O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


O„zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

4.O„zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi
va monopoliyaga qarshi qonunchilik 
Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‗lishini taqozo qiladi. Bu 
shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‗lishi mumkin. Shunday 
ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini 
bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr 
davomida, o‗z-o‗zidan, evolyutsion yo‗l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat 
muhitini keltirib chiqargan. 


49 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, 
shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa 
davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‗z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq 
vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu 
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‗lganda qaytadan 
tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning 
xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi 
qabul qilingan qonunda («Sherman qonuni») o‗z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi 
qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan chora- tadbirlar boshqa 
mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Buyruqli iqtisodiyotdan 
bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‗lom 
raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub‘ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni 
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. O‗zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini 
shakllantirishga 
qaratilgan 
siyosatida 
xususiylashtirish, 
davlat 
mulki 
hisobidan 
mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‗rin tutadi. Xususiylashtirish 
natijasida, birinchidan, mulk o‗z egalari qo‗liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‗p ukladli 
iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. 
Shunday qilib, O‗zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy 
yo‗li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‗jalik 
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor 
tizimiga o‗tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil 
erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‗lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning 
asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas‘uliyat asosida o‗z manfaatiga ega bo‗lgan va 
tadbirkorlik tarlikasini YAIMasiga oluvchi erkin xo‗jalik sub‘ektlarining mavjudligi, ularning 
bozor orqali aloqa qilishidir. 
O‗zbekistonda raqobatshilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I.Karimovning 
ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi 
ma‘ruzasida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‗jalik yurituvshi 
sub‘ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish yo‗lidagi mavjud to‗siqlarni bartaraf etishni anglatadi. Shuningdek 
Prezidentimizning Vazirlar Markamasida bo‗lib o‗tgan Majlislarda so‗zlagan nutqida (2000 
yil, fevhalida) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq 
yo‗nalishlari ko‗rsatilgan. Shu maqsadda O‗zbekistonda «Monopol faoliyatni sheklash 
to‗g‗risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatshilikni 
rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me‘yoriy rujjatlar ishlab shiqildi. Mazkur qonunga 
ko‗ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatshilarning 
bozorga kirib borishiga to‗sqinlik qilish, raqobatning g‗irrom usullarini qo‗llash man etiladi. 
qonunni buzuvshilar haqibiga yetkazgan zaharni qoplashlari, jarima to‗lashlari, g‗irromlik 
bilan olgan foydadan marrum etilishlari shart. Monopoliyaga qarshi faol shoralarni amalga 
oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro‗yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi 
korxonalar mahsuloti bo‗yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‗lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish 
uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‗tish davrining o‗ziga xos jihatlari 
hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab shiqargan muayyan 
mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35%idan ortiq bo‗lsa, bu korxona 
monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun 
bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan. 
Respublikada monopoliyalar ro‗yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi 
mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini 
ajratib ko‗rsatish lozim: 


50 
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini 
yoki rentabillikning shegarasini belgilab qo‗yish. 
2. O‗z monopol mavqeini suiiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‗lib 
tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Markamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 
sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob‘ektlarning xo‗jalik yurituvshi jamiyatlar va shirkatlar 
tarkibidan chiqish tartibi to‗g‗risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 
1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa 
jamoa korxonalar tarkibidan 14972 ob‘ekt shiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi. 
2000 yilda xususiylashtirilgan ob‘ektlar bazasida 154 oshiq turdagi aksionerlik 
jamiyatlari tashkil qilindi. 
O‗zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‗g‗risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‗irrom raqobatga, shu jumladan Respublika 
bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‗l 
qo‗ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e‘tibor beriladi. 
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‗li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga 
narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir 
asosiy ko‗rsatkichlarni belgilashni o‗z ishiga oladi. 
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo‗lmagan 
sektorni qo‗llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kishik va o‗rta biznesni 
rivojlantirishga ko‗maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatshilik muhitini shakllantirishga 
ko‗plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan, YUNIDO yordamida bir 
nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar 
markazini, Germaniya texnikaviy ko‗maklashuv jamiyati kichik va o‗rta biznesni qo‗llab-
quvvatlash markazini tashkil etdi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda 
amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. 
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan barcha 
mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‗p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, 
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. 
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islorotlarning eng asosiy yo‗nalishlaridan biri 
bo‗lib, islorotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‗p jihatdan shu muammoning ral 
etilishiga bog‗liq bo‗ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom - ashyo bilan mahsulot ayrim 
turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‗rtasida mutanosiblikka 
erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar 
quyidagi yo‗llar bilan erkinlashtiriladi: 
a) narxlarni birdaniga, yoki ―esankiratadigan‖ tarzda qo‗yib yuborish; b) narxlarni 
sun‘iy ravishda to‗xtatib qo‗yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni 
ma‘lum darajada saqlab qolish. 
Bozor munosabatlariga o‗tayotgan har bir mamlakat, shu yo‗llardan birini tanlashda 
ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy 
qismining moddiy arvoliga qanday darajada ta‘sir ko‗rsatishi, islor qilishning tanlab olingan 
yo‗liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish 
muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir 
qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning ―esankiratuvchi‖ yo‗lini tanlab oldi. 
Barcha turdagi xom - ashyo resurslari, iste‘mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo‗la 
erkin qo‗yib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga 
qashshoqlashuviga, ijtimoiy arvolning keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning 
pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‗jaligining izdan shiqishiga sabab bo‗ldi. 
O‗zbekistonda iqtisodiyotni islor qilishning o‗ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi 
vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va 
bosqishma-bosqish erkinlashtirish yo‗li tanlab olindi. Shu yo‗l bilan narxlarni 
erkinlashtirishning dastlabki bosqishida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab 
chiqarish-texnika vositasi bo‗lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste‘moli mollari, 


51 
bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‗tildi. Aholini rimoyalash 
maqsadida sheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining shegarasi 
belgilab qo‗yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi. 
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqishida (1993 yil) kelishilgan ulgurji 
narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‗xtatildi. qat‘iy belgilangan va davlat tomonidan 
tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‗rsatiladigan xizmatlarning soni 
ancha qisqardi. 
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqishida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq 
iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‗yib yuborildi, transport va kommunal 
xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni islor qilishning 
birinchi bosqishi narxlarni bosqishma-bosqish (ush bosqishda) to‗liq erkinlashtirish bilan 
tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonshli iqtisodiy va ijtimoiy rimoyalash tadbirlari 
bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‗armalar 
tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib 
borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Orolining muhtoj qismiga yordam ko‗rsatildi, 
imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling