O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Leksikografiya tarixidan kuzatishlar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
6.5. Leksikografiya tarixidan kuzatishlar
Tarjima tarixini o„rganar ekanmiz, lug„at tuzish tarixi va bu soha- dagi tajriba va urinishlarni chetlab o„tish mumkin emas. Chunki bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog„liqdir. Lugatchilik ishi katta tarixga ega. O„zbek va fors tillarini muhoyasa qilib tekshirgan ulug„ Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug„atayn” asari uning qariyb ya- rim asr mobaynida olib borgan kuzatishlarining ajoyib samarasi sifa- tida yuzaga chiqdi. Bu asarini Navoiy umrining oxirida, 1419-yilda yaratgan. “Muhokamatul-lug„atayn” bir necha marotaba nashr etilgan. Chunonchi, Parijda (1844-yil), Qrimda (1895-yil), Istanbulda (1895- yil) va Qo„qonda (1917-yil) bosilib chiqqan. O„zbekistonda bu asar 1917-1965-yillar orasida uch marta nashr qilingan. Navoiy asarlarining leksikasini talqin qiluvchi lug„atlar ham yara- tilgan. Shunday lug„atlardan biri “Al-lug„otun-Navoiya va al istish hodatul chig„atoiya” (Navoiy lug„ati va chig„atoy tili dalillari) asarini Aloyi binni Muhibiy 1560-yilda tuzgan. Bu asarni ko„pincha lug„at- ning birinchi bobi “Harful-alfi maftuha” boshida kelgan so„zdan oli- nib, qisqartirilgan holda “Abushqa” ham deydilar. Ilmiy jamoatchilik o„rtasida bu lug„at shu nom bilan mashhurdir. “Abushqa”ni 1869-yilda rus olimi Velyaminov-Zernov Sankt- Peterburgda nashr qilgan va unga fransuz tilida so„z boshi yozgan. Qozon va Boku shaharlarida ham “Abushqa” lug„ati bosilgan. Lug„at muallifi Navoiyning barcha (badiiy, ilmiy, tarixiy va bosh- qa) asarlaridagi so„zlarning lug„aviy ma‟nolarini beradi, hamda uning she‟r, g„azal va dostonlaridan misollar keltiradi. O„zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo„l- yozmalar fondida saqlanayotgan “Arabcha-o„zbekcha-tojikcha lug„at” “Muntaxabul-lug„ot” (Tanlangan so„zlar lug„ati) bilan shu nomdagi “O„zbekcha-tojikcha lug„at” alohida diqqatga sazovordir. Har ikki 85 lug„atning muallifi Muhammad Rizo bo„lib, biri 1798-yilda, ikkinchisi 1799-yilda yozilgan. Bu asarlar Xivada tuzilgan bo„lib, “Abushqa”ga o„xshash, asosan Navoiy asarlaridagi so„zlarni izohlaydi va arab, fors so„zlarini tarjima qilib beradi. Muallifning bu lug„atga yozgan bosh so„zida lug„at tarixiga oid va ba‟zi bir terminlarni izoh qilish masala- sida qimmatli fikrlar bor. Muallifning bu lug„atni tuzishdan maqsadi uning bosh so„zida aytilgan. Chunonchi, u yozadi: “...Xotiri fotirg„a muqarrar qilindiki, risolai lug„ot fanida jam‟i qilg„oy to ahbobg„a boisi yod ovarliq va ashobg„a sababi madh gustar- liq bo„lg„oy, bar vajhiki, atnob va askordin mubarro, ajoz va ixtisordin muarro bo„lg„oy, agarchandiki bu bobda kitoblar tasnif qilmishlar va mujalladilar tartib bermishlar,.. ...“Navodirush-shabob” va “Badoyeul- vasat” bo„lg„oy, biror bayt az jihati istishhod tariqasida kelturdim. Muxotab ko„ngliga izola i shak va izdiyodi yaqin bo„lg„oy deb va agar fors bo„lsa majmaul forsdin jam‟ va intihob qildim...” Muallif Navoiy va Fuzuliy asarlarida uchragan so„z va iboralar- ning to„g„ri va majoziy ma‟nolarini bir-biriga qiyos qilib tushuntirib beradi. Bitta misol: “Mil – sulsi farsah buvad, amir “Xayratul abror”da buyururlar. Masnaviy: O„q kabi turlar bori endin zalil, Kishidin ixroj bo„lub mil-mil. Va yana mil ulkim, podshohlar g„azab qilg„on odamini ko„ziga qizutub chekorlar, no bino bo„lur ermish, bu ma‟nig„a mavlono Fuzu- liy buyururlar. Masnaviy: Ey Fuzuliy boxmayam to g„ayra har hunin mija, Otashin bir mildurkim, chashmai g„ayrat chekar. Biz Alisher Navoiy yashagan davrga qadar va undan keyin chiq- qan ikki tilli va ko„p tilli lug„atlar haqida qisqacha ma‟lumot berdik. Lug„at tuzish tajribasining katta tarixi bor. Lug„at tuzish prinsiplari ham xilma-xil. Bularni qunt bilan o„rganish, lug„at tuzish tarixi ustida ilmiy tekshirish ishi olib borish lug„atshunoslarimizning muhim vazifasidir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling