O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Vaqtli matbuotda 1905-yildan keyin bosilgan tarjimalar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
8.3. Vaqtli matbuotda 1905-yildan keyin bosilgan tarjimalar
Biz yuqorida 1908-1913-yillar davomida Toshkent, Samarqand va Farg„onada bironta gazeta yoki jurnal chiqmaganligi haqida yozgan edik. Faqat 1913-yil oktabr oyidagina “Zerkola” (Oina) nomida jurnal chiqa boshladi. “Еженеделный журнал на узбекском и персидском языках”. Turki va forsi o„rta shevada ba‟zan ruscha har shaydan bohis musavvar haftalik masallai islomiyadir. Millati islomiyaning saodat va islohina, musulmonlarni[ng] madaniyat va fununi zamoniyadan naf‟lanmoqlarina xodimdur. Mas‟ul muharrir va noshiri mufti Mahmud xo„ja Behbudiy. Редактор, издатель Махмуд Ходжа Бегбуди”. Bu jurnal ikki, ba‟zan uch tilda chiqib, xabar, maqolalar ruschadan tarjima qilib bosilardi. 1914-yil, 4-aprelda Toshkentda “Sadoyi Turkiston” gazetasi chiqa boshladi. Gazetaning oxirida “Редактор, издатель У.А.Ходжаев”, gazetaning tepasida esa “Hozirda haftada ikki marta chiqadigan turk- cha maishiy jarida“ deb yozilgan. Gazeta o„zining bosh maqolasi “Maromnomamiz”da o„z programmasi va maslagini quyidagi so„zlar bilan ifodalaydi: “Boshqa millatlar o„zlarining o„tgan olim va adiblari- ning ismini qiyomatgacha boqi qoldirmak harakatida onlarning ismla- rina ulug„-ulug„ haykallar, ko„chalar, maktablar va madrasalar bino qiliyub turgan bir zamonlarida biz turkistonliklar o„tgan olimlarimiz- ning ismlarini avlodimizdan unutdirmakdamiz”. Bu gazeta ham milliy madaniyat taraqqiyoti yo„lini topa olmadi. 97 “Sadoyi Turkiston” gazetasi sahifalarida “Til va din”, “Til va imlo masalasi”, “Til masalasi” kabi maqolalar bosildi (1915-yil, 60, 63, 64- sonlariga qarang). Samarqandda haftada ikki marta chiqadigan “siyo- siy, adabiy, iqtisodiy va ilmiy jarida” bo„lgan “Hurriyat” ham xalqni sinfiy kurashdan chetlashtirish, sinflarga ajratilmagan holda, jadidchi- lik nuqtai nazaridan ish ko„rdi. Bu gazetaga asosan Behbudiy, Abdu- rauf Fitrat, Mardonquli Shohmahmudzodalar rahbarlik qildilar. Gaze- taning uchinchi sonidan boshlab Fitrat unga muharrirlik qila boshladi. O„sha vaqtda Samarqandda Behbudiy bilan Fitrat jadidlarning eng faol, eng kurashchan rahbarlari edilar. Ular ham tojik, ham o„zbek tili- da maqola va asarlar yozdilar. Ularning asarlari ba‟zan ruscha tarji- mada ham bosilar edi. “Tilmochlar byurosi. Rus tilinda yozilgan har xil qog„ozlarni: gazeta maqolalarni, maktublar va arizalarni, jamiyatlarning ustaf, qonun, loyiha va qarorlarin sart-o„zbek, qozoq va tatar tillarina tarjima qila, shuluq tillarda arizalar, maktublar va maqolalar yozub bera” (1918-yil, 21- fevral). Bu gazetada tarjima va tarjimonlarga oid xabar, maqolalar, hatto “ajnabiy tillar o„qutg„uchi”lari haqida ham e‟lon bosildi. Xulosa qilib aytganda, 1905-yildan keyin chiqqan gazetalar hali kattaroq tarixiy, ilmiy asarlarni tarjima qilib ulgura olmadilar. Ularda arab, fors-tojik tillaridan kichik she‟rlar, ayrim badiiy parcha- lar tarjima qilib bosildi, xolos. Vaqtli matbuotda ilg‟or demokratik intelligensiya rus tilini o„rganish va rus xalqi bilan hamkorlikda bo„lishni targ„ib qildi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling