O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
-MA‟RUZA XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so„z va iboralar
7-MA‟RUZA
XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA TOSHBOSMADA NASHR QILINGAN TARJIMA ASARLARI VA TARJIMONLAR HAQIDA Reja: 1. XIX asr oxiri va XX asr boshida Makaziy Osiyo va O„zbekis- tonda ilg„or, demokratik adabiyotning vujudga kelishi. 2. XX asrning 20-yillariga qadar tosh bosma-litografiyalarda bosilgan tarix, jo„g„rofiya, falsafa, axloq va tibbiyotga doir ilmiy kitoblar, darsliklarning o„zbek tiliga tarjimasi. 3. Tibbiyotga oid “Xazinatul-hikmat” va “Tibbi Yusufiy” asarlari Tayanch so„z va iboralar: demokratik adabiyot, tosh bosma- litografiya, “Xazinatul-hikmat” va “Tibbi Yusufiy” asarlari. 7.1. XIX asr oxiri va XX asr boshida Makaziy Osiyo va O„zbekistonda ilg„or, demokratik adabiyotning vujudga kelishi O„rta Osiyo Rossiyaga qo„shib olinganidan keyin Buxoro va Xiva xonliklarida hamda Turkiston General gubernatorligiga qarashli oblast va uyezdlarda bosmaxona va toshbosma (litografiya)lar tashkil etilib, ularda original va tarjima asarlari nashr etila boshlandi. Kitob chiqa- rish ishi bilan bir qancha xususiy noshirlar mashg„ul bo„ldi. Toshkent, Qo„qon, Samarqand, Buxoroda ham gazeta-jurnallar chiqa boshladi. Endi asarlarni qo„lda ikki-uch nusxa ko„chirishdan ko„ra, bosmaxona va litografiyada bosib, ko„p nusxalarda tarqatish imkoni tug„ildi. Kitob sotuvchilar, kitob chiqaruvchilar, shirkat va jamiyatlar tashkil bo„ldi. Chunonchi, Buxoroda noshir Solih xo„ja Buxoriy, Toshkentda G„ulomiya (Orifjonovlar matbaasi) va shirkati “Xayriya” Qo„qonda noshir Oqaev, Samarqandda noshir qori Abduraufov va “Turkiston kutubxonasi” shirkati, Xivada Muhammad Rahimxon shirkati va b. Bulardan tashqari, rus matbaalarida ham o„zbekcha kitob, gazeta- jurnallar nashr etildi. XX asr boshlarida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Farg„ona sha- harlarida tarjimalarning qo„lyozmalari kamdan-kam uchraydi, lekin Xorazmda litografiyada, ko„pincha, original asarlar (bayozlar, she‟riy to„plamlar, devonlar) bosilsa ham, tarjima asarlari kamdan-kam bosi- lar, shuning uchun qo„lyozma holida ko„chirib tarqatilardi. 88 XIX asr oxiri va XX asr boshida Makaziy Osiyo, jumladan O„zbe- kistonda ilg„or, demokratik adabiyot vujudga keldi. Mehnatkash xalq orasidan o„sib chiqqan Muqimiy, Furqat, Avaz, Zavqiy, Hamza kabi shoirlar o„z ijodlari bilan ezilgan xalqqa xizmat qildilar. Bu ilg„or, de- mokratik reaksion g„oyalarga qarshi chiqib, kambag„al dehqonlar, bechora hunarmandlar, mehnatkashlar manfaatini ko„zlardi. Demokrat shoirlar, bir tomondan, mehnatkashlarni ezib kelayotgan boy, savdo- gar, ulamo-sipohilarga qarshi hajviy she‟rlar yozib, ularni savalasa, ikkinchi tomondan, chor amaldorlari, mustamlakachi to„ralar qilmish- larini fosh qilar edilar. Almaiy (asl ismi qori Fozzullo) o„z zamonasining kuchli shoirla- ridan bo„lib, o„sha vaqtlarda gazeta-jurnallarda va she‟riy to„plam- bayozlarda she‟rlari chiqib turar edi. Toshkentda toshbosmada “Kalila va Dimna” asari 1898-yilda Almaiy tarjimasida nashr etildi 1 . Almaiy- ning bu arjimasi Toshkentda toshbosmada uch martaba bosilib chiqdi. Chunonchi, 1898-yilgi nashridan keyin 1905- va 1913-yillarda qayta bosildi. (“Kalila va Dimna” asarining fors tilidan qilingan tarjimasidan boshqa Almaiyning yana qanday tarjima asarlari borligi hozirgacha (XX asrning 60-yillarigacha) ma‟lum emas). Biz yuqorida Shavkat Sidqiy Xandayliqiy tomonidan qilingan “Ming bir kecha” “Alf layla va layla” arab ertaklari to„plamining tarji- masi haqida ma‟lumot berib o„tgan edik. Bu asar 1912-yilda toshbos- mada nashr qilinadi. Shu asarning ikkinchi qayta nashri haqida “Oyna” jurnalining 1914-yil, 27-son, 523-betida “Yangi tarjima” de- gan xabar bosilgan. Sidqiy Xandayliqiy “Ming bir kecha”ni forscha- dan qisqartib tarjima qilgani uchun Sayd Ahror mahzum uni arabcha- dan to„la qayta tarjima qilgan deb tushunmaslik kerak. Haqiqatda esa, 1912-yilning o„zidayoq har ikki tarjima baravar bosilib chiqdi. (Buni aniqlash uchun Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar fondida saqlana- yotgan 10551-raqamli (Sidqiy Xandayliqiy tarjimasi) va 8938 yoki 75-raqamli (Said Ahror mahzum tarjimasi) kitoblarga qarang: ikkala- sining chiqqan yili 1912 deb ko„rsatilgan). “Qissasi Ibrohim bin Adham” asarining tarjimasi Toshkentda Abdulla hoji nashrida 1906, 1911, 1913 va 1914-yillarda to„rt marta qayta nashr qilindi. Ushbu asar Samarqandda 1910-yilda Demurov 1 Yuqorida biz “Kalila va Dimna” asarining dastlabki o„zbekcha tarjimalari xususida maxsus to„xtab o„tgan edik. 89 bosmaxonasida va Kogonda ikki marta bosildi. Asar Lohurda urdu tilida ham bosilib chiqqan edi. “Dostoni Said Battol G„oziy” asari “Said Battol G„oziy” degan nom bilan usmonli turkchadan tarjima qilinib, toshbosmada bosilib chiqdi. Tarjimoni noma‟lum. Asar qozoq, tatar tillarida ham bosilgan. “Said Battol G„oziy” haqida keksa adabiyotshunos, Tojikistonlik olim Vadud Mahmudiy 1926-yilda “Navoiygacha turk adabiyoti” de- gan maqolasida shunday deb yozgan edi: “El adabiyotining eskidan yozilganlari orasida (211-hijriyda) forschadan arabchaga tarjima qilin- gan “O„g„uznoma” atalgan milliy doston borkim, asosan turkchadan o„zgartirilgandir. Bu dostonning muhim bir qismi bo„lg„on “Dada Qo„rqut” yoki “Qitobi Qo„rqut” kabi “Said Battol G„oziy” dostonida el adabiyotidandur. Bu “O„g„uznoma” islomiyatdan burun tasbit etil- ganiga hukm etish mumkindir. Chunki 211-hijriyda forschadan arab- chaga tarjima qiling„on bu dostonning forschaga tarjima qiling„oni bilan arabchalanish orasida har holda anchagina vaqt o„tishi ehtimoli bo„lg„oni kabi, forscha tarjimasi uchunda, avvalan turkcha yozilgan (tasnif etilgan) bo„lishi lozimdir”. Firdavsiyning “Shohnoma” dostonining bir qismi 1908-yilda “Shirkati xayriya” nashrida (hajmi 642 bet) Xomushiy tarjimasida bosilib chiqdi. O„sha yilning o„zidayoq noshir Saidakbar shu kitob- ning birinchi jildini (hajmi 567 bet) rasmli qilib G„ulomiya (Orifjo- nov) bosmaxonasida nashr qildirdi. Toshbosmalarda nashr etishda eski tarjima qilingan qo„lyozmalardan foydalanish faqat Xomushiyning tarjimasida o„z aksini topdi. Boshqa tarjimalarning qo„lyozma nusxa- laridan negadir kam foydalandilar. Bizga buning sabablari ayon emas, balki noshir va bosmaxona, litografiya egalari Farg„ona, Buxoro, Xorazmdagi qo„lyozmalarni ko„rmagandirlar. Masalan, Xorazmda “Guliston”ning Ogahiy tarjima qilgan, badiiy jihatdan yuksak nodir nusxasi bo„lgani holda, Toshkentdagi noshir boshqa bir tarjimani bosib chiqardi. Toshkentdagi noshir Xiva xonligida qilingan tarjimani bilmaganligi bunga sabab bo„lishi ehtimol. Shuning uchun Toshkentda Shayx Sa‟diyning “Guliston” dostoni Murodxo„ja domla tarjimasida “Shavqi Guliston” nomi bilan bosilib chiqqan. Murodxo„ja domlaning tarjimasi ham muvaffaqiyatli chiqqan. Bu tarjimada asarning forscha matnda ham berilib, hoshiyasida ayrim so„zlarning izohi bor. Xisrav Dehlaviyning “Chor darvesh” nomli asari har xil variant- larda: goh nasr-nazm bilan naql qilinib, goh qisqartirilgan holda, goh 90 rasm-bezaklar bilan chiryli jihozlanib, Tehron, Bombay va boshqa shaharlardagi turli-tuman tipografiyalarda fors tilida chop etildi. “Chor darvesh” o„zbek tiliga uch marta tarjima qilingan qilinib, Toshkent, Kogon va boshqa shaharlarda bosilib chiqdi. 20-yillarga qadar qilingan “Chor darvesh”ning tarjimalaridan ba‟zilari keyinroq ham qayta bosildi. Masalan Xiromiy tarjima qilgan asar alohida 1960-yilda nashr etildi. (Til va adabiyot institutining ilmiy xodimi shoir Anisiy nasrga tayyorlangan). Ulug„ fors-tojik shoiri Shayx Sa‟diyning mashhur “Guliston” dostonidan boshqa “Karimo” nomli kitobi “Rahimo tarjimai Karimo” nomi bilan o„zbek tiliga tarjima qilildi. Bu pand-nasixat to„la maqol, aforizmlardan iborat asardir” Karimo asarining Faqat bir tarjimasi bo„lib, u ham toshbos- mada bosilgan. Kitobda mana shunday deb yozilgan: “Bu risolai majma‟i pandki, tasnifkardai allomai qutbi baland martaba shayx Muslihiddin Sa‟diy Sheroziy erdi, Madrasa va maktab- larimizdagi yosh talabalarning foydalanmoqlari uchun tarjima qilindi va nomi “Rahimo tarjimai Karimo” deb qo„yuldi va mullo Kamolxon bin mullo G„ulomxon qori Shoshiy Qarotoshiyning yoriylari birlan va faqir Sirojiddin mahzum Shavkatning tarjimasi va o„z qalami birla orosta bo„ldi”. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling