O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Iste'mol hajmi va unga ta'sir etuvchi omillar


Download 0.53 Mb.
bet3/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#195951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Nosirov Timur ST-52

2. Iste'mol hajmi va unga ta'sir etuvchi omillar1

Iste’mol hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko'rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bogliq bolmagan omillardan iborat bolib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

— barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg'arilgan mol-mulk darajasi;

— narxlar darajasi;

— real foiz stavkalari;

— iste’molchining qarzdorlik darajasi;



1.www.Vikipedia.org sayti ma'lumotlariga asoslanib muallif tomonidan tayyorlandi.

— iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.

Sub’ektiv omillar, asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi hatti-harakatiga bogliq boladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamagarishga bolgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.

Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:

- Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko’rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to’plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko’radi. A>B, B


- Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko’proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko’ra ko’proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko’proq xohlagan bo’ladi, ya’ni: A>B, BS.

- To’yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko’p miqdordagi tovarlarni afzal ko’radi.

Iste’molchi deganda, Siz tomondan sotish uchun tovar va xizmatlarni olishda manfaatdor tashkilot yoki shaxs tushuniladi.

Bunda iste’molchi ta’rifiga shaxslarning ikki asosiy turi kiritiladi:

xaridorlar - bu olingan tovarlar uchun tulovni amalga oshiradiganlar, lekin doimo ham foydalanuvchilari bo’lmaydiganlar;

foydalanuvchilar - Sizning tovar/xizmatingizdan foydalanadiganlar, lekin ularni doimo ham sotib olmaydiganlar.

Iste’molchi talabining o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi

1) Iste’molchilar xohish-istagi. Aholining milliy urf-odatlari, an’analari, yashayotgan makonining tabiiy iqlim sharoiti, madaniyat darajasi va ular bilan bog’liq xaridorlar xohish-istagi, muayyan sharoitdagi moda ta’siri talabni vujudga keltiradi. Kiyim tayyorlanayotgan xom-ashyoning o’zgarishi, tikilayotgan kiyim texnologiyasi, modelining o’zgarishi kabilar ta’sirida ma’lum bir tovarlarga talab o’zgaradi. Natijada, yangi turdagi tovarlarga talab kuchayadi;

2) Aholi tarkibidagi o’zgarishlar. Aholi tarkibi o’ziga xos talabni shakllantiradi. Hozirgi O’zbekistonda aholi tarkibida 15 yoshgacha bolalar katta salmoqqa ega. Agar keksalar, qariyalar ko’paysa, meditsina xizmati kabi tovarlarga talab o’sadi. Bu holda avvalgi, yoshlar salmog’i ko’p bo’lgan sharoitdagi talab, albatta, o’zgaradi;

3) Aholi pul daromadlarining o’zgarishi. Aholi pul daromadlarining o’sishi tovarlarga miqdoriy talablarning ko’payishigagina olib kelmay, mebel televizor, maishiy xizmat jihozlari va texnikasi hamda yuqori sifatli oziq-ovqatlarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Agar aholi pul daromadlarining o’zgarishi asosida iste’mol tuzilishida o’zgarish bo’lib, ular ish haqlarining 14% dan ko’p qismiga oziq-ovqat xarid qilinsa, u holda arzon oziq-ovqatlarga talab kuchayib, sifatli uy-ro’zg’or tovarlariga talab pasayadi. Bu mamlakat esa kambag’al deb e’tirof etiladi;

4) O’rnini bosuvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Masalan, saryog’ bahosining o’zgarishi margarinning bahosini o’zgarishiga olib keladi. Saryog’ bahosining o’sishi uni o’rnini bosuvchi margaringa bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi.

5) Bir birini to’ldiruvchi tovarlar bahosining o’zgarishi. Bozorda benzin bahosining ko’tarilishi avtomobillarga bo’lgan talabni qisqarishiga yoki kamroq benzin iste’mol qiluvchi avtomobillarga talabni ortishiga olib keladi. Yoki fotoplyonka narxining o’sishi uni ishlatish uchun zarur to’ldiruvchi fotoapparatlarga bo’lgan talabni ma’lum darajada kamayishiga olib keladi;

6) Bozor miqyoslari. Ma’lumki, bozorlar o’z ko’lamiga binoan mahalliy, regional, milliy va jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor miqyoslari qanchalik kattalashsa, ma’lum tovarlarga bo’lgan talab shunchalik o’sadi, talab ham o’z navbatida o’z hajmini kuchaytiradi;

7) Pulning qadrsizlanishining kutilishi bo’yicha shov-shuvlar insonlar o’rtasida ma’lum tovarlarga talabni kuchaytiradi. O’tish davrida talab hajmini aniqlash va u to’g’risida ma’lum bir hisob-kitoblar qilish juda murakkab va qiyindir.

8) Reklama ham talab darajasiga ta’sir qiladi. Radio, televidenie, matbuotdagi reklamalar hamda tovarning yuqori sifatli va xaridorni jalb etuvchi shaklda o’ralishi, qadoqlanishi, jilo berilishi hamda uning muayyan afzalliklari va qayerda sotilishi kabi axborotlar mazkur tovarga talabni kuchaytiradi.1

Iste’molchi talabning tuzilishi yuqoridagi omillardan tashqari yana bir necha sabablarga ham bog’liq bo’ladi. O’tish davri iqtisodiyotida talabning tuzilishi murakkab bo’lib, uni to’la aniqlash juda qiyindir. Tanqislik, pulning qadrsizlanish darajasining yuqoriligi natijasida aholi imkoniyati boricha o’z mablag’larini, ko’pincha, oziq-ovqat zahiralarini to’plash uchun sarf qiladi. Natijada, talab tuzilishi soddalashadi.

Iste’molchi talabini o’zgartirish uchun nafaqat narxga, balki daromadga ham e’tibor berish darkor. Daromad kam bo’lsa talab qisqaradi, bozor torayib, ishlab chiqarish o’smay qoladi, natijada tadbirkorlar foyda ola bilmaydilar. Iqtisodiyotning o’sish sharti daromadni ko’paytirishdir. Binobarin, tadbirkorlar ishchi va xizmatchilarni yaxshi daromad bilan ta’minlasalar, ularning ishi yurishadi.

Ilg’or, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida esa talab, asosan, sifatli oziq-ovqatlar va boshqa mahsulotlarga o’smoqda.

Bundan tashqari xaridor bozorda tovar yoki xizmat sotib olayotganda mazkur tovarning unga kanchalik foyda yoki naf keltirishini xisobga olib xarid qiladi. Tovarning nafligi uni iste’mol qilishda xaridor oladigan qoniqishdir.

Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo’lish xususiyati hisoblanadi. Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog’liq. Sifat ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog’liqqa foydaliligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va boshqalar.

Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o’z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo’lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o’lchab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o’lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.

Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi. Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir tovar yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish. Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o’rtasidagi son jihatdan bog’liqlikni ko’rsatadi. Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo’shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo’shimcha o’sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin. Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo’shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo’shimcha naflilikdir.

Iste’molchilik tanlovining to’g’rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy naflilik emas, balki, bir so’m xarajatga to’g’ri keladigan me’yoiy naflilikdir.

Lekin, bozor iqtisodiyotida tovar nafligining kamayib borishi qonuni bor, unga ko’ra har bir xarid qilingan keyingi tovarni iste’mol qilishdan olingan qoniqish pasayishga moyil bo’ladi, chunki iste’mol darajasi oshgan sari undan tuyinish hosil bo’ladi.

Masalan, zo’r ishtaha bilan tanovvul qilingan taom bora-bora xaridorga keltiradigan nafini kamaytirib boradi va undan tuyinish hosil bo’ladi. Shunda xaridor xohish-istaglari va didi o’zgarib boradi yoki avvalgi tovarga bo’lgan talab so’nadi.

Naflikning pasayish qonuni shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqaruvchi o’z mavqeini saqlab qolish uchun bozorning tuyinishini hisobga olib, nafligi yuqori bo’lgan yangi tovarlarni bozorga ko’plab chiqarib turishi kerak. Shundagina ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotlarini bozorda sotish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Xulosa qilib aytsak, talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini, foyda olish va bozorni tuyintirish orqali aholi farovonligi ta’minlanishini uyg’unlashtiradi.

Tovar narxi va uning harid qilinadigan miqdori (talabning) o’rtasidagi teskari bog’liqlikni oddiy ikki o’lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko’rsatadi.

Daromad samarasi - bu ne’mat narxi o’zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o’zgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir. Daromad samarasi - bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko’rsatadi va u bir byudjet chizig’idan boshqa byudjet chizig’iga iste’molchining optimal tovarlar majmuasiga o’tishini akslantiradi.

Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, ma’lumotlarga ko’ra, 2019 yilning yanvar-dekabr holatiga aholi umumiy daromadlari 344,7 trln. so’mni, nominal o'sish sur'ati 121,9 % ni tashkil etdi.

Aholi daromadlari bo’yicha real o’sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida inflyatsiya ko’rsatkichlarining asosiy turlaridan biri - iste'mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o’zgarishi sababli o’tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o’sish sur’ati 106,5 % ni tashkil etdi. 2019 yilning yanvar-dekabr holatiga aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10,3 mln. so’mni, nominal o'sish sur'ati 119,7 % ni, real o'sish sur'ati esa 104,5 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga o’rtacha umumiy daromadlari bo’yicha Toshkent shahrida (20037,5 ming so’m) hamda Navoiy (16372,4 ming so’m), Buxoro (12723,5 ming so’m), Xorazm (10821,1 ming so’m) va Toshkent viloyatlarida (10401,5 ming so'm) o’rtacha respublika darajasidan yuqori ko’rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko’rsatkichlari esa Qoraqalpog'iston Respublikasi (7753,1 ming so'm) hamda Farg'ona (7907,4 ming so’m) va Namangan (8035,1 ming so'm) viloyatlarida qayd etildi 1

1.Www.stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi rasmiy sayti






Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling