O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
XX asrning 20-yillariga qadar tosh bosma-litografiyalarda
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
7.2. XX asrning 20-yillariga qadar tosh bosma-litografiyalarda bosilgan tarix, jo„g„rofiya, falsafa, axloq va tibbiyotga doir ilmiy kitoblar, darsliklarning o„zbek tiliga tarjimasi XX asrning 20-yillariga qadar chorak asr davomida tosh bosma- litografiyalarda tarix, jo„g„rofiya, falsafa, axloq va tibbiyotga doir bir qancha ilmiy kitoblar, darsliklar o„zbek tiliga tarjima qilindi. Bular orasida tibbiyotga oid “Xazinatul-hikmat” va “Tibbi Yusufiy” nomli muhim asarlar bor. Abu Ali ibn Sino haqida yozilgan afsonaviy hiko- yalardan iborat “Xazinatul hikmat”ni tatarchadan Abdul Rojiy mulla Karim qori Ho„qondiy tarjima qilib, Toshkentda 1912-yilda bosib chiqardi. “Tibbi Yusufiy” asarini Muhammadshoh bin Shohfayzullo tarjima qilib, 1898- yilda Toshkentda bostirdi (207- bet). Axloqqa oid “Majmaul-odob” (Odob majmuasi) nomli asar 1917- yilda Maqsud xo„ja bin Mansur xo„ja tarjimasida chop qilindi. Sharqshunoslik institutining qo„lyozmalar fondida shu kitobning usmonli turk tiliga qilingan tarjimasi (inv. № 11006) va tatarcha tarjimasi (inv. № 3947, 10246 va 11979) dan bir necha nusxalar bor. 91 “Maxzanul-maqsud” (Maqsadlar xazinasi) nomli asarni Maqsud xo„ja bin Mansur xo„ja fors tilidan tarjima qilgan va bu 1909-yilda Yakov- lev matbaasida nashr qilingan. “Temurnoma” asari Amir Temur haqida yozilgan forsi kitobning tarjimasi bo„lib, mutarjim Salohiddin xo„ja Alovuddin o„gli 1910- yilda Toshkentda nashr qildirgan. Toshbosmalarda bosilgan tarjimalar ichida diniy kitoblar ko„p qismni tashkil qiladi. Ularning ba‟zilari payg„ambarlar haqida “Durrul-majolis” (Majlislar duri), ba‟zilari ibo- dat, duo, radnoma, aqidalar haqida “Durrul-masoil” (Masalalar duri), “Duoi ismi a‟zam”, “Radnoma”, “Ibodati islomiya”, “Iqdu-durar" (Durlar shodasi), ba‟zilari tush ta‟birlari haqida (Ta‟birnoma) yozilgan asarlar bo„lib, bularda aslga to„g„ri kelmaydigan, hayoliy, diniy, reak- sion fikrlar talqin qilinadi. Chunonchi, tush ta‟birlari haqida tarjima qilingan kitobdan bitta misol keltiramiz: “Asb, aytibdurlarkim, har kim tushida xushjilov otga minsa, izzat va davlat va obro„ tobg„oy; va agar otni ba‟zi asbobi kam bulsa, o„shal miqdor obro„si ham kam bo„lg„oy; va agar otni dumi va yoli ko„b bo„lsa, xizmatkorlari ham ko„b bo„lg„oy; va agar bo„lmasa - bo„lmas; va agar otg„a yalang„och minsa, musibatga qolg„oy... Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling