O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti "Moliya" kafedrasi
Fiskal federalizm – federal hukumat
Download 90.21 Kb.
|
kurs ishi
Fiskal federalizm – federal hukumat
va hududiy hokimiyatlarning moliya sohasidagi vakolatlarining o’zaro taqsimlanishi. др. 2004.yuzaga keladigan o‗zaro munosabatlar yig‗indisini o‗zida ifodalaydi‖52, - deb ta‘rif berilgan. Tor ma‘noda byudjet tizimi mamlakat ma‘muriy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona tizimni tashkil qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar yig‗indisidan iborat. O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllanti rish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan ―O‗zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat53: 1. Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi – byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‗lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi. 2. Byudjet tizimining O‗zbekiston Respublikasi ma‘muriy hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi – byudjet tizimi O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‗lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‗z byudjetiga ega bo‗lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo‗g‗inini tashkil qiladi. 3. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‗zaro bog‗liqligi prinsipi – byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni 52 O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2-bob, 6-modda. 53 O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, I-bo‗lim, 2-bob, 7-17-moddalar. 76qoplash manbalari yig‗indisining hajmiga muvofiq bo‗lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo‗lishini, shu bilan birga byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya‘ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag‗lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta‘minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. 4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga ko‗ra byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq daromadlar ularning aniq manbalari bo‗yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‗nalishlar bo‗yicha rejalashtiriladi. 5. Byudjet tizimi byudjetlari mablag‗laridan foydalanish ning aniq yo‗naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi byudjet tizimi byudjetlarining mablag‗lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗larini oluvchilarga ushbu mablag‗lardan aniq belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko‗zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 6. Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi har bir byudjet o‗z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo‗nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma‘lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko‗rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo‗yilganligi bilan izohlanadi. 7. Byudjet tizimi byudjetlari mablag‗laridan foydalanish Download 90.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling