O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

GLOSSARIY
 
Bozor - bu sotuvchilar va haridorlar o‗rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo‗yicha 
erkin munosabatlar tizimidir. 
Ehtiyoj – insonni, korxonani faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan 
barcha narsalar. Ehtiyoj – bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shug‗ullanishiga undaydigan 
ichki kuch. 
Iqtisodiy ne‟mat – ehtiyojni qondirish vositasi. Ne‘matlar cheklangan va cheklanmagan 
bo‗lishi mumkin. Cheklangan ne‘matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, 
kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). Cheklangan ne‘matlar iqtisodiy ne‘matlarni 
tashkil qiladi. Cheklanmagan ne‘matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin. 
Ne‟matlar noyobligi deganda - iqtisodiy sub‘yektlardagi mavjud ne‘matlar 
zahirasining shu ne‘matlarga ehtiyoj sezgan haridorlarning talablarini yetarli darajada qondira 
olmasligi tushuniladi. 
Bir-birini o„rnini bosuvchi ne‟matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne‘matlardir. 
Masalan, shaxsning go‗sht mahsulotiga bo‗lgan ehtiyojini mol go‗shti, qo‗y go‗shti yoki 
parranda go‗shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri 
narxining oshishi, boshqasiga bo‗lgan talabning oshishiga olib keladi. 
O„zaro bir – birini to„ldiruvchi ne‟matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish 
ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne‘matlar. To‗ldiruvchi ne‘matlardan biriga talab 
oshsa, qolganlariga ham talab oshadi. 
Ne‟matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma‘lum vaqt oralig‗ida 
chegaralanganligidir. 
Cheklangan ne‘matlarni iqtisodiy sub‘yektlar o‗rtasida ratsional taqsimlashni amalga 
oshirish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:
Nima ishlab chiqarish kerak?
Qanday ishlab chiqarish kerak?
Kimga ishlab chiqarish kerak? 
Naflilik – iqtisodiy ne‘matlar orqali shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne‘mat inson 
ehtiyojini qancha to‗laroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori bo‗ladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling