O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Download 369.06 Kb.
bet8/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Amaliy- fundamental fanlarni o’qitish metodikasi
O’qitish metodikasi fanlarning xususiyatiga ko’ra:
Iqtisodiy fanlarni o’qitish metodikasi

Ijtimoiy- gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi


4-rasm. O’qitish metodikasi turlari12







11 “Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan” ilmiy –ommabop risola. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2011. 173-bet
12 Tojiboyeva D. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Shuningdek, yana bir muhim tomoni didaktikada mavjud bo’lgan barcha ta’lim metodlarini, ya’ni xoh ananaviy bo’lsin, xoh noananaviy bo’lsin yuqorida qayd etilgan fanlar yo’nalishida qo’llash mumkin. Lekin ulardan aniq fanlar kesimida foydalanish bir biridan farq qiladi. Shu sababli bizning mavzuimizga xos bo’lgan iqtisodiy fanlarni o’qitishda masala va mashqlardan foydalanish metodikasini yoritib o’tishni maqsad qildik. Bozor iqtisodiyoti har bir kishidan qanday kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar, iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda xulosa chiqarishni o’rganishni talab qiladi. Iqtisodchi kadrlar esa voqeliklarni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, ulardan xulosa chiqarish bilan chegaralanmay, iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tanlovning eng optimal variantlarini amalga oshirish, buning uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, bilganlarini joriy qilish layoqatiga ega bo’lishni talab qiladi
Shu o’rinda, o’quvchi-talabalarning puxta bilim olishlari, iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishlarining eng samarali metodlaridan biri sifatida masala va mashqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Nihoyatda o’ylab, fanni puxta o’rganishga qaratilgan masala va mashqlar vaqtdan unumli foydalanish va uni o’zlashtirishda yaxshi natijalarga erishish uchun imkoniyat yaratadi. Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma’lumotlar, raqamlar bilan ish ko’radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma’lumotlar bilan ishlay bilish, qo’ygan maqsadiga ko’ra ular asosida hisob- kitob, matematik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi o’zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’lish talab qilinadi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o’tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab ko’rishni zarur qilib qo’yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o’rganishda masala va mashqlardan foydalanish katta imkoniyatlarga egadir. Shuning uchun ham iqtisodiy fanlarni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mavzuni o’rganishda markaziy o’rinni masala- mashq yechish egallaydi deb e’tirof etish mumkin.
Bunga sabab sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  1. Masala-mashq yechish fanni o’rganishning bosh maqsadi-olingan bilimni amaliyotda qo’llash imkoniyatini taminlaydi.

  2. Masala-mashq yeshish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi.

  3. Masala-mashq yechish ijodiy fikrlashga, tanqidiy mulohaza qilishga o’rgatadi.

Shunga asoslangan holda masala-mashq metodlariga faqat hisob kitob asosida topshiriq bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish ob’ekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo. Masala-mashqlar yordamida fanni o’rganganda aniq raqamlar,dalillar ,hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari ushbu metodlarga muqobil ravishda modellashtiruvchi o’yin, kichik guruhlarga bo’lish, konkurs o’tkazish va boshqa metodlar asosida dars o’tishda ham masala mashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta.
Masalan: Kichik biznes sub’ekti 60 mln. so’mlik kredit olish uchun bankka zarur hujjatlarni taqdim qildi. Bank mijozga kredit taqdim qilish to’g’risida rozilik berdi va mijoz bilan shartnoma tuzishni amalga oshirdi. Shartnomaga muvofiq kredit bo’yicha birinchi oyda foiz stavka yillik 3,5% qilib belgilandi va har oyda uning ustiga 0,05% qo’shilib boriladi. Kreditning muddati 1 yil, bank tomonidan kreditning umumiy summasidan 1% komission haq ushlab qolindi va mijoz schyotidagi limit qoldiq summasi kreditning 5% ni tashkil qiladi.
Talab qilinadi: Berilgan kreditning haqiqiy miqdorini hamda kredit operatsiyasining daromadlilik darajasini toping.
Mashqlar mushohada qilish, xulosa chiqarishga o’rgatish bilan birga vaqtni tejash, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to’g’ri javob topishga o’rgatadi. Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq yechmasdan o’rganib bo’lmaydi. Shunday deganda, odatda biz tezda matematika, fizika, kimyo kabi fanlarni ko’z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin.
Shuningdek, masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o’quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi. Chunki iqtisodiyotni nazariy jihatdan o’rganishda ko’pincha ilmiy abstraktsiyadan foydalaniladi. Ko’pchilik o’quvchi- talabalar ilmiy abstrakpiya metodini tezda tushunaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o’zaro bog’lanishini tushunish esa oson. Shuni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanidan masala va mashqlar tayyorlandi. Unda fanning har bir mavzusi bo’yicha masala, mashqlar, o’ziga xos mashq sifatida testlar javobi bilan berilgan. Masala yordamida fanni o’rganganda aniq raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari modellashtiruvchi o’yin, kichik guruhlarga bo’lish, konkurs o’tkazish va boshqa metodlar asosida dars o’tishda ham masalamashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta.
Iqtisodiy fanlardagi masala va mashqlar talabalarni mushohada qilish, xulosa chiqarishga o’rgatish bilan birga kam vaqt sarflanishi, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to’g’ri javob topishga o’rgatadi. Shu o’rinda masala va mashq yechish jarayonida talabalarning qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalarni qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. Ulardan munozara, debatlar metodini qo’llashda ham keng foydalansa bo’ladi.
Manbalarda ta’kidlanishicha, masala va mashqlar talabalar bilimini sinashda ham eng qulay metod hisoblanadi. Masala va mashqlardan fanni o’rganish uchun tarqatma material tayyorlashda keng foydalanish mumkin. Ulardan darsda foydalanish turli interaktiv metodlarni qo’llab dars o’tishni tashkil etishda foydalanish imkoniyati nihoyatda katta. Masala va mashqlardan foydalanib darsni tanlov o’tkazish shaklida tashkil etish mumkin. Bunda teng kuchli masala va mashqlar tayyorlanib, kichik guruhlarga. juftlik yoki individual tarzda yechishga qarab darsda qo’yilgan maqsad amalga oshiriladi.13





13 Tojiboyeva D. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”. O’quv qo’llanma T.: “Fan va texnalogiya”-2007


Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling