O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ iqtisodiyot “ kafedrasi


Umumjahon savdo tashkiloti (UST)ni tashkil etilishi va uning GATTdan farqi


Download 24.05 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi24.05 Kb.
#189216
1   2   3   4
Bog'liq
Narbayev Jahongir

Umumjahon savdo tashkiloti (UST)ni tashkil etilishi va uning GATTdan farqi.

1995-yilning 1-yanvarida tashkil etilgan Jahon savdo tashkiloti Ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Savdo va soliqlar to‘g‘risidagi bosh bitimning davomchisi bo‘ldi.



1998-yilda Jenevada bosh bitimning oltin yubileyi nishonlandi. Bosh bitim 50 yil mobaynida xalqaro mahsulot ayriboshlashning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qildi. Tashkilot o‘zini oqladi. Ikkinchi jahon urushi yakunlangach, dunyo savdosi misli ko‘rilmagan tarzda oshdi. Mahsulot eksporti yiliga 6 foizga o‘sdi. Natijada xalqaro jamoatchilik turli darajadagi moliyaviy tashkilotlarning sa’y-harakati natijasida 1986–1994-yillar davomida olib borilgan Urugvay muzokaralari natijasida Butunjahon savdo tashkiloti tashkil topdi. Tashkilot ham iqtisodiy, ham turli ko‘rinishdagi savdo bitimlarini aks ettirgan huquqiy hujjatdir. 1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, aqliy mulk haqidagi bitim Butunjahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlari sanaladi.Savdo tashkilotining barcha bitimlari a’zo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan.

Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini ta’minlash, iqtisodiy o‘sish va insonlar farovonligini oshirishdir. Tashkilot ishtirokchi davlatlar ko‘p tomonlama qabul qilingan bitimlarga amal qilishini nazorat qilish, savdo muzokaralari o‘tkazish, savdo nizolarini tashkilot tamoyillariga asoslangan holda hal etish, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish va davlatlarnng milliy iqtisodiyotini tavsiflash orqali yuqorida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshiradi.Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus – umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror ko‘pchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan bo‘lsa-da, hozirda bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga binoan ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi.Vazirlar konferensiyasi bosh kengashni yo‘naltirib, bosh kengashni borayotgan ishlar borasida javobgar hisoblanadi va yig‘inlarini tashkilotning shtab-kvartirasi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir necha marta chaqiradi. Yig‘ilishlarda tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida ikkita maxsus organ nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shug‘ullanadigan organlar kiradi. Bundan tashqari, bosh kengash takibida savdo va rivojlanish bo‘yicha qo‘mita, savdo balansi borasida cheklovlar o‘rnatuvchi qo‘mita va budjet, moliya va ma’muriy masalalar bilan shug‘ullanadigan qo‘mita faoliyat yuritadi.

Bosh kengashdan quyi pog‘onada yana uchta kengash faoliyat yuritadi, bularga tovarlar savdosi bo‘yicha kengash, xizmatlar savdosi bo‘yicha kengash va aqliy mulk huquqi bo‘yicha kengash kiradi.

Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti qoshida ixtisoslashtirilgan qo‘mita va ishchi guruh faoliyat yuritadi. Bularning asosiy vazifasi atrof muhit himoyasi masalasi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi muammolarni o‘rganuvchi idora, tashkilotga a’zo bo‘lish istagidagi mamlakatlar bilan shug‘ullanuvchi idora va mintaqiviy savdo bitimlari bilan shug‘ullanuvchi idoralar kiradi.

Jahon savdo tashkiloti bosh kotibiyati Jeneva shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda 500 xodim faoliyat olib boradi. Kotibiyat qaror qabul qilmaydi, chunki barcha qarorlar a’zo mamlakatlarning o‘zi tarafidan qabul qilinadi. Kotibiyatning asosiy vazifalari tashkilot yig‘inlariga tashkiliy va texnik masalalarda yordam berish, jahon savdosi tahlillarini yuritish va tashkilot haqida jamoatchilikka tushuntirish berishdan iborat. Kotibiyat, shuningdek, bahslashayotgan a’zo mamlakatlarga huquqiy yordam berish ishlari bilan ham shug‘ullanadi.

Tashkilotga a’zo mamlakatlar teng huquqlilik asosida savdo sohasida o‘zaro sherikchilik qiladi. A’zo mamlakatlar adolat tamoyillariga asoslangan holda eksport va import borasida shartnoma imzolaydi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zo mamlakatlarga iqtisodiy manfaat keltiradi. Tashkilotga a’zo bo‘lishning ijobiy jihatlari quyidagilar:

- iqtisodiy manfaat eng avvalo o‘zaro mahsulot ayriboshlash yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga sharoit yaratadi;

- mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatga iqtisodiy nizolar tinch yo‘l bilan hal etilishi evaziga ijobiy ta’sir qiladi;

- aholi turmush darajasini yaxshilanishiga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot iste’mol qilish imkonini yaratadi;

- liberal savdo mamlakat va alohida vatandoshlarning daromadlarini oshiradi;

- mehnat bandligi sohasida ijobiy ta’sir qiladi;

- savdo sohasidagi ortiqcha xarajatni kamaytiradi;

- iste’molchilar uchun tanlash imkoni berib, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxini tushirishga xizmat qiladi;



- milliy ishlab chiqarish hajmini oshiradi, budjetga pul tushumlarini ko‘paytiradi;

- tovar ayriboshlanishi texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shadi.
Download 24.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling