O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-MA‟RUZA  VAQTLI MATBUOTDA TARJIMA QILINGAN ASARLAR


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

8-MA‟RUZA 
VAQTLI MATBUOTDA TARJIMA QILINGAN ASARLAR 
HAQIDA 
 
Reja: 
1. “Sho„ro” jurnalida arab, fors, turk tillarida qilingan tarjimalar 
2. “Sho„ro” jurnalida rus tilidan tarjima qilingan asarlar   
3. Vaqtli matbuotda 1905-yildan keyin bosilgan tarjimalar 
 
Tayanch so„z va iboralar: “Sho„ro” jurnali, “Tarjimon” gazeta-
si, “Turkiston viloyatining gazeti”, vaqtli matbuot, ilg„or demokratik 
intelligensiya. 
   
O„rta  Osiyoda,  shu  jumladan  O„zbekistonda  gazeta  va  jurnallar 
dastlab  chiqarila  boshlagan  davrdan  uning  sahifalarida  diplomatik 
hujjatlar,  telegramma  xabarlardan  tortib,  arab,  fors-tojik  tillaridan 
ba‟zi  bir  hikoyalar,  rus  tilidan  ilmiy,  badiiy  asarlarning  tarjimalari 
bosila  bordi.  Ma‟lumki,  XIX  asr  oxiri,  XX-asr  boshlarida,  ayniqsa, 
1905-yil  to„ntarishidan  so„ng  turkiy  tillarda  gazeta-jurnallar  chiqa 
boshladi. Rossiya tarkibida yashovchi turkiy xalqlar ichida tatar tilida 
ko„proq gazeta-jurnallar chiqar, ular tarjima ishlarida ham boshqalarga 
qaraganda  oldinda  edi.  Qrimda  1882-yilda  “Tarjimon”  nomli  maxsus 
gazeta  chiqarilib,  uning  bir  tomonida  rus  tilida,  ikkinchi  tomonida 
qrim-tatar tilida ayni bir material tarjima qilinib bosilar edi.  
“Tarjimon”  Osiyoda,  jumladan  hozirgi  O„zbekiston  hududida 
ko„p tarqalgan gazetalardan biri edi. Bu tipdagi, ya‟ni ikki tilli gazeta 
1882-yilgacha boshqa turkiy tillarning birontasida chiqarilmas edi. 
“Tarjimon” gazetasida maqola, xabarlar ruscha yozilsa, uni qrim-
tatar  tiliga,  agar  qrim-tatar  tilida  yozilsa,  rus  tiliga  sistemali  ravishda 
tarjima  qilinar  edi.  Faqat  ba‟zi  mahalliy  xabarlar  yoki  arabcha,  fors-
chadan tarjima qilingan hikoyalargina rus tilida berilmas edi. 
“Tarjimon”  gazetasi  “Hikoya”  rubrikasi  ostida  50-sonidan  bosh-
lab “Ming bir kecha”ning tarjimasi bosa boshladi. Bu bilan gazetxon-
larni  arab  xalqining  ajoyib  adabiy  yodgorligi  bilan  birinchi  martaba 
vaqtli matbuotda tanishtirdi. 
“Turkiston  viloyatining  gazeti”  (u  “Tarjimon”ga  qaraganda  o„n 
ikki yil ilgari chiqa boshlagan) ikki tilda nashr etilmasa ham, dastlabki 
yillardanoq tarjima ishlariga o„z sahifalaridan o„rin ajratdi. 


 
93 
“Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida tizimli ravishda ilmiy 
va  badiiy  tarjima  asarlari  bosilib  turdi.  Gazetadagi  barcha  material-
larni  Shohmardon  Ibrohimov  tarjima  qilgan.  Bu  gazeta  sahifalarida 
1872-yil  dekabridan  boshlab “Bir  ming  va  bir  kechada  aytilgan  afso-
nalar”  tarjimasi  berib  borildi  va  bu  ish  2  yilga  yaqin  davom  etdi. 
“Turkiston viloyatining gazeti” chorizm manfaatlarini qanchalik ko„z-
lamasin,  baribir  uning  sahifalarida  progressiv  olimlar,  shoirlar-ning 
so„zlari,  rus  tili,  madaniyati  haqidagi  qimmatli  fikrlar  bor  edi.  1906- 
yil, 2-yanvarda “O„rta Osiyoning umr guzorligi” gazetasi chiqa bosh-
ladi. Gazeta muallifi, muharriri va noshiri Ivan Geyr bo„lib, uning yor-
damchilari  mulla  Olim  mahzum  bilan  tarjimon  Aydarov  edi.  Ammo 
gazetaning  umri  uzoq  bo„lmadi:  3  oydan  so„ng  hukumat  uni  taqiqla-
gani sababli yopilgan edi.  
 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling