O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Oraliq nazorat (ON) semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanning bir necha 
mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy 
ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. 
Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki 
martadan ko‗p o‗tkazilmasligi lozim) 
va shakli (yozma, og‗zaki, test va hokazo) o‗quv faniga 
ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi. ONda 
talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati 
aniqlanadi. ONga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratish tavsiya etiladi. ON yozma ish, 
nazorat ishi, test, og‗zaki savol-javob va boshqa ko‗rinishlarda o‗tkazilishi mumkin.
Har bir professor-o‗qituvchi o‗zining ixtiyoridan kelib chiqqan holda ONni yuqorida 
keltirilgan ko‗rinishlaridan birini tanlab oladi. Oraliq nazoratni yozma ish shaklida 
o‗tkazilganda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzib olinadi. Oraliq nazorat test shaklida 
o‗tkazilsa, u holda 10 ta test savolidan kam bo‗lmagan variantlar tuziladi. Agar oraliq nazorat 
og‗zaki savol-javob tarzida o‗tkazilsa, u holda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzilib, 
ular asosida talabaning bilimi baholanadi. Fan bo‗yicha bir semestr davomida ikki marta ON 
o‗tkazish rejalashtirilgan. Har bir oraliq nazorat bo‗yicha talabaning bilimini 15 balldan, jami 
30 ballga qadar baholash mumkin. ONlar TDShIda ishlab chiqilgan kalendar tematik rejaga 
muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorati jadvallari asosida o‗tkaziladi.
Har bir professor-o‗qituvchi belgilangan kunlarda oraliq nazoratni o‗tkazib, 
talabalarning olgan ballarini tegishli guruh jurnaliga, kafedra va dekanatdagi oraliq 
nazoratlarni qayd qilish jurnallariga yozib qo‗yishlari shart.
Yakuniy nazorat (YaN) odatda semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy bilim va 
amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy 
nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan ―Yozma ish‖ shaklida o‗tkaziladi. 
Yakuniy baholashga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratilgan.
7. Oraliq nazoratni o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya 
ishtirokida davriy ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda
oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta 
o‗tkaziladi. 
8. Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi 
rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‗tkazish jarayoni davriy 


218 
ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat 
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o‗tkaziladi. 
9. O‗quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko‗ra talabalarni keyingi 
kursga o‗tkazish to‗g‗risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Fan bo‗yicha talabaning JN, ON va YaNdagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi har bir semestr 
yakunida dekanatlar tomonidan beriladigan maxsus qaydnomalarga kiritilishi va ularning 
natijalari kafedra majlisida tahlil qilib borilishi lozim.
III. Baholash tartibi va mezonlari 
10. Talabalarning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting 
tizimi asosida talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 
11. Har bir fan bo‗yicha talabaning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 
ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 30 ball; 
joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball
(fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball 
kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
12. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-
grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‗yicha yakuniy davlat attestatsiyasi
bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik 
ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda 
baholanadi. 
13. Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichini nazorat qilishda quyidagi 
namunaviy mezonlar (keyingi o‗rinlarda namunaviy mezonalar deb yuritiladi) tavsiya etiladi: 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling