6.2. Axloqqa oid asarlar tarjimalari
“Axloqi Muhsiniy” mavlono Husayn bin Ali Voiz al Koshifiy-
ning (910/1505-yilda vafot etgan) asari bo„lib, u temuriylardan Sulton
Husayn Mirzoning o„g„li shahzoda Muhsinga bag„ishlagan. (Kitob-
ning nomi ham shundan olingan). Bu kitob o„zbek tiliga bir necha
marta tarjima qilingan. Birinchi marta Xivada mashhur shoir Muham-
mad Rizo Ogahiy tomonidan forschadan 1275/1858-yilda o„zbek tili-
ga ag„darildi (inv. № 1597/1); qo„lyozmaning hajmi 432 bet bo„lib,
mulla Bobojon Xudoyberdi o„g„li Sanoiy tomonidan ko„chirilgan.
“Haft kishvar” (Yetti mamlakat) nomli asarni kotib Sanoiy laqabli
mulla Bobojon Xudoyberdi o„g„li 1278/1861-1862-yilda ag„darib,
qo„lyozmani o„zi ko„chirgan. “Haft kishvar”ning muallifi Faxri bin
Amiri Heraviy bo„lib, uning o„zi Navoiyning “Majolisun-nafois” asa-
rini fors tiliga tarjima qilgan, “Haft kishvar” axloqqa oid she‟riy asar-
dir. “Nasihatul-mulk” (Podshohlarga nasihat) Abu Homid Muhammad
bin Muhammad ul-G„azzoliy tomonidan fors tilida yozilgan. U
505/1111-yilda vafot qilgan. Bu asar fors tilidan arab tiliga tarjima
qilingan. Muallif asarni saljuqiylardan 1105–1118-yillarda hukm
surgan Malikshohga bag„ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |