O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

harakatchan, to`plangan talab. Tovarga bo`lgan talab ko`plab omillar, masalan, reklamadan 
foydalanish, moda va didlar, afzal ko`rish, atrof-muhit, tovarlarni qo`lga kiritish imkoniyati
daromad miqdori, naflilik, o`zaro o`rinbosar tovarlar narxi, aholi 0 TD-0.01soni, kelgusidagi 
narxlarning o`zgarishi va boshqalarning ta‘sirida o`zgarishi mumkin. Shunga ko`ra, ekzogen 
va endogen talab farqlanadi.  
Talab egri chizig`i 
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o`rtasidagi teskari bog`liqlikni tasviriy aks ettiradi. 
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste‘molchi shu narxda sotib olishi mumkin 
bo`lgan tovar miqdorini ko`rsatadi. Narx va talab hajmining o`zgarishi o`rtasidagi teskari 
bog`liqlikni ko`rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig`i deyiladi. 
Agar talab egri chizig`i o`zining oldingi holatida qolsa va bunda u yoki bu tovarni sotib 
olishdagi har qanday miqdoriy o`zgarish talab miqdorining o`zgaruvchanligini bildiradi. 
Talab qonunining amal qilishi quyidagi sabablar orqali izohlanadi: 1) har qanday narx 
iste‘molchi uchun to`siq vazifasini o`taydi. Iste‘molchilar ma‘lum bir tovarni uning narxi past 
bo`lsa, ko`proq sotib ola boshlaydi. Iste‘molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi 
to`siq sifatida namoyon bo`ladi. Bu to`siq qancha yuqori bo`lsa, u shuncha kam tovar sotib 
oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste‘molchining xarid qilish istagini so`ndiradi, past 
narx esa bu istakni kuchaytiradi. Real iqtisodiy hayotda ba‘zan bu qoidaga zid bo`lgan, ya‘ni 
ayrim tovar narxining o`sishi bilan unga bo`lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham 
uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. 
Giffen kambag`al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste‘mol qilish 
kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko`rsatgan. 
Ma‘lum vaqt oralig`idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar 
tomonidan ma‘lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. 
Narx o`zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o`zgarishi sababli talab 
kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo`ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi 
hamda bozor taklifini ifodalovchi misol jadvalda ko`rsatilgan. Taklif narxlarning turli 
darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko`rsatadi. Narxning 
o`zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to`g`ri bog`liqlikdagi o`zgarishi taklif 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling