi.
BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIni tayyorlash jarayonida ishlab chiqilgan asosiy xulosa va tavsiyalar o’rta-maxsus o’quv yurtlari, xususan kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy o’quv kurslari bo’yicha dasturlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, majmualar hamda dars ishlanmalarini tuzishda foydalanilishi mumkin. Shuningdek BMIning xulosalari esa kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy yo’nalishdagi kadrlarni tayyorlashda “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzuda samarali dars tashkil qilishda qo’llanilishi mumkin.
BMIning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, uchta bob, oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. BMIda 4 ta jadval va 13 ta rasm bo’lib, jаmi sakson bir bеtdа mujаssаmlаshgаn.

I bob. Bank kreditlari va kichik biznesni rivojlantirishning nazariy asoslari


1.1 Bank kreditlarining iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ahamiyati

Bank krediti xususida to’xtalishdan oldin, avvalo kreditning o’zi nima ekanligini bilish kerak bo’ladi. Kredit so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama haqi to’lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum bir muddatga qarzga berishni bildiradi. Qarzga mablag’ beruvchi tomon kreditor deb nomlanadi, ya’ni bank, davlat, turli shakldagi korxonalar va xususiy shaxs bo’lishi mumkin. Ssuda oluvchi tomon esa debitor deb atalib, boshqacha aytganda, qarzdor deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma rasmiylashtiriladi va unga asosan kredit mexanizmi amalga oshiriladi.


Aksariyat mualliflarning fikrlariga ko’ra, banklar tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq ravishda emas, balki keng ko’lamdagi kredit operastiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo’lgan. Rus itqisodchi olimi I.Traxtenberg fikriga ko’ra, kapitalistik korxonalarning faoliyati kreditsiz rivojlana olmay qolgan davrda banklar, tarixiy zaruriyat sifatida yuzaga keldi va bjsqichma-bosqich shakllanib bordi.4
Kreditga iqtisodiy kategoriya sifatida M.Sharifxo’jaev, A.O’lmasovlar quyidagcha ta’rif berishgan - “Kredit deganda vaqtincha o’z egalari qo’lida bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni tushinish kerak.”5
Umimiy qilib aytganda, kredit munosabatlari deb ssuda foizini hosil qilish va undan foydalanish vaqtida, ya’ni mablag’larni jamg’arish ularni qaytarish hamda foiz to’lash sharti bilan ma’lum muddatga berish vaqtida jamiyat, mehnat kollektivini va alohida fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.



4 Traxtenberg I.A “Sjvremenniy kredit I ego organizatsiya mjskva - : L. 1931. C-191
5 O’lmasov.A., Sharifxo’jaev.M. Itisod nazariyasi. – Toshkent. Menat, 1995. B.381
Qisqa qilib aytganda, kreditor – bu kredit munosabatlarining bir tomoni bo’lib, u ssuda beradi. Boshqacha aytganda ssuda beruvchi yoki real mavjud narsani vaqtincha foydalanish uchun berib turuvchi har qanday sub’ekt kreditor bo’la oladi.
Ssuda berish uchun esa kreditor ma’lum mablag’larga ega bo’lishi lozim.
Bu mablag’larning manbalari xilma-xil bo’lishi mumkin. Jumladan,

  • o’z mablag’lari

  • resurslari,

  • jalb qilingan mablag’lar.

Hozirgi kunda kelib bank - kreditor ssuda berishda nafaqat o’z moliyaviy resurslaridan balki undan tashqari hisobraqamlarda saqlanayotgan hamda aksiya va obligatsiyalarni chiqarish orali jalb etilgan mablag’lardan ham ssuda sifatida foydalanmoqda.
Umuman olganda, qarz oluvchi – bu kredit munosabatlarining bir tomoni bo’lib, u kredit oladi va olgan ssuda qaytarib berish majburiyatiga ega bo’ladi.
Kichik biznes sohasida kredit bilan ta’minlash keng shakllarda tasavvur etiladi. Bu yerda quyidagi kreditlar ishlatiladi: tijorat, bank, davlat, iste’molchi, xalqaro. Ularning hammasi kredit berilish muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) bo’lishi mumkin.
Jamiyatning integrallashuvi va bozor iqtisodiyoti sharoitida nurli mulk shaklidagi korxonalar to’la xo’jalik hisobiga o’tishi munosabati bilan, hamda mavjud iqtisodiy raqobat kurashining ta’siri ostida yerga, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etishni talab etadi. Bu esa korxonalarning qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan talabni oshiradi. Bu mablag’lariga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojlar asosan kredit munosabatlari doirasida qondiriladi.




Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling