O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


-yilda bank tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.4


Download 342.63 Kb.
bet8/10
Sana09.06.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1471231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mirzaboyev hisobot

2022-yilda bank tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.4
1. Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash maqsadida barcha moliyalash manbalari hisobidan 4,7 trln. soʼm miqdorida kreditlar ajratiladi, shundan 1,4 mlrd. soʼmlik mablagʼlar yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida yoʼnaltiriladi.
2. Bank filiallarida tadbirkorlar bilan ishlashda aynan "mijozga yoʼnaltirilgan”, oʼz mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida, hududlarda esa bank faoliyati “mijozbay”, “mahallabay” tamoyili asosida yoʼlga qoʼyiladi.
3. Biznes jarayonlarini optimallashtirish maqsadida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllagan holda:

  • bankning markazlashgan axborot bazasi IBM serverlarini modernizatsiya qilish;

  • mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi (CRM)ni bank faoliyatida toʼliq ishga tushiriladi;

  • bankda mavjud xizmatlar sifatini oshirish va yangi xizmat turlarini joriy etiladi;

  • mijozlar va hamkorlarga bank haqida, bank tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlar va mahsulotlar toʼgʼrisida maʼlumotlarni tez yetkazishni taʼminlovchi rasmiy veb-saytni takomillashtiriladi;

  • bankning barcha mijozlari uchun toʼlaqonli ishlaydigan kredit konveyerini amaliyotga joriy qilinadi;

  • mamlakat aholisi va mehnat migrantlarini moliyaviy va tashkiliy qoʼllab-quvvatlovchi “Mehnatkash”, “Choʼntak” dasturiy ilovalarini ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

  • barcha mahalliy banklar bilan hamkorlikda jismoniy shaxslar uchun milliy pul oʼtkazmalari tizimi loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlanadi.

Shu oʼrinda bankimizning barcha aktsiyadorlari, mijozlari va hamkorlariga bizga bildirilgan ishonchlari hamda bankning rivojlanishiga qoʼshayotgan hissalari uchun samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz va kelajakda oʼzaro manfaatli hamkorligimiz yanada samarali boʼlishiga ishonamiz.
4. Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish
Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi: Ushbu xujjat “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2019-2022 yillar davomida rivojlanish strategiyasini hamda uni amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
Universal bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi moliya instituti sifatida biznes yo‘nalishini kengaytirish va moliyaviy barqarorligini oshirish mexanizmini oldindan belgilab olish maqsadida mazkur xujjat ishlab chiqildi. 2018 yil davomida bank aktivlari 1 265,0 mlrd. so‘mga yoki 72 foizga oshirilib 3 008 mlrd. so‘mga, shundan kredit qo‘yilmasi 1 353 mlrd. so‘mga yoki 105 foizga oshirilib
2 640 mlrd. so‘mga yetkazildi.
Ustav kapitali 100 mlrd. so‘mga oshirilib, 694 mlrd. co‘mga yetkazildi. Biroq bu kabi ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan bank respublika bank-moliya bozorida hamon II guruh banklari orasida qolmoqda. Xususan, aktivlar, kapital, kredit portfeli hajmi bo‘yicha respublika banklari orasida 11-15 o‘rinlarni, aktiv va kapital rentabelligi bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birini egallagan. Ushbu rivojlanish strategiyasida bank faoliyatidagi yuqoridagi muammolarni hal etish, xususan, aktiv va majburiyatlari, kredit portfeli, tavakkalchiliklarni baholash va boshqarish, bank xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash bilan malakasini oshirish, marketing, axborot texnologiyalari sohalarini tubdan o‘zgartirish, bankning moddiy-texnik bazasi hamda infratuzilmasini kengaytirish, bozorda raqobatbardosh bank sifatida faoliyat yuritishi va mijozlarga yangi hamda sifatli xizmat turlarini taqdim etish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish kabi maqsadlar belgilab olingan. Har qanday tashkilot uning faoliyati yo‘nalishini belgilovchi, mazmun va mohiyatini yoritib beruvchi hamda tartibga solib turuvchi missiyasi bo‘lishi zarur. Bank rivojlanishida nafaqat har bir xodimning, balki mijozlarning ham bank missiyasi va uning vazifalarini tushunishi muhim hisoblanadi.

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling