3-ilova.
YAlpi talab va yalpi taklif mavzusi bo`yicha konspekt
1. YAlpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta‘sir qiluvchi omillar.
2. YAlpi taklif tushunchasi. YAlpi taklif tarkibi va unga ta‘sir qiluvchi omillar.
3. YAlpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi nisbat va uning o`zgarishi.
1. YAlpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta‟sir qiluvchi omillar.
YAlpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste‘molchilar, ya‘ni aholi,
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin
bo`lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo`lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy
iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
YAlpi talab barcha iste‘molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo`lgan
talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo`ladi: aholi iste‘mol
qiladigan iste‘mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qiladigan
ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida yer
ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda yer oldi-sotdi ob‘ekti bo`lmagani
uchun uni bu yerda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o`rinlarda omillarga
talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi). Talabning
umumiy miqdori, ya‘ni shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo`ljallangan pul miqdori
ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog`liq bo`ladi. Uni quyidagi chizmada
osonroq tushunish mumkin bo`ladi (1-chizma).
4-ilova
YAlpi talab (AD) – ma‘lum davr va sharoitlarda yakuniy tovarlarga mamlakat
bozorlaridagi umumiy talab yig`indisi
YAlpi taklif (AS) – narxlarning turli belgilangan darajasida firmalar va uy xo`jaliklari
bozorga taqdim etishga tayyor bo`lgan ne‘mat va xizmatlarning umumiy
5-ilova.
YAlpi talab mazmunan YAMMga yaqindir
U yoki buning miqdorini narxlarning ma‘lum darajasida Fisher formulasidan
foydalangan holda xaridorlarning xarajatlari sifatida ifodalash mumkin:
MV q PQ,
bunda M – mamlakatning pul miqdori
V –pullarning aylanish tezligi
R - tovarlarning o`rtacha narx darajasi
Q – mamlakat bozorlaridagi tovar miqdori
MV ko`paytma yalpi
talabni, PQ –ko`paytma
esa yalpi milliy
mahsulotni belgilash
imkonini beradi
181
Do'stlaringiz bilan baham: |