O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 – ilova.  Ish tartibi va reglament


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

2 – ilova. 
Ish tartibi va reglament 
1. Muammoni yechish va prezentatsiya varog`ini yozish uchun guruhda ishlashga - 20 min. 
2. Muammo yechimini prezentatsiya qilish – 8 min. gacha. 
3. Jamoa bo`lib muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish - 10 min. gacha. 
4. O`zaro baholash – 1 min. 
3 – ilova. 
Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari 
Har bir guruh boshqa guruhlar taqdimotni baholaydi, mezonlar bo`yicha ballarni jamlaydi. 
Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari 
Maksimal 
ball 

guruh 

guruh 

guruh 
Echimlar: 
1,2 
- muammoni va quyi muammoni to`g`ri 
shakllantirish; 
0,4 
- yechimni muammo va quyi muammo shakliga 
mos kelishi; 
0,4 
- mantiqiylik, aniqlik, xulosalarni qisqaligi. 
0,4 


215 
Taqdimot: 
1,4 
- javoblarni aniqligi va tushunarliligi
1,0 
- har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar, 
qo`shimchalar). 
0,4 
Reglament 
0,4 
Umumiy ballar yig`indisi 
3,0 
Guruh ishini umumlashtiruvchi baho 
Guruh 



Umumiy ball 
Baho 
(umuiy ball 2 ga bo`linadi) 
2,2 -3 ball – «a‘lo» 
1,2 - 2 ball – «yaxshi» 
0,5 – 1,1 ball – «qon-li» 
0-0,5 ball – «yomon» 
1. 

2. 

3. 

 


216 
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN 
 REYTING TIZIMI  
I.Umumiy qoidalar 
1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning yangi sifat bosqichida oliy 
ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy 
etishdan maqsad mamlakatimizda ta‘lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh yuqori 
malakali mutaxassislarni tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‗zlashtirishida 
bo‗shliqlar hosil bo‗lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iboratdir. Oliy 
o‗quv yurtlarida talabalarning bilim darajasi asosan reyting tizimi bo‗yicha baholanadi. 
Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash – talabaning butun o‗qish jarayoni 
davomida o‗z bilimini oshirishi uchun muntazam ishlashi hamda o‗z ijodiy faoliyatini 
takomillashtirishini rag‗batlantirishga qaratilgan. Reyting tizimi mamlakatimizda yuqori 
malakali mutaxassislar tayyorlashning sifat ko‗rsatkichlarining jahon andozalari hamda 
xalqaro mezonlarga muvofiqligini ta‘minlashga qaratilgan.
Kafedrada o‗qitiladigan fanlar bo‗yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko‗rsatma 
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‗g‗risida‖gi qonunlari va O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim 
vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Oliy ta‘lim 
muassalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risida‖gi 
Nizom (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta-maxsus ta‘lim vazirligining 2010 yil 25 
avgustdagi 333-sonli buyrug‗i bilan o‗zgartirish kiritilgan), fanning Namunaviy o‗quv dasturi 
hamda Ishchi o‗quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu uslubiy ko‗rsatma fanlardan 
talabalar bilimini baholashda, shuningdek talabalar uchun ham mazkur fanni o‗zlashtirish 
jarayonida qanday ballar to‗plash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‗lishda muhim o‗rin 
tutadi. 
2. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimi quyidagi vazifalarning 
bajarilishini ko‗zda tutadi: 
a) talabalarda Davlat ta‘lim 
standartlariga 
muvofiq tegishli bilim, ko‗nikma va 
malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 
b) talabalar bilimi, ko‗nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat 
ta‘lim 
standartlariga 
asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda 
baholashni ta‘minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda 
o‗zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; 
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari 
manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; 
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum 
qilish; 
ye) talabalarning fanlar bo‗yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta‘minlash; 
yo) o‗quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish. 
3. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari 
va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi 
4. Nazorat turlari, uni o‗tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy 
ta‘lim muassasasining (fakultet) o‗quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi 
hamda har bir fanning ishchi o‗quv dasturida mashg‗ulot turlari bilan birgalikda ko‗rsatiladi.
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan 
maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi 
ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga e‘lon qilinadi. 
6. Talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining Davlat ta‘lim standartlariga 
muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‗tkazish nazarda tutiladi:


217 
1) joriy nazorat – (JN); 
2) oraliq nazorat – (ON); 
3) yakuniy nazorat – (YaN); 
Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy ko‗nikma darajasini 
aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, 
laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlarida og‗zaki so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi
kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‗tkazilishi mumkin. 
Talabaning bilim darajasi, eng avvalo, uning auditoriyada dars o‗tish jarayonidagi faolligi, 
o‗tilgan mavzularni o‗zlashtirish darajasi orqali quyidagicha aniqlanadi: 
1) ma‘ruzani sifatli konspektlashtirish darajasi, tinglash, o‗qituvchi tomonidan tashkil 
etilgan mavzuga oid bahs va munozaralarda faol ishtirok etish; 
2) amaliy (seminar) mashg‗ulotlarni konspektlashtirish darajasi, unga tayyorgarlik 
ko‗rish, misol, masala, test, keys-stadi va boshqalarni ishlab chiqishda faol qatnashish va h.k. 
Barcha fanlardan talabaning semestr davomida o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik 
tizimda baholanadi. Shundan JNga jami ballning 40%, ya‘ni 40 ball ajratilgan. JN tarkibiga 
talabalarning ma‘ruza, amaliy va seminar darslariga faol qatnashishlari, uy vazifalarini 
bajarishlari, misollar, masalalar, yozma ish, nazorat ishlari, test va keys-stadilarni yechishlari 
hamda mustaqil ishlar (referat, Prezident I.A.Karimov asarlari, shuningdek iqtisodiyotga oid 
O‗zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me‘yoriy hujjatlarni konspekt qilish hamda 
fanning ayrim mavzularini mustaqil o‗rganish) bo‗yicha topshiriqlarni bajarishlari natijasida 
to‗plagan ballari kiradi. Talabalarning fanni o‗zlashtirishlari bo‗yicha nazorat turlari ichida 
―oraliq nazorat‖ (ON) muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling