O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Ball 
Baho 
Talabaning bilim darajasini ifodalovchi holatlar 
86 -100 
A‘lo 
-o‗tilgan mavzular bo‗yicha to‗liq va yetarli darajada nazariy hamda 
amaliy bilimlarga ega ekanligini namoyish eta olishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha to‗g‗ri xulosa va qarorlar qabul 
qilishi;
-muammolarni hal etishga ijodiy yondasha olishi;
-mustaqil fikrlashi va mushohada yuritishi;
-fanning mohiyatini aniq tushunish orqali uning asosiy qoidalarini to‗liq 
bayon eta olishi;
-mamlakatimizda 
ro‗y 
berayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‗zgarishlar 
to‗g‗risida to‗liq tasavvurga ega bo‗lishi va h.k. 
71 -85 
Yaxshi 
-o‗tilgan mavzular bo‗yicha deyarli to‗liq darajada nazariy hamda amaliy 
bilimlarga ega ekanligini namoyish eta olishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha ma‘lum darajada xulosa va 
qarorlar qabul qilishi;
-mustaqil fikrlashi va mushohada yuritishga harakat qilishi;
-fanning mohiyatini aniq tushunish orqali uning asosiy qoidalarini 
ma‘lum darajada bayon eta olishi va h.k. 
55 – 70 
Qoniqarli 
-o‗tilgan mavzular bo‗yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni qisman 
o‗zlashtirishi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha qabul qilingan xulosa va 
qarorlarning to‗liq va aniq emasligi;
-fanning mohiyatini tushunish orqali uning asosiy qoidalarini qisman 
bayon etishi va h.k. 
0 - 54 
Qoniqarsiz 
-o‗tilgan mavzular bo‗yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni 
o‗zlashtirishning past darajasi;
-muhim topshiriq va masalalar bo‗yicha xulosa va qarorlarni qabul qila 
olmasligi;
-fanning mohiyatini tushunmasligi hamda uning asosiy qoidalarini bayon 
eta olmasligi va h.k. 


219 
14. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fanlardan joriy va oraliq nazoratlar bo‗yicha 
aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e‘lon 
qilinadi. Jumladan, ―Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)‖ kafedrasidagi barcha fanlar 
bo‗yicha tayyorlangan oraliq nazorat savollari kafedraning 2010 yil 28 avgustdagi 1-majlis 
bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
15. Yakuniy baholashda yozma ishni o‗tkazish tartibi. 
Fanlar bo‗yicha yakuniy nazorat semestr oxirida yozma ish shaklida o‗tkaziladi. Yozma 
ish savollari va variantlari har o‗quv yilining boshida kafedra professor-o‗qituvchilari 
tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Jumladan, 
2009-2010 o‗quv yili uchun barcha fanlardan yakuniy baholash bo‗yicha yozma ish savollari 
va variantlari «Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)» kafedrasining 2010 yil 28 
avgustdagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Yozma ishning har bir varianti bo‗yicha qo‗yilgan savollarning mazmuni, qamrov 
darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan 
tasdiqlanadi. Yozma ishni o‗tkazish asosan har bir semestrning so‗nggi o‗quv haftasiga 
mo‗ljallangan bo‗lib, u belgilangan haftalardagi mazkur fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari 
chog‗ida o‗tkaziladi. Yozma ish variantida 5 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi. 
Yozma ishlarni baholash mezonlari yakuniy baholashga ajratilgan 30 balldan kelib chiqqan 
holda ishlab chiqiladi, ya‘ni har bir savolga maksimum 6 balldan to‗g‗ri keladi. Yozma ish 
o‗tkazilgandan keyin ikki kun davomida professor-o‗qituvchilar uni tekshirib baholaydilar. 
Yozma ish hajmi talabaning fan bo‗yicha tasavvuri, bilimi, amaliy ko‗nikmasini baholash 
uchun yetarli bo‗lishi zarur. Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‗yicha saralash 
balidan yuqori ball to‗plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‗plangan ballarga 
qo‗shiladi. Aks holda talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichi faqat joriy va oraliq 
nazoratlarining ballari yig‗indisidan iborat bo‗ladi.
Fanlar bo‗yicha talabalarning yozma ishlari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi. 
16. Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar 
jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda 
baholanadi. 
17. Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R

=
100
'
O
V

bu yerda:
V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda); 
'
 – fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda).
18. Fan bo‗yicha joriy, oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash 
ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo‗yicha 55 va undan yuqori ballni to‗plagan talaba fanni 
o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‗l 
qo‗yiladi.
19. Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat 
turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling