Tayanch so„z va iboralar: tarix, tabobat, matematika,
jo„g„rofiya, Sharq qo„lyozmalari, Tarixiy-adabiy asar, “Tarixi
komil”, musulmon huquqshunosligi, leksikografiya tarixi.
Arab va fors tillaridan qilingan tarixiy, ilmiy asarlarning tarjima-
lari haqida bizda shu vaqtga qadar bironta ilmiy asar yo„q, bu sohada
loaqal katalog, bibliografiya ham tuzilmagan. Garchand biz badiiy
asarlarning tarjimasini o„rganishni asosiy maqsad qilib olgan bo„l-
sakda, boshqa fanlardan qilingan tarjimalar haqida ham qisqacha
ma‟lumot berib o„tmoqchimiz. XX asrning 60-yillariga qadar O„zbe-
kiston FAda mavjud Sharq qo„lyozmalari to„plamining olti tomi chiq-
di. Bu to„plamlarda falsafa, tarix, jo„g„rofiya va boshqa fanlarga
oid asarlar haqida qisman ma‟lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |