O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi 
26. Talabaning fan bo‗yicha nazorat turlarida to‗plagan ballari semestr yakunida reyting 
qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining ―O‗quv rejasida 
ajratilgan soat‖ ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklama soatlari, 
―Fandan olingan baho‖ ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o‗zlashtirishi qo‗yiladi. 
Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd 
etilmaydi. 
27. Har bir fan bo‗yicha o‗tkaziladigan nazorat turlarining natijalari 
guruh jurnali
hamda 
qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o‗zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‗tkazilgan 
bo‗lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e‘tiboriga yetkaziladi. 
28. Yakuniy nazorat natijalariga ko‗ra 
fan o‗qituvchisi
talabalarning fan bo‗yicha 
reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to‗ldiradi. 
29. Talabaning reytingi uning bilimi, ko‗nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. 
Talabaning semestr (kurs) bo‗yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to‗plangan reyting 
ballari yig‗indisi orqali aniqlanadi.
30. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o‗quv yili yakunlangandan so‗ng e‘lon 
qilinadi. 
31. 
Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar 
bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichi hisobga olinadi. 
Diplom ilovasi yoki akademik ma‘lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda fan 
bir necha semestr davom etgan bo‗lsa, reytinglar yig‗indisi olinadi. 
32. 
Talabalarning nazorat turlari bo‗yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va 
o‗quv-metodik bo‗linmalarda kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib 
boriladi. 
33. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig‗ilishlari, fakultet va oliy ta‘lim 
muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli 
qarorlar qabul qilinadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling