O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
– ilova. Ish tartibi va reglament
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
53a15c8a42dcb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – ilova. Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari
2 – ilova.
Ish tartibi va reglament 1. Muammoni yechish va prezentatsiya varog`ini yozish uchun guruhda ishlashga - 20 min. 2. Muammo yechimini prezentatsiya qilish – 8 min. gacha. 3. Jamoa bo`lib muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish - 10 min. gacha. 4. O`zaro baholash – 1 min. 3 – ilova. Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari Har bir guruh boshqa guruhlar taqdimotni baholaydi, mezonlar bo`yicha ballarni jamlaydi. Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari Maksimal ball 1 guruh 2 guruh 3 guruh Echimlar: 1,2 - muammoni va quyi muammoni to`g`ri shakllantirish; 0,4 - yechimni muammo va quyi muammo shakliga mos kelishi; 0,4 - mantiqiylik, aniqlik, xulosalarni qisqaligi. 0,4 215 Taqdimot: 1,4 - javoblarni aniqligi va tushunarliligi; 1,0 - har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar, qo`shimchalar). 0,4 Reglament 0,4 Umumiy ballar yig`indisi 3,0 Guruh ishini umumlashtiruvchi baho Guruh 1 2 3 Umumiy ball Baho (umuiy ball 2 ga bo`linadi) 2,2 -3 ball – «a‘lo» 1,2 - 2 ball – «yaxshi» 0,5 – 1,1 ball – «qon-li» 0-0,5 ball – «yomon» 1. - 2. - 3. - 216 IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN REYTING TIZIMI I.Umumiy qoidalar 1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning yangi sifat bosqichida oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishdan maqsad mamlakatimizda ta‘lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‗zlashtirishida bo‗shliqlar hosil bo‗lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iboratdir. Oliy o‗quv yurtlarida talabalarning bilim darajasi asosan reyting tizimi bo‗yicha baholanadi. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash – talabaning butun o‗qish jarayoni davomida o‗z bilimini oshirishi uchun muntazam ishlashi hamda o‗z ijodiy faoliyatini takomillashtirishini rag‗batlantirishga qaratilgan. Reyting tizimi mamlakatimizda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning sifat ko‗rsatkichlarining jahon andozalari hamda xalqaro mezonlarga muvofiqligini ta‘minlashga qaratilgan. Kafedrada o‗qitiladigan fanlar bo‗yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko‗rsatma O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi qonunlari va O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Oliy ta‘lim muassalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risida‖gi Nizom (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta-maxsus ta‘lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug‗i bilan o‗zgartirish kiritilgan), fanning Namunaviy o‗quv dasturi hamda Ishchi o‗quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu uslubiy ko‗rsatma fanlardan talabalar bilimini baholashda, shuningdek talabalar uchun ham mazkur fanni o‗zlashtirish jarayonida qanday ballar to‗plash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‗lishda muhim o‗rin tutadi. 2. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimi quyidagi vazifalarning bajarilishini ko‗zda tutadi: a) talabalarda Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‗nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; b) talabalar bilimi, ko‗nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta‘minlash; v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‗zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; g) talabalarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum qilish; ye) talabalarning fanlar bo‗yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta‘minlash; yo) o‗quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish. 3. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi 4. Nazorat turlari, uni o‗tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta‘lim muassasasining (fakultet) o‗quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‗quv dasturida mashg‗ulot turlari bilan birgalikda ko‗rsatiladi. 5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga e‘lon qilinadi. 6. Talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining Davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‗tkazish nazarda tutiladi: 217 1) joriy nazorat – (JN); 2) oraliq nazorat – (ON); 3) yakuniy nazorat – (YaN); Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlarida og‗zaki so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‗tkazilishi mumkin. Talabaning bilim darajasi, eng avvalo, uning auditoriyada dars o‗tish jarayonidagi faolligi, o‗tilgan mavzularni o‗zlashtirish darajasi orqali quyidagicha aniqlanadi: 1) ma‘ruzani sifatli konspektlashtirish darajasi, tinglash, o‗qituvchi tomonidan tashkil etilgan mavzuga oid bahs va munozaralarda faol ishtirok etish; 2) amaliy (seminar) mashg‗ulotlarni konspektlashtirish darajasi, unga tayyorgarlik ko‗rish, misol, masala, test, keys-stadi va boshqalarni ishlab chiqishda faol qatnashish va h.k. Barcha fanlardan talabaning semestr davomida o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan JNga jami ballning 40%, ya‘ni 40 ball ajratilgan. JN tarkibiga talabalarning ma‘ruza, amaliy va seminar darslariga faol qatnashishlari, uy vazifalarini bajarishlari, misollar, masalalar, yozma ish, nazorat ishlari, test va keys-stadilarni yechishlari hamda mustaqil ishlar (referat, Prezident I.A.Karimov asarlari, shuningdek iqtisodiyotga oid O‗zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me‘yoriy hujjatlarni konspekt qilish hamda fanning ayrim mavzularini mustaqil o‗rganish) bo‗yicha topshiriqlarni bajarishlari natijasida to‗plagan ballari kiradi. Talabalarning fanni o‗zlashtirishlari bo‗yicha nazorat turlari ichida ―oraliq nazorat‖ (ON) muhim ahamiyat kasb etadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling