O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Raqobat, Tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat, Raqobat shakllari
Raqobat usullari, Narx, Ulgurji narxlar, Chakana narxlar, Dotatsiyalashgan narx, Demping 
narx, Nufuzli narx, Narx diapazoni.
Asosiy savollar 
1. Raqobatning mohiyati, ob‘ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari. 
2. Raqobatning shakllari va usullari. 
3. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari. 
4. O‗zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi 
qonunchilik 
1.Raqobatning mohiyati, ob‟ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim belgisi, 
rivojlantirish usuli hisoblanadi. 
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini 
talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‗rtasidagi raqobat tovarlarni 
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustarkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab 
chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham 
kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste‘molchilar uchun 
kurashdir. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, 
ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va 
resurslarni yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, 
iqtisodiyot to‗liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‗ladi. 
Raqobat iste‘molchilar o‗rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon 
baholarda sotib olishga xarakat qiladilar, ya‘ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga 
ko‗proq naflilikka ega bo‗lishga xarakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish 
uchun kurashadi. 
Shunday qilib, raqobat ko‗p qirhali iqtisodiy rodisa bo‗lib, u bozorning barcha 
sub‘ektlari o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. 
Raqobat-bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashishidan iborat bo‗lib, ular 
o‗rtasidagi yuqori foyda va ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashni anglatadi. Bunda 
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‗proq foyda 
olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish 
doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi 
manbalari uchun ular orasida kurash boradi. 
O‗z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‗m xarajati evaziga 
ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va 
xizmatlarga ega bo‗lishga xarakat qiladi. 
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‗rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin 
va mustaqil bo‗lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining 
o‗z manfaati bo‗lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab 
chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‗ysundirilgan bo‗ladi. Bu 
jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub‘ektlar manfaatlarining 
to‗qnashuvidan iborat bo‗lishini aniq xarakterlaydi. Raqobat mavjud bo‗lishining boshqa 
sharti tovar-pul munosabatlarining ma‘lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal 
qilishidir. 


45 
Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub‘ektlarning 
alohidalashgan manfaatlari to‗qnashadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling