O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3.Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari. 
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‗lishi sababli, u mavjud mahsulot 
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukumronlik shakllanadi.


46 
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning 
sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, 
taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
Monopoliyaning mavjud bo‗lish tarmoqqa kirish uchun to‗siqlarning mavjud 
bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‗siqlar yangi 
raqobatshchilarning tarmoqqa kirishiga yo‗l qo‗ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‗siqlar har 
xil ko‗rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
a) Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to‗siqlar, shu jumladan, moliyaviy 
to‗siqlar ko‗p holatlarda shunchalik katta bo‗ladiki bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan 
bahobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi 
texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib olishga juda katta pul-kapitali talab qiladi. 
b) Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to‗siqlar. Buning mazmuni shundan 
iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‗lmaydi, uni amalga oshirish mumkin 
emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. 
Tabiiy monopoliyalarga elektr, gaz, suv ta‘minoti va aloqa korxonalari misol bo‗la oladi. 
Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o‗z huquqini saqlab qoladi. Agar 
tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‗lsa, bunday ijtimoiy foydalanishdagi 
korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi. 
v) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to‗siqlar. Davlat patent va litsenziyalar berib 
tarmoqqa kirish uchun qonuniy to‗siqlar ham yaratadi. Patentlar tadqiqotchiga mahsulotini 
to‗liq nazorat qilish huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‗ullanish 
davlat tomonidan litsenziya berish yo‗li bilan sheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida 
radio va televizion eshittirishlarga tegishli vazirlik (markama) litsenziya beradi.
g) Xom-ashyoning muhim turlariga, xususiy mulkchilik monopoliyalar tomonidan 
potensial raqobatchilar uchun samarali to‗siq yaratish vositasi sifatida foydalanishi mumkin.
d) g‗irrom raqobat. Firmalar o‗z haqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona 
va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va 
kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‗dirib olish, bahoni keskin 
tushirish g‗irrom raqobatning oddiy usullaridir. 
Monopolistik raqobat erkin raqobat va oligopoliya o‗rtasida joylashishi sababli
ularning belgilarini ifoda etadi. 
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‗p bo‗lmagan korxonalarning mavjud bo‗lishi va 
hukumronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. qaysi tovarlar va xizmatlar 
bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik 
tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. 
Ko‗pchilik sanoat mahsulotlari: po‗lat, mis, alyuminiy, qo‗rg‗oshin, temir va shu kabilar - 
fizik ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. 
Iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari 
va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‗rtasidagi raqobat o‗zaro bog‗liq bo‗ladi. 
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‗zining baho siyosatini mustaqil o‗zgartirishga 
botina olmaydi.
Uncha ko‗p bo‗lmagan firmalarning umumiy o‗zaro bog‗liqlikda joylashishi 
yashirincha kelishishga qulaylik tug‗diradi. YAshirincha kelishish baholarni qayd qilish, 
bozorni bo‗lish yoki taqsimlash va boshqacha yo‗llar bilan o‗zlari o‗rtasidagi raqobatni 
cheklashdan iborat. YAshirincha kelishish bir qator shakllarda bo‗lishi mumkin. Uning eng 
oddiy shakli kartel bitimi hisoblanadi. Kartel bitimiga kirgan firmalar narxlar va ishlab 
chiqarish hajmini kelishib oladi. Kelishilgan narxni ushlab turish mumkin bo‗lishi uchun 
ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya‘ni bozorlar bo‗lingan bo‗lishi zarur. 


47 
Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham o‗z o‗rnini tutadigan 
norasmiy vosita hisoblanadi. Bunda tarmoqdagi katta yoki ancha samarali firma narxni 
o‗zgartirishi, boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi mumkin. 
Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o‗rin beradi, chunki birinchidan
raqobatchilarga reklama va mahsulotni o‗zgartirish ancha murakkab, ikkinchidan, 
oligopolistlar kamdan-kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy 
resurslarga ega bo‗ladi. 
Biz qarab chiqqan raqobatning to‗rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-
alohida, ya‘ni sof holda ushhamaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‗rganish, cheksiz ko‗p 
har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini 
ko‗rsatadi. 
Shu sababli erkin raqobatli bozorning xaraqterli belgilari bilan, erkin monopoliya, 
monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o‗rtasidagi farqlarni ko‗rsatib berish 
foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozorning keyingi uchta modelini 
bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat, degan umumiy nomdan 
foydalaniladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish bizga nisbatan ancha oldin boshlangan mamlakatlarda 
raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oladigan jarayon 
ekanligini ko‗rsatadi. 
Agar g‗arb mamlakatlari iqtisodiyotida raqobat bozor xo‗jaligining ajralmas qismi 
(xususiyati) sifatida tabiiy paydo bo‗lsa, o‗nlab yillar davomida ma‘muriy buyruqbozlik 
tartibi hukmron bo‗lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan 
mamlakatlarda ko‗p narsani ―joriy qilish‖ va hatto majburan qabul qilishga to‗g‗ri keladi. Shu 
munosabat 
bilan 
iqtisodiyotimizning 
hozirgi 
holatida 
raqobat 
munosabatlarini 
rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‗ynaydi. 
Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali hakaqat qila olmasligiga ishonch 
shakllandi. Bu ishonch ta‘sirida yaqin vaqtlargacha sobiq sotsializmda nima ―mumkin‖, nima 
―mumkin emas‖ligini aniqlovshi g‗oyaviy qarashlar yemirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada 
raqobatni davlat tomonidan rag‗batlantirish va tartibga solishning keng rejali harakatlari 
kuzatilmoqda. Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda 
muhim qadamlar qo‗yilmoqda. 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz 
raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o‗z 
tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlarinikiga nisbatan 
pasaytirishi hisoblanadi. 
Uning asosiy va eng ko‗p qo‗llaniladigan ko‗rinishi - ―narxlar jangi‖ deb ataladiki
bunda yirik ishlab chiqaruvchilar haqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-
vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‗llash uchun ishlab chiqaruvchi 
boshqa haqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni 
yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‗ladi. Faqat shundagina uning 
tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‗lib, mazkur tovar narxini tushurish 
imkoniyatini beradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo‗llashdir. Bunda 
milliy ishlab chiqaruvchilar o‗zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi 
narxlardan, ayrim xollarda tannarxidan ham past bo‗lgan narxlar bo‗yicha chiqaradi. 
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi 
ortiqcha mahsulotni yo‗qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‗zlarining iqtisodiy 
mavqeini mustarkamlashga xaraqat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma 
qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‗shib berish, muayyan hollarda 
imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 


48 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda baho yordamida raqobat 
qilish o‗z o‗rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‗z mahsulotiga narxni 
pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda 
firmalarning mavqeini o‗zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‗yicha foydani kamaytiradi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili 
tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‗rsatish, ishlab chiqaruvchi 
firmaning obro‗-e‘tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‗lishi 
mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste‘mol xususiyatlarining 
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‗y berishi kerak. Hozirgi davrda bir 
turdagi mahsulotlarning ko‗payishi ularning sotishni rag‗batlantiruvchi reklama, tovar 
belgilari va fabrika murrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste‘molchilik bozorida 
qo‗shimcha xizmat ko‗rsatish orqali xaridorlarni o‗ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda 
tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‗lishi, lekin turli-tuman 
iste‘mol xossalariga ega bo‗lishi mumkin. 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‗lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini 
kreditga sotish usulidan foydalanib haqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar 
narxining faqat bir qismi to‗lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq 
muddatlarda to‗lanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng 
yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga 
aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish 
maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan 
keyingi xizmat ko‗rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi 
firma, o‗z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‗rnatadi, korxona xodimlarini ulardan 
foydalanishga o‗rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta‘mir ishlarini 
bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o‗lchamlarini buyurtmachi 
ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ishida marketing muhim ahamiyatga ega bo‗lib, u mahsulot 
ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‗rgangan va iste‘molchilar ehtiyojlarini to‗laroq qondira 
oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‗zgartirish uchun o‗zlarining ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli 
iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligisha qolaveradi. 
Shunday qilib, monopoliyalar hukumron bo‗lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim 
o‗rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish
iste‘molchilarga xizmat ko‗rsatishni yaxshilash yo‗li bilan sotiladigan tovar hajmini 
ko‗paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kushli bo‗lganligi sababli 
masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jirozlash va reklamaga zarur bo‗lgan mablag‗ni 
sarflay oladilar. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling