O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti "Moliya" kafedrasi
Download 90.21 Kb.
|
kurs ishi
ning natijadorligi prinsipi byudjet jarayoni ishtirokchilari
byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o‗zlariga berilgan vakolatlar doirasida o‗z byudjetlarining belgilangan 77hajmdagi mablag‗laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip ―natijaga yo‗naltirilgan byudjetlashtirish‖ talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo‗lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash maqsadida xarajat larning natijaviylikka yo‗naltirilganligi bilan izohlanadi. 8. Kassaning yagonaligi prinsipi byudjet tizimi byudjet larining barcha daromadlari Moliya vazirligi G‗aznachiligining Yagona g‗azna hisobvarag‗iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to‗lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag‗larining hajmi va harakati to‗g‗risida tezkor axborotlarga ega bo‗lish, byudjet mablag‗larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi. 9. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o‗z harakatlari uchun javobgar bo‗lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko‗pchilik a‘zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag‗lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma‘muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi. 10. Ochiqlik prinsipi davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarini ko‗rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to‗g‗risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e‘lon qilinishini, byudjet ijrosining borishi to‗g‗risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida davriy ravishda chop etib 78borilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‗zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‗mda amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasining yuqorida ta‘riflangan davlat byudjeti tuzilmasi O‗zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo‗lib xizmat qiladi. Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo‗g‗ini hisoblanadi. Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi. Respublika byudjeti davlat byudjetining umum davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‗lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar sarfi yo‗na lishlari va miqdori nazarda tutiladi. O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida Respublika byudjeti daromadlari o‗rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti hisobiga to‗g‗ri keladi Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‗iston Respub likasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e‘tirof etiladi. Ularning tarkibiga o‗z navbatida, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi. O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35- moddasiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi: Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasiga qarashli bo‗lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi; viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud jeti, viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi; Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‗ljallangan xarajat yo‗nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Download 90.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling